O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta


 Tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish shakli va tartibi



Download 1,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/195
Sana30.12.2021
Hajmi1,88 Mb.
#94181
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   195
Bog'liq
2511-Текст статьи-7155-1-10-20200711

 
1.3. Tashqi iqtisodiy bitimlarni tuzish shakli va tartibi 
 
Turli  mamlakatlarning  tashkilot  va  korxonalari  orasidagi  xalqaro  savdo-
iqtisodiy, ilmiy-texnik va turli aloqalar amalga oshirilishi borasida, bitimlar tuziladi. 
Odatda  ular  shartnomalar  deb  yuritiladi.  Bunday  munosabatlarni  rasmiylashtirishda, 
bir  qancha  terminlardan  foydalaniladi.  Masalan,  «bitim»,  «kelishuv»,  «shartnoma», 
«rozilik», «kelishilganlik». Bir qator olimlar «bitim» va «kelishuv»ga ko‘proq e’tibor 
beradilar. Oxirgi vaqtda tashqi-iqtisodiy amaliyotda shartnoma qo‘llanilsa ham lekin 
«bitim»  tushunchasi  «kelishuv»ga    qaraganda  kengroq  ekanligi  ta’kidlanmoqda. 
Kelishuv-  bu  tomonlarning  roziligidir.  Unda  kelishuv  predmeti  va  tomonlar  aniq 
ko‘rsatiladi  hamda  ularning  huquqi  va  majburiyatlari  belgilab  qo‘yiladi.  Boshqacha 
qilib  aytganda  bitimni  rasmiylashtirishdir.  Bu  borada  bitim  va  kelishuv  orasida  bir 
qator  savollar  yuzaga  keladi.  Shuning  uchun  ham  har  biriga  aloxida  to‘xtash 
maqsadga muvoffidir.  
Shartnoma- bu eng qadimiy huquqiy konstrukstiyalardan biridir. Ayniqsa, oxirgi 
bir  necha  yilliklardan  buyon  uning  zamonaviy  fuqarolik  huquqidagi  o‘rnining 
tendenstiyasi juda ham oshib bormoqda. 
Shartnoma-  (contractus  lot.)  bu  fuqarolik  huquqida  ikki  va  undan  ortiq 
shaxsning  fuqarolik  huquqi  va  majburiyatlarini  o‘rnatish,  o‘zgartirish  yoki  bekor 
qilishga  oid  kelushuvidir  (zayom,  savdo-sotiq, buyurtma  va  h.k.).  Shartnomalarning 
ba’zi turlarini davlat idoralarida ro‘yxatdan o‘tkazish lozim.     
Shartnoma  o‘zi  nima?  Bu,  faqatgina,  pul  mablag‘larini  hisob  raqamiga 
tushiradigan  hujjat  emas.  Balki,  shartnoma  –  bu,  birinchi  navbatda,  ikki  tomonlama 
foydali  manfa’tlar  yo‘lida  harakat  qilish  borasidagi  o‘zaro  rozilik  bildirilgan  akt,  


16 
 
ya’ni tomonlar kelushuvidir.   
“Ishonchli  shartnoma”  qanday  bo‘lishi  kerak?    Bu  quyidagilarni  bajaradigan 
shartnomadir: 
 - birinchidan, u sizning manfa’tingiz yo‘lida tuzilgan bo‘lishi kerak; 
 - ikkinchidan, u amaldagi qonun hujjatlaridagi qoidalarni buzmasligi kerak; 
 -  uchinchidan,  sizning  manfa’tingiz  yuridik  jihatdan  ishonchli  himoyalangan, 
sizning  kontragentingiz  majburiyatlari  esa  uning  mas’uliyati  bilan  jiddiy 
ta’minlangan bo‘lishi kerak; 
 -  to‘rtinchidan,  unda  hech  qanday  “pinhona  to‘siqlar”    mavjud  bo‘lmasligi 
kerak.    
Shartnoma deb, ikki yoki bir necha shaxsning fuqarolik huquqlari va burchlarini 
belgilash, o‘zlashtirish yoki bekor qilishga qaratilgan o‘zaro kelishuvlarga aytiladi. 
Shartnoma  huquqiy  munosabatlarni  vujudga  kelitirish,  o‘zgartirish  yoki  bekor 
qilish  uchun  xizmat  qiladi.  Ammo  shartnomaning  harakati  bu  bilan  cheklanmaydi. 
Faktlar  umumiy  qoida  bo‘yicha  huquqiy  munosabatni  belgilash,  o‘zgartirish,  yoki 
bekor  qilishdan  tashqari  doiralarda  huquqiy  munosabatda  qatnashuvchilarning  hatti-
harakatlarini  tartibga  soladi,  huquqiy  munosabat  ishtirokchilarining  huquq  va 
burchlarini belgilaydi. 
Shartnoma  bilan  vujudga    keltirilgan  huquqiy  munosabat    davomida  
taraflarining  hatti  harakatlari  qanchalik  qonunga  muvofiq  bo‘lgan-bo‘lmaganligini 
ham teksirish imkoniyatini beradi.  
Shartnoma  tushunchasida  asosiy  belgi,  asosiy  shart-taraflarning  muayyan 
natijaga  erishishga  qaratilgan  o‘zaro  kelishuvlaridir.  Taraflarning  xar  qaysisi 
tomonidan shartnoma bo‘yicha olinadigan huquq va burchlar xar xil bo‘lsa ham, ular  
yagona huquqiy natija beradi. 
Xalqaro  huquqda  majburiy  tusdagi  xalqaro  shartnoma  shakli  belgilanmagan. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, xalqaro shartnoma turlicha nomlanishi mumkin, lekin bu 
uning yuridik kuchiga ta’sir etmaydi. Uning eng keng tarqalgan nomlari quyidagilar: 
shartnoma,  bitim,  konventsiya,  protokol,  pakt,  ustav,  deklaratsiya.  Izoh  (ogovorka) 
xalqaro  shartnoma  tuzish  jarayonida izoh beruvchi  davlatga nisbatan shartnomaning 
alohida qoidalari harakatini o‘zgartirish yoki bekor qilish maqsadida, shu davlatning 
bir tomonlama tartibda beradigan bayonoti, demakdir. Izoh shartnomaning maqsad va 
printsiplariga  zid  bo‘lmasligi  va  uning  asosiy  mazmunini  o‘zgartirib  yubormasligi 
kerak.  Izoh  ratifikatsiya  qilish,  tasdiqlash  va  qo‘shilish  davrida  beriladi.  Izoh 
berilishiga  yo‘l  qo‘ymaydigan,  masalan,  MDH  mamlakatlari  Iqtisodiy  ittifoqini 
tuzish to‘g‘risidagi shartnoma kabi shartnomalar ham ko‘pchilikni tashkil etadi.  
Izoh  bergan  davlat  uni  istalgan  paytda  bekor  qilishi  mumkin.  Agar 
ishtirokchilarning muayyan qismi, shuningdek shartnomaning maqsad va printsiplari 
uni  barcha  ishtirokchilarning  yalpi  ravishda  qabul  qilishini  talab  etsa,  u  holda 
shartnomaga  izohlarni  ham  barcha  ishtirokchilar  tomonidan  qabul  qilinishi  taqozo 
etiladi.  Boshqa  hollarda  ishtirokchilardan  muayyan  qismining  izohga  nisbatan 
bildirgan  e’tirozlari  izoh  bergan  davlatning  shartnomada  ishtirok  etishiga  monelik 
qilmaydi. Bir yil davomida izohga nisbatan e’tiroz bildirilmasa, uni ishtirokchi qabul 
qilgan hisoblanadi.  


17 
 
Xalqaro  tashkilotning  ta’sis  hujjatiga  bildiradigan  izohni  tegishli  davlatning 
qabul qilishi joizdir. Izohning yuridik oqibatlari shartnomaga uni tuzgan tomonlar va 
qabul  qilgan  tomonlar  o‘rtasidagi  munosabatlarga  daxldor  o‘zgartirishlar  kiritishdan 
iboratdir.  Agar  ayrim  tomonlar  izoh  beruvchi  davlat  bilan  o‘zaro  munosabatlariga 
daxldor  izohlarga  e’tiroz  bildirsa,  u  holda  bunday  qoida  qabul  qilinmaydi.  Izoh 
boshqa ishtirokchilar o‘rtasidagi munosabatlarning o‘zgarishiga olib kelmaydi.  
Izohdan tashqari, davlatlar xalqaro shartnomaga bayonot ham berishi mumkinki, 
bu bilan tegishli davlat shartnomadagi u yoki bu qoidaga o‘z nuqtai nazarini bildiradi. 
Shu  bois,  aksariyat  hollarda  ular  talqin  qiluvchi  bayonotlar  deb  ham  ataladi. 
Izohlardan farqli o‘laroq, bayonotlar xalqaro shartnoma mazmunini o‘zgartirmaydi va 
unga  boshqa  ishtirokchilar  roziligi  talab  etilmaydi.  U  faqat  xalqaro  shartnomani 
tayyorlagan davlatgagina majburiyat yuklaydi.  
Xalqaro  shartnomalarga  qo‘shilish  boshqa  davlatlar  o‘rtasida  tuzilgan 
shartnomaning majburiyligiga rozilik to‘g‘risidagi akt sanaladi. Qo‘shilish imkoniyati 
shartnomada  ko‘zda  tutiladi  yoki  uning  ishtirokchilari  o‘rtasida  kelishib  olinadi. 
Qoidaga  ko‘ra,  qo‘shilishni  ham  ratifikatsiya  qilish  yoki  tasdiqlash  bilan 
shug‘ullanadigan  organlar  tomonidan  amalga  oshiradi.  Vena  konventsiyasi  og‘zaki 
shartnomalarning yuridik kuchini inkor etmasada, lekin faqat yozma shartnomalarga 
taalluqli  hisoblanadi.  «O‘zbekiston  Respublikasining  xalqaro  shartnomalari 
to‘g‘risida»gi qonun ham xuddi shu maqsadga qaratilgandir. Xalqaro shartnomaning 
alohida shakli - ayni mazmundagi notalar almashish yo‘li bilan o‘zaro kelishuvdir.
5
 

Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish