28
-tashish nazarda tutadigan tovar yoki boshqa mol-mulkni topshirish
majburiyatlari bo‘yicha kreditorga yetkazib berish uchun tovarni birinchi tashuvchiga
topshirish joyida;
-qarzdorlarning tovarni yoki boshqa mol-mulkni topshirish yuzasidan o‘zga
majburiyatlari bo‘yicha- mol-mulkni tayyorlash va saqlash joyida (basharti
majburiyatning kelib chiqishi paytida bu joy kreditorga ma’lum bo‘lgan bo‘lsa);
-pul majburiyati bo‘yicha-majburiyat vujudga kelgan paytda kreditor yashagan
joyda, (agar kreditor yuridik shaxs bo‘lsa-uning majburiyati vujudga kelgan paytda
joylashgan yerida). Agar kreditor majburiyatni bajarish vaqtigacha o‘z yashash joyini
yoki joylashgan yerini o‘zgartirgan bo‘lsa va bu xaqda qarzdorni xabardor qilgan
bo‘lsa-ijro etish joyi o‘zgartirilishi bilan bog‘liq hamma xarajatlarni kreditor
hisobidan qoplanadigan joyida;
-boshqa barcha majburiyatlar bo‘yicha-qarzdorlarning yashash joyida, agar
qarzdorlar yuridik shaxs bo‘lsa, uning manzilida.
Majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash quyidagi usullar asosida amalga
oshirilishi mumkin:
-neustoyka (jarima va penya)
-garov
-kafillik
-ushlab qolish
- kafolat
-oldindan pulning bir qismini to‘lash
O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksida majburiyatlarni buzganlik
uchun javobgarlik asoslari belgilangan.
Majburiyatlar uning bajarilishi tufayli, voz kechish orqali, hisobga o‘tkazish
bilan, qarzdor bilan kreditor bir shaxs bo‘lib qolishi, majburiyatning yangilanishi,
qarzdan voz kechish, bajarish mumkin bo‘lmaganligi tufayli, davlat organi hujjati
asosida, fuqaro vafot etishi bilan, yuridik shaxslarning tugatilishi sababli bekor
bo‘lish holatlari qonun hujjatlarida belgilangandir.
7
Qarzdorlar majburiyatni bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi
tufayli kreditorga yetkazilgan zararni to‘lashi shart.
Majburiy shartlarga
quyidagilar kiradi
1. Shartnomaning nomlanishi, asos qilib olingan va qonun bilan
mustaxkamlangan bitim nomi bilan bir xil bo‘lishi kerak.
2. Shartnomaning tuzilgan joyi va sanasi (imzolangan).
3.Tomonlarning xuddi mamlakatidagi savdo reestrida rasmiylashtirilgan
nomidek belgilanishi. Chunki, amaliyotda bir insofsiz tadbirkor shirkatining nomini
to‘liq yozmay, shartnoma shartlarini bajarmay, uning bu shartnomaga ta’lluqli
emasligiga harakat qilgan. Shuning uchun tomonlarning to‘liq nomlari va joylashgan
mamlakati ko‘rsatilishi zarur;
4. Shartnomaga imzo chekuvchi shaxslar. Ayniqsa ularning mansablari ham
ko‘rsatilishi kerak.
5.Shartnomaning predmeti (oldi-sotdining predmeti hisoblanmish tovar va
7
O`zRning fuqarolik kodeksi 34-352-м. Т.Аdolat 1996 145-148-b.
29
xizmatning belgilanishi, qo‘shimcha ravishda uning sifati ko‘rsatilishi, odatda
tovarning xalqaro yoki milliy standarti ko‘rsatiladi);
6. Tovarning hajmi va yetkazib berish muddatlari;
7. Yetkazib berishning bazis shartlari (FOB, CIF, DAF, Franko va b.s.);
8. Tovar bahosi va shartnomaning umumiy summasi.
9. Kafolatlar (masalan, avtomobil, mashina, texnologiyalar, qurilish montaj
ishlarida)
10. To‘lov shartlari.
11. Sanktsiya va reklamatsiyalar (jarima, pretenziyalar);
12. Tomonlarning yuridik manzillari va imzolari;
O‘z navbatida kalitli va eng zaruriy shartlardan birlari, bu yetkazib berishning
bazis shartlari va to‘lov shartlaridir. Chunki ular bitimning eng katta qismini
bajaradilar. Masalan, narx-navo darajasi, transportirovka masalasi, sxema va hisob-
kitob tartibi, hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, chunki undagi yo‘l qo‘yilgan xato va
kamchiliklar shartnomani bajarilishini qiyinlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: