№
Bo‘lim nomi
Mazmuni
1.
Kirish
Shartnoma soni, shartnoma tuzish joyi va sanasi, tomonlar
nomi
2.
Shartnoma predmeti
Tovar nomi va uning tavsiflari
3.
Yetkazib berish bazisi
Tavakkalchilikni o‘tishi vaqti, INKOTERMS 2010
4.
Narxi
O‘lchov birligi, narx bazisi va darajasi, mustaxkamlash usuli
5.
To‘lovlar
Valyuta, to‘lov muddati va shakli.
6.
O‘ralishi
Turi, sifati, o‘lchovlari, to‘lov usuli va markirovka
7.
Yuk ortish tartibi
Ogohlantirish
8.
Topshirish-qabul qilib
olish
Xususiy mulkga o‘tkazish
9.
Reklamatsiya
Sifati va miqdoriga oid davolar, taqdim etish muddati va
bartaraf etish tartibi.
10.
Kafolatlar
Amal qilishning va xizmat ko‘rsatishning kafolatli muddati
11.
Jarima sanktsiyalari
Penya, jarimalar
12.
Fors-major
Tomonlarning shartnomaviy majburiyatlarni bajarishdan ozod
etish
13.
Arbitraj
Nizolarni hal etish tartibi, Arbitraj organi va joylanishi
26
Bu bo‘limda tashqi savdo shartnomasining ko‘rinishi, tovar va uni yetkazib
berishning bazis shartlari qisqa qilib ifodalanadi. Masalan, unda bunday ko‘rsatilishi
mumkin. Ko‘p hollarda shartnomalar rus tili va ingliz tillarida tuzilganligi uchun, rus
tilidagi ko‘rinishini ko‘raylik: " Продавец продал, а Покупател купил на условиях
FOB ( в редакциях INKOTERMS-2010), порт г. Санкт-Петербург три фрезерно
станка типа….."
.
Agar shartnomaning predmeti bo‘lib, murakkab texnologik
xarakterdagi tovar bo‘lsa, odatda shartnomada "Texnologik shartlar" yoki
"Texnologik spetsifikatsiyalar" kabi maxsus bo‘limlar ko‘rsatiladi. Bu holda"
shartnomaning predmeti" degan bo‘limda tovarga qisqacha ta’rif berilib, maxsus
bo‘limlarga xavola etiladi va ushbu bo‘limda tovarning texnologik tavsifnomalari
berilib, uning qiymati ko‘rsatiladi. Bu borada o‘lchov birligini hisobga olib, uni
ko‘rsatish zarur. Katta hajmdagi tovarlar savdosida og‘irlik o‘lchov birliklari bilan
o‘lchanadigan tovarlarni shartnomada ko‘rsatilganidek og‘irlikda yuklash juda
mushkuldir. Masalan, ruda metallarini yoki paxta tolashini temir yo‘l yoki kema bilan
tashiganda, uning og‘irligi xavo namligi tufayli shartnomada belgilangan xajm yoki
og‘irlikdan bir muncha og‘ir yoki engilroq bo‘ladi. Shuning uchun bunday
muammolardan qochish maqsadida shartnomada tovarning hajmi yoki og‘irligi
belgilanayotganda, ma’lum bir foyiz chegirma beriladi yoki bo‘lmasa "atrofida"
so‘zi qo‘llaniladi. Mashina va texnika-texnologiyalar kabi uzoq muddat
qo‘llaniladigan tovarlar va istemol predmetlari dona, komplekt, juftlik va shu kabi
o‘lchovlavrda ko‘rsatiladi. Kompleks obektlarni ta’mirlash uchun mashina, asbob-
uskuna, materiallar kabi tovarlarni yetkazib berish shartnomalarida, tamirlanishi
uchun inventar, material va boshqa xom-ashyo va ekspluatatsiya qilingan
materiallardan tashqari yetkazib berishga eksporter majburdir degan ibora ham
qo‘llanilishi mumkin.
Shartnoma
ishtirokchilari
bo‘lmish
tomonlarni
ta’riflash
jarayonida
shartnomada, ularning davlat ro‘yxati reestrida qayd etilgan, to‘liq firma nomi,
shartnoma bo‘yicha keyingi nomi, masalan “ish bajaruvchi”, “yuk yetkazib
beruvchi”, “ijarachi”, “buyurtmachi”, shuningdek imzolayotgan shaxsning lavozimi,
familiyasi, ismi va otasining ismi ko‘rsatiladi. Agar shaxs ishonchnoma asosida
harakat qilayotgan bo‘lsa, uni ham ko‘rsatish lozim. Mazkur holat, keyinchalik u yoki
bu shaxs shartnomani imzolashga huquqi yo‘q edi, degan etiroz yuzaga kelishini
bartaraf etadi, aks holda, bu kontragentning o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarini
bajarish masuliyatini bekor qiladi. Ushbu maqsadda, amaldor shaxsning shartnoma
imzolashga oid haqiqiy vakolatlarini teksirib ko‘rish lozim, bu uning shaxsini
tasdiqlovchi va vakolatlari aniqlovchi hujjatlarni teksirish bilan amalga oshiriladi.
Mazkur hujjatlar qatoriga, korxonaning har bir amaldor shaxsi vakolatlarini belgilab
beruvchi, korxona nizomi ham kiradi.
Agar shaxs ishonchnoma asosida harakat qilsa, nixoyatda extiyotkor bo‘lishi
lozim. O‘zbekiston RespublikasiFuqarolik Kodeksida, ishonchnomaga quyidagi
talablar belgilangan:
- yuridik shaxs nomidan beriladigan ishonchnoma raxbar tomonidan imzolanib,
unga ushbu yuridik shaxsning muxri bosiladi (138-moddaning 1-bandi);
- davlat mulkiga asoslangan yuridik shaxs nomidan pul va boshqa mulkiy
27
boyliklarni olish yoki topshirish uchun beriladigan ishonchnoma shu yuridik
shaxsning bosh buxgalteri tomonidan ham imzolanishi kerak (138-moddaning
2-bandi);
- ishonchnoma ko‘pi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. Agar
ishonchnomada muddat ko‘rsatilgan bo‘lmasa, u berilgan kundan boshlab bir yil
mobaynida o‘z kuchini saqlaydi (139-moddaning 1-bandi);
- berilgan kuni ko‘rsatilmagan ishonchnoma haqiqiy emas (139-moddaning
2-bandi).
Do'stlaringiz bilan baham: |