Oqsillar almashinuvini xamda turli organlar va tizimlar funksiyalarini
baxolash uchun klinik veterinariyada qon zardobidagi (plazmadagi) umumiy oqsil
va uning fraksiyalarini, qoldiq azotni, mochevina, aminokislotalar azot, kreatin va
oqsilini aniqlash uchun kalorometrik, refraktometrik, spektrofotometrik va
boshqa usullardan foydalaniladi. Odatda laboratoriyalarida refraktometrik va
Qon zardobidagi oqsil fraksiyalarini aniqlashda elektroforetik usullarda,
fosforli achchiq tuz) sedimentasionli past haroratda etil spirti bilan cho‟ktirish yo‟li
bilan oqsillarni bo‟lish usullari immunoelektroforektik usullardan foydaniladi.
asosan 5 ta fraksiya: albuminlar, alfa-1, alfa-2, beta va gamma globulinlar olinadi.
28
Bu usulning kamchiligi bo‟lib tahlil ishlarini uzoq muddatda bajarilishi
(tekshirishlarning natijasini faqat 2-3 kundan keyingina olish mumkin) va
qog‟ozning kimiyoviy yaxlitligining doimo ham talabga javob bermasligi
natijasida oqsil fraksiyasining juda anik bo‟linmasligi hisoblanadi. Agarli gelda
elektroforez qilinganida qog‟ozdagiga nisbatan oqsilli fraksiyalarning ancha aniq
bo‟linishga ega bo‟lgan ma‟lumotlar olish mumkin, lekin gelni tayyorlash
prosedurasini murakkabligi va tayyor xolda uzoq muddat saklash imkoniyati
yo‟qligi sababli bu usulni laboratoriya amaliyotida qo‟llash imkonini bermaydi.
Sellyuloza asetatida elektroforez qilish usuli o‟zining keng ko‟lamda qo‟llanilishi
bilan diqqatni o‟ziga tortadi va bu usul tibbiyot amaliyotida unifikasiya (bir
xillashtirilgan) qilingan usul sifatida qabul qilingan. Laboratoriyada elektroforez
qilish uchun asbob – uskunalar bo‟lmaganida oqsillarni neytral tuzlar bilan
cho‟ktirish va aralashmani loyqalanish darajasini FEK (fotoelektrokalorometr) da
turbidimetrik o‟lchash usulidan foydalaniladi [24].
Qoldiq (oqsilsiz) azot deganda oqsillar cho‟ktirilgandan keyin qonda
qolgan
azotning
miqdori
tushiniladi.
Bularga
mochevinaning
azoti,
aminokislotalarning, kreatinin, kreatin, siydik kislotasi, indikan, ammiak,
polipeptidlar, nukleotidlar, biogenli aminlar va boshqa oqsillar almashinuvi
mahsulotlarining azotlari kiradi. Qonning qoldiq azotining asosiy qismi mochivena
azoti hisoblanadi va unga qondagi barcha oqsilsiz azotning 1/2 qismi to‟g‟ri keladi.
Qoldiq azotning 1/4 qismini aminokislotalar, kreatinin, kreatinlarning azoti tashkil
qiladi. Qoldiq azotning ayrim fraksiyalarini, aynan mochevina, aminli azot, kreatin
va kreatinin, siydik kislotasi, indikan tarkibidagi azotlar miqdorini aniqlash ancha
muxim klinik ahamiyatga ega.
Qon siydik va boshqa biologik suyuqliklar tarkibidagi mochevinani aniqlash
uchun diasetilmonooksilli, ureazali, gipoxloridli, gipobromidli, ksantigidrolotli va
boshqa usullardan foydaniladi. Xozirda keng miqyosda tarqalgan usul bo‟lib
kalorimetrik usul hisoblanadi, chunki bu usul mochevina va diasetilmonooksilni
o‟zaro ta‟siri natijasida bo‟yalgan mahsulotlar (firon reaksiyasi) hosil bo‟lishiga
29
asoslangan. Ammo, ancha aniq va spesifik usul bo‟lib mochevinani ureaza
fermentidan foydalanish yo‟li bilan aniqlash hisoblanadi [25].
Do'stlaringiz bilan baham: