2.3.3. Qon zardobidagi oqsil fraksiyalarini turbidimetrik
usuli bilan aniqlash.
Ushbu usulning asosiy tamoyili shundan iboratki qon zardobining turli oqsil
fraksiyalari ma‟lum konsentrasiyaga ega bo‟lgan fosfatli eritmalar ta‟sirida
cho‟kmaga cho‟kish xususiyatiga ega. Bu paytda juda mayda zarrachalar hosil
bo‟ladi va eritma loyqalanadi. Eritmaning loyqalanish darajasiga qarab
fotoelektrokolorimetr yordamida aniqlanuvchi tekshirilayotgan namunadagi
oqsillar konsentrasiyasi haqida gap yuritish mumkin [13].
Reaktivlar. 1. Asosiy fosfatli eritma: 33,5g o‟yuvchi natriy, 400ml
distillangan suvda eritiladi, kaliyning fosforli achchiq tuzidan 226,8g qo‟shiladi.
Aralashma yaxshilab eritilgandan keyin uy haroratigacha sovutiladi va 500 ml
hajmgacha distillangan suv qo‟shiladi.
2. Ishchi fosfotli eritmalar: Asosiy fosfotli eritmadan 100ml o‟lchamdagi
kolbachaga olinadi. 92,4 ml (N1),74,9 ml (N2), 58,8ml(N3), 48,7(N4) va
distillangan suv bilan nishon belgigacha silkitish yo‟li bilan yaxshilab
aralashtiriladi. Suyultirilgan eritmalar saqlangan paytda bakterial jihatdan
buzilmasligi uchun xar 100 ml eritmaga 1 tomchidan xloroform tomiziladi.
Kerakli asbob-uskunalar. Fotoelektrokolorimetr: kimyoviy probirkalar, 1, 2, 5 va
100ml li pipetkalar, 100ml byuretka,100 va 500 ml li o‟lchamli kolbalar.
Ishni bajarish tartibi. Xar bir qon zardobi namunasi uchun shtativga 6 tadan
probirka qo‟yilib ular 0, 1, 2, 3, 4 va 5 raqamlari bilan belgilanadi. N O raqamli
probirkacha 10ml distillangan suv quyiladi. N 1,2,3,4 raqamli probirkalarga, xuddi
shu raqamli ishchi fosfatli eritmalardan 5ml dan solinadi, N5 probirkaga esa 0,5
ml qon zardobi, 0,75 ml distillangan suv va 3,75 ml asosiy fosfatli eritma solinib
32
tiqin-tiqiladi va 5-6 marta aylantirish yo‟li bilan aralashtiriladi. N5 probirkadagi
aralashmadan N 1,2,3,4 probirkalarga, 0,5 ml dan eritma olib quyiladi va NO
probirkaga esa 1ml quyiladi [11].
Probirkalar ichidagi aralashma muntazam, lekin juda ehtiyotlik bilan
probirkada xavo pufakchalari hosil bo‟lishini oldini olgan xolda aralashtiriladi. 15
daqiqadan keyin fotoelektrokolorimetrda qalinligi 1sm bo‟lgan kyuvetlarda qizil
nurli filtrda eritmalarning optik zichligi (E) aniqlanadi.
Turli patologik holatlarda ularning miqdori jiddiy ravishda o‟zgaradi.
Shuning uchun oqsillarning ayrim fraksiyalarini o‟rganish katta ahamiyatga
egadir. Albuminlarning miqdori gepatit, jigar sirrozi, kuchli yallig‟lanish
jarayonlarida, gepotos, nefroz, nefrit, bug‟ozlik toksikozi, zararli o‟smalar, ochlik,
kaxeksiya, o‟tkir pnevmoniya va bronxopnevmoniya, ketoz, leykoz, A-
gipovitaminoz, jigarning toksik jarohatlanishida pasayadi. Albuminlar miqdori
juda kam xolatlarda ko‟payadi va ayniqsa organizm degidratasiyasida kuzatiladi.
Globulinlarning miqdori (eng avvalo gamma globulinlar) ning kamayishi
nefroz, nefrit, kaxeksiya va boshqa bir qator kasalliklar paytida va uning ortishi
bilan birga albuminlarning miqdorini (disprotenimiya) kamayishi bilan kuzatish
juda ko‟p hollarda uchraydi.
Qon tarkibidagi alfa-globulinlarni miqdorini ortishi bilan albuminlarning
miqdorini kamayishi o‟tkir poliartrit, o‟tkir infeksion kasalliklar, paytida
kuzatiladi. Alfa
va gamma globulinlarning miqdorini aniq namoyon bo‟lishi bilan
albuminlarning unchalik bo‟lmasada kamayishi pnevmoniyaning oxirgi
bosqichlarida surinkali endokardit, xolesistit, urosistit paytida kuzatiladi.
Alfa va beta-globulinlarni ko‟payishi va gamma-globulinlarni jiddiy
darajada kamayishi lipoidli va amiloidli nefrozlarda, nefritlarda, nefroskelerozda,
bug‟ozlik toksikozida, kaxeksiya, zararli o‟smalarda kuzatiladi. Gamma-
globulinlarni jiddiy darajada ortishi, beta-globulinlarni unchalik ko‟p bo‟lmasada
ko‟payishi xamda albuminlarning sezilarli kamayishi gepatit, toksik gepatoz,
33
ketoz, gemolitik jarayonlarda leykemiya va qon hosil qiluvchi organlarni va limfa
tugunlarining zararli o‟smalariga xos xususiyatdir.
Jigar sirrozi, kallogenezlar va boshqa kasalliklar paytida albuminlarning
miqdori jiddiy kamaysa, gamma-globulinlar esa jiddiy ko‟payadi. Mexanik sariq
kasalligi paytida albuminlarning kamayishi va alfa,
betta va gamma globulinlarni
unchalik bo‟lmasada kamayishi xarakterlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |