2.4. «Shartnoma» hujjatini tuzish
Fuqarolik amaliyotida tuziladigan shartnomalarning ko‘pchiligi ikki tomonlama
bo‘lib, yuqorida ko‘rsatigan olish-sotish shartnomasidan tashqari mahsulot yetkazib
berish, mulk ijarasi, pudrat va boshqa shartnomalardan iborat.
33
Shartnomalar xaq baravariga va tekinga tuziladigan shartnomalarga bo‘linadi.
Xaq baravariga tuziladigan shartnomalarda bir taraf topshirgan mulkining xizmati
evaziga pul yoki mulk bilan xaq oladi. Masalan, bir taraf vaqtincha foydalanish
uchun mulkni ijaraga oluvchi undan foydalangani uchun ijara xaqi to‘lashga majbur
bo‘ladi. Bunday xaq baravariga tuziladigan shartnomalarga olish-sotish, mahsulot
yetkazib berish, ayirboshlash, pudrat va boshqa shartnomalarni misol qilib ko‘rsatish
mumkin.
Tekinga tuziladigan shartnoma esa bir taraf boshqa taraf foydasiga xaq olmay
mulkni topshirishi, ishni bajarishi mumkin. Masalan, hadya shartnomasi bo‘yicha
mulk egasi o‘z mulkini boshqa bir shaxsga tekinga beradi. Mulkdan bepul
foydalanish foizsiz qarz shartnomalari ham bepul tuziladigan shartnomalar guruhiga
kiritiladi.
Shartnomalar tuzilish paytiga, mazmuniga qarab konsenpsual va real
shartnomalarga bo‘linadi.Huquq va majburiyatlar taraflarning kelishuvi va
shartnomani rasmiylashtirganlari zahoti paydo bo‘ladi. «Konsenpsual» so‘zi lotincha
«konsensus» so‘zidan olingan bo‘lib, «kelishuv» ma’nosini bildiradi. Konsenpsual
shartnomaga misol qilib olidi-sotdi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, mulkni ijaraga
berish kabi shartnomalarni ko‘rsatsa bo‘ladi. Fuqarolik huquqida aksariyat
shartnomalar konsenpsual shartnomalar guruhiga kiradi.
«Real» so‘zi – lotincha «res» so‘zidan olingan bo‘lib, «ashyo» ma’nosini
anglatadi. Real shartnomasiga misol qilib, qarz, omonat, hadya, mulkdan bepul
foydalanish shartnomalarini ko‘rsatish mumkin.
Uchinchi shaxs foydasiga tuziladigan shartnomalar umumiy qoida bo‘yicha
shartnomadan kelib chiqadigan huquq va majburiyatlar shartnoma tuzishda
qatnashgan taraflar uchun paydo bo‘ladi. Ayrim hollarda shartnoma uchinchi shaxs
foydasiga qaratilib ham tuzilishi mumkin. Uchinchi shaxs foydasiga tuzilgan
shartnomaga misol qilib sug‘urta shartnomasini ko‘rsatish mumkin. Uchinchi shaxs
shartnomada aloxida taraf bo‘lib hisoblanmaydi. Biroq qonun hujjatlarida yoki
shartnomada o‘zgacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, uchinchi shaxs shartnoma
bo‘yicha o‘z huquqidan foydalanish niyatini qarzdorga bildirgan paytdan boshlab
taraflar o‘zlari tuzgan shartnomani uchinchi shaxsning roziligisiz bekor qilishlari yoki
o‘zgartirishlari mumkin emas.
Shartnoma tuzgan shaxs majburiyatni uchinchi shaxsga nishbatan bajarilishi
shart qilingan bo‘lsa, bu xaqda (boshqacha shart ko‘rsatilmagan bo‘lsa)
majburiyatning bajarilishini shartnomani tuzgan shaxs ham, foydasiga ko‘rsatilgan
uchinchi shaxs ham talab qilishi mumkin.
Shartnomalar, shuningdek ochiq shartnomalar, dastlabki shartnoma (axdnoma)
kabi turlarga ham bo‘linadi.
Tashkilotga murojaat qiladigan har bir shaxsga tovarlar sotish, xizmatlar
ko‘rsatish sohasidagi vazifalarni (chakana savdo, umumiy transportda yo‘lovchi
tashish, aloqa xizmati, elektr quvvati bilan ta’minlash, tibbiy xizmat, mehmonxona
xizmati va boshqalar) shartnoma tuzishda bir shaxsni boshqa shaxsga nisbatan afzal
ko‘rishga haqli emas (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari).
Tovarlar, ishlar, xizmatlarning bahosi, shuningdek ommaviy shartnomaning
34
boshqa shartlari bo‘yicha istemolchiga tegishli tovarlarni berishi, xizmatlar
ko‘rsatishi, uning uchun tegishli ishlarni bajarish imkoniyati bo‘la turib ommaviy
shartnoma tuzishdan bosh tortishga yo‘l qo‘yilmaydi. Tashkilot ommaviy shartnoma
tuzishdan asossiz bosh tortganida xaridor uni sud orqali shartnoma tuzishga majbur
qilish imkoniyatiga ega.
Dastlabki shartnoma asosiy shartnoma uchun belgilangan shaklda, bordi-yu,
asosiy shartnomaning shakli aniqlanmagan bo‘lsa, yozma shaklda tuziladi. Dastlabki
shartnomaning shakli to‘g‘risidagi qoidalarga rioya qilmaslik uning haqiqiy
sanalmasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki shartnomada asosiy shartnomaning muhim
shartlarni beligilab qo‘yish imkonini beradigan shartlar bo‘lishi kerak. Dastlabki
shartnomada taraflar qancha muddatda asosiy shartnomani tuzish majburiyatini olishi
ko‘rsatiladi. Agar dastlabki shartnomada bunday muddat belgilab qo‘yilgan
bo‘lmasa, asosiy shartnoma dastlabki shartnoma tuzilgan paytdan boshlab bir yil
ichida tuzilishi shart.
Shartnomaning mazmunini - bandlari (shartlari, rekvizitlar) tashkil etadi.
Fuqarolik kodeksiga muvofiq agar taraflar o‘rtasida shartnomaning barcha muhim
shartlari yuzasidan talab qilinadigan shaklda kelishuvga erishilgan bo‘lsa, sharnoma
tuzilgan hisoblanadi.
Shartnoma bandlari odatdagi va tasodifiy shartlarga bo‘linadi. Qonun
hujjatlaridagi bunday turdagi shartnomalar uchun muhim yoki zarur deb hisoblangan
shartlar, shuningdek taraflardan birining arizasiga ko‘ra kelishib olinishi zarur
bo‘lgan shartlar muhim shartlar hisoblanadi. Bazi shartnomalar uchun xos muhim
bandlar qonun bilan belgilanadi. Chunonchi, mahsulotlar yetkazib berish to‘g‘risidagi
Nizomning 25-bandida takidlanganidek, sharnomada yetkazib beriladigan mahsulot
nomi, miqdori va sifati to‘g‘risidagi shartlar bo‘lmasada, shartnoma tuzilmagan
hisoblanadi.
Ayrim bandlar (shartlar)ning muhim bo‘lish-bo‘lmasligi shartnomaning
xarakteriga qarab ham belgilanadi. Chunonchi, olidi-sotdi shartnomasini tuzilgan deb
hisoblashi uchun uning ikki sharti: qanday narsaning sotilishi va buning uchun
qancha pul to‘lanishi to‘g‘risida kelishilgan bo‘lishi talab qilinadi.
Odatdagi shartlar muayyan majburiyatiga oid munosabatni tartibga soladigan
dispozitiv normalar bilan belgilangan shartlar hisoblanadi. Bunday shartlar
odatdagidek nazarda tutiladi. Masalan, mulk ijarasi shartnomasida mulkni may oyida
(joriy) ta’mirlash shart qilib ko‘rsatilsa ham, ko‘rsatilmasa ham bo‘ladi, chunki bu
shart to‘g‘risida FK da (dispozitiv xaraktyerdagi) ko‘rsatma berilgan.
Tasodifiy shartlar umumiy huquq meyorlari bilan tartibga solinmagan
masalalar bo‘yicha o‘zaro kelishuv bo‘lib ko‘riladi. Chunonchi, ijaraga olingan
mulkni ta’mirlash muddati to‘g‘risida masala tasodifiy shartlardan biri hisoblanadi.
Shartnomada ayrim shartlar tegishli turdagi shartnomalar uchun ishlab
chiqilishi, belgilanishi nazarda tutilishi mumkin. Shartnomada namunaviy shartlarga
xavola qilinmagan hollarda taraflarning munosabatlariga ish muomalasi odatlari
sifatida qollaniladi.
Shartnomaning tuzilishi Fkning 364 moddasida ko‘rsatilganidek, taraflar
o‘rtasida shartnomaning barcha muhim shartlari yuzasidan talab qilinadigan shaklda
35
kelishuvga erishilgan bo‘lsa, shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Shartnomaning umumiy tartibda tuzilishi ikki davr bilan belgilanadi. Birinchi
davr-shartnoma tuzishga taklif qilish davri bunga, oferta, shartnoma tuzishga taklif
qiluvchi esa, oferent deb ataladi.
Ikkinchi davr-shartnoma tuzish to‘g‘risidagi taklifni qabul qilish, bu aksept
qabul qiluvchi esa, akseptant deb ataladi.
Shartnoma tuzishning umumiy tarkibiga oid qoidalar FK ning 364-381-
moddalarida berilgan. Bu qoidalarda aytlishicha, agar shartnoma tuzish to‘g‘risidagi
taklif (oferta) javob uchun muddat talab qilingan bo‘lsa bu holda shartnoma ikkinchi
taraf (akseptant) tomonidan taklifning qabul qilinganligi holdagina tuzilgan
hisoblanadi.
Shartnoma tuzilishi uchun taraflarning o‘zaro kelishuvining o‘zigina kifoya
emas.
Bu
kelishuv
tegishli
shaklda
rasmiylashtirilgan
bo‘lishi
shart.
Shartnomalarning shakli FK ning 366-moddasida belgilangan qoidalarga muvofiq
bo‘lishi shart. Unga asosan, agar qonunda muayyan turdagi shartnomalar uchun
ma’lum shakl belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, shartnoma bitimlar tuzish uchun nazarda
tutilgan xar qanday shaklda tuzilishi mumkin.
Notarial tasdiqlanishi yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi shart bo‘lgan
shartnoma notarial tasdiqlangan yoki ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan yetiboran,
shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar taraflar shartnomani muayyan shaklda tuzishga kelishilgan bo‘lsalar,
garchi qonunda bu turdagi shartnomalar uchun bunday shakl talab qilingan
bo‘lmasada shartnoma belgilangan shaklga keltirilganidan keyin tuzilgan hisoblanadi.
Yozma shartnoma taraflar imzolagan hujjatni tuzish yo‘li bilan va pochta,
telegraf, teletayp, telefon, elektron aloqa yoki ishonchli suratda aniqlash imkonini
beradigan boshqa aloqa yordamida hujjatlar almasish yo‘li bilan tuzilishi mumkin.
Oferta muayyan shaxsga va shaxslarga ham qaratilgan bo‘lishi mumkin.
Masalan, mahsulotni reklama qilish, o‘z xizmatini taklif yetib e’lon berish-
nomuayyan shaxslar doirasiga yo‘llagan oferta hisoblanadi.
Oferta yuborilgan shaxsga uni qabul qilganligi haqida gi javobi aksept
hisoblanadi. Aksept pullik va pisandsiz bo‘lishi shart. Agar qonunda ish muomalasi
odatidan yoki avvalgi munosabatlaridan mano kelib chiqmasa, bu aksept bulmaydi.
Agar ofertaga javob uchun muddat tayinlanmasdan, o‘g‘zaki ravishda qilingan
bo‘lsa, ikkinchi taraf (akseptant) bu taklifni qabul qilganligini darxol taklif qiluvchiga
(ofertaga) bildirgan holdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Agar bunday taklif yozma ravishda qilingan bo‘lsa, taklifni qabul qilganlik
(aksept) to‘g‘risidagi javobni olish uchun lozim bo‘lgan normal vaqt davomida
olingan taqdirdagina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Ofertada taklif qilinganidan boshqacha shartlar asosida shartnoma tuzishga
rozilik bildirish haqidagi javob aksept hisoblanmaydi. Bunday javob akseptdan bosh
tortish va ayni vaqtda yangi offerta hisoblanadi.
Odatda shartnoma tuzilgan joy ko‘rsatib o‘tilishi kerak. Agar shartnomada
uning tuzilgan joyi ko‘rsatilgan bo‘lmasa, shartnoma offerta yo‘llagan fuqaroning
yashash joyida yoki yuridik shaxsning joylashgan yerida tuzilgan hisoblanadi.
36
Fuqarolik kodeksida shartnomalar tuzishda taraflarning erkinligi haqidagi qoida
mustaxkamlab qo‘yilgan. Binobarin, hech qaysi taraf shartnoma tuzishga majbur
qilinmaydi. Biroq, ayrim hollarda majburiy shartnoma tuzilishi mumkin. Bunda
shartnomani tuzishga majbur bo‘lgan taraf oferta olgan kundan boshlab 30 kun
ichida boshqa tarafga aksept to‘g‘risida, akseptdan voz kechish haqida yoki boshqa
shartlar asosida akseptlash haqida (shartnoma loyixasiga o‘zining e’tirozlari
bayonnomasini qo‘shgan holda) bildirmog‘i lozim.
Basharti, shartnoma tuzish oferent uchun majburiy bo‘lsa-yu, u o‘z takliflariga
ko‘ra shartlar asosida akseptlash olsa (shartnoma loyixasiga e’tirozlar bayonnomasi
bilan birga), u holda bu taraf bildirish-xabarnoma olingan yoki aksept muddati
tamom bo‘lgan kundan boshlab 30 kun ichida kelishmovchiliklarni bartaraf etish
uchun sudga murojaat qilishga haqli.
Shartnoma tuzish majburiy bo‘lgan taraf uni tuzishdan bos tortsa, ikkinchi taraf
uni shartnoma tuzishga majbur etish talabi bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Shartnoma tuzishdan asossiz bo‘yin tovlayotgan taraf shu tufayli yetkazilayotgan
ziyonni boshqa tarafga to‘lashi shart.
Mazkur usul shartnoma tuzishning aniq usulini tanlaganda eng maqbul variant
hisoblanadi. Aynan, «shartnoma», «kelishuv» deb nomlangan hujjatda tomonlar
tijorat operatsiyasining barcha mavjud shartlarini va jiatlarini aniqlab oladilar.
Mazkur usulning eng katta yutug‘i – u mavjud bo‘lganda shartnoma tuzish faktiga
oid nizoning o‘zi paydo bo‘lmaydi. Bu usul bilan ixtiyoriy xo‘jalik shartnomalari
tuzilishi mumkin.
Amaliyotda quyidagi savol yuzaga keladi: tijorat savdo-sotigiga (yuk yetkazib
berishga) oid shartnomaviy munosabatlar shartnoma asosida emas, kelishilgan
tafsilotli ro‘yxat asosida rasmiylashtirilgan bo‘la oladimi? Tomonlar imzolagan
tafsilotli ro‘yxat shartnomaviy munosabatlar o‘rnatilganligini tan oluvchi barcha
muhim shartlarga ega emas. Hamda, belgilangan tartibda tuziladigan, yuk yetkazib
berishga oid shartnomaning o‘rnini bosolmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |