Chaqirib olinmaydigan akkreditiv deb mablag‘ oluvchini roziligini olmasdan
77
turib bekor qilib bo‘lmaydigan akkreditivga aytiladi. Akkreditiv operatsiyasini
amalga oshirishda qatnashuvchi, xizmat ko‘rsatuvchi bank, emitent-bank iltimosiga
ko‘ra, chaqirib olinmaydigan akkreditivni tasdiqlab berishi mumkin. Mazkur holat,
xizmat ko‘rsatuvchi bank o‘z zimmasiga, akkreditiv shartlariga muvofiq to‘lovni
amalga oshirish majburiyatini olishini bildiradi. Chaqirib olinmaydigan akkreditiv,
ayniqsa, xizmat ko‘rsatuvchi bank tomonidan tasdiqlangan akkreditiv, mazkur bank
roziligisiz o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin emasligi tabiiydir.
Yuqorida aytb o‘tilganidek, benetsifar uchun ikkita bog‘liq bo‘lmagan
majubriyat mavjuddir:
1) Akkreditiv ochgan bankning majubriyati
2) Akkreditiv tasdiqlagan bankning majburiyati.
Akkreditivdan foydalanish shartlari belgilanishi kerak va ularni noto‘g‘ri
izohlashga imkoniyat bermaslik zarur. Hamda, mablag‘ oluvchi uchun akkreditiv
bajarilishi borasida to‘sqinlik qiladigan shartlardan holi bo‘lishi kerak.
Akkreditiv bo‘yicha avans to‘lov shakli mavjud – bu qo‘simcha shartli to‘lovdir,
bu sotuvchi uchun maxsus imtiyoz demakdir. Mazkur holat, tovarni akkreditiv
hujjatlarni yuborilishigacha tovarni jo‘natish uchun bankga akkreditivning bir
qismini avans shaklida to‘lash imkonini beradi. Mazkur to‘lov tavakkalchiligi
akkreditiv ochgan shaxs zimmasiga tushadi.
Umuman, akkreditivlar amaliyotda turli shakllarda uchraydi. Birinchi qarorni,
aynan akkreditivning asosiy shaklini tanlab olish borasidagi qarorni, odatda,
shartnoma bo‘yicha muzokaralar olib borish jarayonida qabul qilinadi. Ikki
tomonning manfaatini ko‘zlab, akkreditiv shartlarini aniq va lo‘nda bayon etiladi.
Takidlash joizki, xaridor akkreditivni ochgandan keyin ham uning shartlari
shartnomada belgilab ketirilgan shartlarga mosligini yana bir bora ishonch hosil
qilmoq zarur. Akkreditivdan foydalanishga imkon bermaydigan arzimagan
o‘zgartirishlar kiritilsa ham, sotuvchi xaridordan akkreditiv shartlarini shartnoma
shartlariga moslashtirishni talab etishi lozim. Agar akkreditivning shartlari aniq
bajarilmasa, bank tomonidan uning taminoti bekor qilinishi hamda, hujjatlarda
arzimagan o‘zgarishlar bo‘lsa ham ularni qabul qilmasligi mumkin.
Shartnomalar ishonchli, o‘zaro manfaatli, barqaror va ishtirokli bo‘lishi
zarur.Hisob-kitobning akkreditiv shakli xalqaro savdoda eng keng tarqalgan
shaklidir. Shu bois, adabiyotda xalqaro akkreditiv bitimlarining huquqiy mohiyati
tahliliga katta ahamiyat berilmoqda.
Hisob-kitobning akkreditiv shaklida akkreditivni boshqarayotgan mijoz (import
qiluvchi) topshirig‘i bilan faoliyat ko‘rsatayotgan bank (emitent-bank) mijozining
hisob raqamidan (eksport qiluvchiga) akkreditivda belgilangan hujjatlari, avvalam
bor, tovarni topshirish, yuk tashib olish uchun qabul qilinganligi haqida hujjatlar
topshirilgandan so‘ng uning kontragent-benefistiriga mablag‘ o‘tkaziladi. Emitent-
bank (xaridorning banki) sotuvchi mamlakatida joylashgan boshqa bankni jalb etadi,
mazkur bank akkreditiv bitimda xizmat ko‘rsatuvchi bank sifatida qatnashadi.
Aynan mazkur bank eksport qiluvchi bilan ishlaydi, undan hujjatlarni qabul qilib
oladi va ular asosida to‘lovni amalga oshiradi. “Biroq, xizmat ko‘rsatuvchi bank
hujjatlarni qabul qilib olish va ularni teksirish bo‘yicha majburiyatlarini bevosita
78
akkreditiv asosida emas, balki, munosib topshiriq bergan, emitent-bank bilan
korrespondent munosabatlari asosida bajaradi”
“Akkreditiv” tushuncasi asosan ikki ma’noda ishlatiladi: birinchidan, hisob-
kitobning bir shakli sifatida; ikkinchidan, emitent-bankning benefistar oldidagi
majburiyati, avvalom bor pullik majburiyati sifatida.
Akkreditiv operatsiyasining mohiyati quyidagi ketma-ketlikda namoyon bo‘ladi:
1) xaridor (import qiluvchi) savdo-sotiq shartnomasiga asosan o‘z bankiga sotuvchi
foydasiga akkreditiv ochishga oid iltimos bilan murojaat etishga majbur; mazkur
bosqichda to‘lov amalga oshirilishiga asos bo‘luvchi hujjatlar, to‘lov miqdori,
akrreditivning boshqa shartlari borasida kelishuvlar tasdiqlanadi;
2) xaridorning banki, xaridor topshirig‘ini bajarib, sotuvchi banki bilan muloqotga
kirishadi (odatda, banklar o‘rtasida korrespondent munosabatlar mavjud bo‘ladi);
sotuvchining bankiga akkreditivni bajarilish borasida pul mablag‘i o‘tkaziladi hamda
sotuvchining banki sotuvchi to‘lovni qanday shartlarda bajarilishi mumkinligi haqida
xabar beriladi;
3) sotuvchining banki sotuvchiga uning foydasiga akkreditiv ochilgani haqida xabar
beradi hamda unga akkreditiv shartlarini ma’lum qiladi, avvalam bor, to‘lov amalga
oshirilishi uchun zarur hujjatlar ro‘yxatini taqdim qiladi;
4) sotuvchi (eksport qiluvchi) tovarni yetkazib berib hamda yuk tushirish (masalan,
konosament, yuk to‘g‘risidagi xat) va boshqa hujjatlarni qabul qilib olib, ularni o‘z
bankiga tadim qiladi;
5) sotuvchining banki qabul qilib olingan hujjatlarni akkreditiv shartlari bilan
solishtirib, ularga mos tushgan holda to‘lovni amalga oshiradi, yani sotuvchi hisobiga
belgilangan pul miqdorini o‘tkazadi;
6) sotuvchidan olingan hujjatlarni sotuvchiga xizmat ko‘rsatayotgan bank xaridor
bankiga yuboradi. U o‘z navbatida, ularni xaridorga tovarni olish uchun topshiradi. Yuk
tashuvchi tovarni taqdim etilgan hujjatlar evaziga yuk tashish shartnomasi shartlariga
asosan topshiradi.
O‘zbekiston Respublikasi tashkilotlari tomonidan eksport qilinuvchi tovarlar
bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun akkreditivlar xorijiy banklar tomonidan xorijiy xaridor-
firmalar topshirig‘i bilan mamlakatimiz sotuvchilari foydasiga ochiladi. Bu yerda
O‘zbekiston Respublikasi banklari xizmat ko‘rsatuvchi banklar sifatida ishtirok etadi.
Bunday shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi banklari konosament, sug‘urta
polisi va trattalarning teskari tomonida, hujjatlar yuborilayotgan xorijiy bank foydasiga
uzatish yozuvi qo‘yiladi. O‘zbekiston Respublikasiga import qilinuvchi tovarlar uchun
hisob-kitob akkreditivi mahalliy xaridor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi bankida
xorijiy sotuvchi-firma foydasiga ochilishi kerak. Bu holda xizmat qiluvchi bank sifatida
xorijiy banklar ishtirok etadi. Demak, aynan xorijiy bank o‘z mijozi – xorijiy xaridordan
konosament, sug‘urta polisi va trattani qabul qilib bo‘lganidan so‘ng ular asosida
O‘zbekiston Respublikasi banki (emitent-bank) foydasiga indosamentni (moliyaviy
rag‘batlantirishni) amalga oshiradi.
79
Do'stlaringiz bilan baham: |