(Jinoyat kodeksining 288-moddasi)
Jinoyatning obyekti belgilangan harbiy xizmatni o‘tash tartibi hisoblanadi. Jinoyat obyektiv tomonidan
harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida harbiy qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan
tashlab ketish,
shuningdek, shu maqsadda xizmat joyiga yetib kelmaslikda namoyon bo‘ladi.
Тahlil etilayotgan qilmish davomli jinoyat hisoblanadi. Jinoyat dezertir ushlangan yoki o‘z xohishi bilan
kelgan paytdan tugallangan hisoblanadi. Aybdor harbiy qismda yoki xizmat joyida bo‘lmagan vaqt
jinoyatning kvalifikatsiya qilinishi uchun ahamiyatga ega emas.
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyat subyektiv tomonining zaruriy belgisi xizmat
joyini yoki harbiy qismni o‘zboshimchalik bilan tashlab ketish maqsadidir.
Harbiy qismni yoki xizmat joyini tashlab ketish, shuningdek, xizmat joyiga vaqtida yetib kelmaslik
harbiy xizmatdan butunlay bo‘yin tovlash maqsadida sodir etilgan bo‘lishi lozim. 288-moddaning 1-qismida
ko‘zda tutilgan jinoyatning subyekti muddatli harbiy xizmatchisi bo‘lishi mumkin.
Ushbu moddaning 2-qismida ofitserlar tarkibidan bo‘lgan shaxs, praporshik, michman yoki harbiy
xizmatni kontrakt (shartnoma) bo‘yicha o‘tayotgan harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan dezertirlik
uchun javobgarlik ko‘zda tutilgan.
D. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan yoki boshqa usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash
(Jinoyat kodeksining 290-moddasi)
Jinoyatning obyekti harbiy xizmatni o‘tashning belgilangan tartibidir. Obyektiv tomondan jinoyat harbiy
xizmatchining o‘zining biror a’zosini mayib qilishida, ya’ni o‘z badaniga biron shikast yetkazish yo‘li bilan,
shuningdek, o‘zini yolg‘ondan kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki boshqacha aldash yo‘li bilan
harbiy xizmatni bajarishdan (o‘tashdan) bo‘yin tovlashi, uni bajarishdan bosh tortishida ifodalanadi.
Bu jinoyatni sodir qilishning
birinchi usuli – harbiy xizmatdan o‘zining biron a’zosini mayib qilish, ya’ni
harbiy xizmatni o‘tayotgan shaxs tomonidan o‘z sog‘lig‘iga harbiy xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan
darajada zarar yetkazishdir. Sog‘liqqa zarar yetkazish usullari turlicha bo‘lishi mumkin (qurolni, boshqa
predmetlarni ishlatish yo‘li bilan va boshqalar), biroq, bu jinoyatni kvalifikatsiyalash uchun ahamiyatli emas.
Harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashning
ikkinchi usuli yolg‘ondakam kasallikni ro‘kach qilishdir.
Yolg‘ondakam kasallikni ro‘kach qilish deganda, tibbiy komissiyani harbiy xizmatni o‘tashi kerak bo‘lgan
shaxsda xizmatni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan qandaydir kasallik mavjudligi borasida aldashning har qanday
yo‘llari, o‘zini yolg‘ondakam ko‘r, kar yoki ruhiy kasal qilib ko‘rsatish va h.k. tushuniladi.
Harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashning
uchinchi usuli hujjatlarni qalbakilashtirish yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Hujjatlarni qalbakilashtirish deganda, hujjatlarni qalbakilashtirish yoki tegishli komissiyalarga
harbiy xizmatdan ozod qilishga asos bo‘ladigan soxta hujjatlarni taqdim etish tushuniladi. Masalan, kasal
ekanlik yoki harbiy xizmatdan ozod qilishga asos bo‘ladigan boshqa holatlar to‘g‘risida soxta ma’lumotnoma
taqdim etish bunga misol bo‘la oladi.
Boshqacha yo‘l bilan aldash deganda, harbiy xizmatdan ozod qilish vakolatiga ega bo‘lgan tegishli
idoralarni chalg‘itish uchun qo‘llangan har qanday usullarni tushunish lozim.
Harbiy xizmat vazifalarini o‘tashdan bosh tortish deganda, biron-bir qonuniy asoslarga ega bo‘lmasdan
harbiy xizmatni o‘tashdan og‘zaki yoki yozma shaklda bevosita bosh tortish tushuniladi.
Harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortish formal tarkibli jinoyat bo‘lib, harbiy xizmatchi o‘zining biron
a’zosini mayib qilgan, ya’ni o‘z badaniga biron yo‘l bilan shikast yetkazgan, shuningdek, o‘zini yolg‘ondan
kasallikka solib, hujjatlarni qalbakilashtirgan yoki boshqa yo‘l bilan aldab harbiy xizmatdan bo‘yin tovlagan
yoki bu xizmatni bajarishdan bosh tortgan paytdan tugallangan hisoblanadi.
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Maqsad – harbiy xizmatni o‘tashdan bosh tortishdir.
Jinoyatning subyekti harbiy xizmatni o‘tashi kerak bo‘lgan yoki o‘tayotgan shaxsdir.
Тahlil etilayotgan moddaning 2-qismida jangovar vaziyatda sodir etilgan harbiy xizmatni o‘tashdan bosh
tortganlik uchun javobgarlik belgilangan.
1. Ofitserlar
tarkibiga kiruvchi shaxs, praporshik, michman yoki harbiy xizmatni shartnoma bo‘yicha o‘tayotgan shaxslarni jinoiy
javobgarlikka tortish shartlarining muddatli harbiy xizmatchilarni jinoiy javobgarlikka tortish shartlaridan farqi.
2. Dezertirlik nima? Uning qism yoki xizmat joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketishdan farqi nimada?
3. O‘zining biron a’zosini mayib qilish yo‘li bilan harbiy xizmatdan bo‘yin tovlash deganda nimani tushunasiz? Uni sodir
etishning qanday usullari bor? Boshqa usulda harbiy xizmatdan bo‘yin tovlashga nimalar kiradi?
4. Jangovar vaziyat deganda nima tushuniladi?
5. Qorovul xizmati o‘tash qoidalarini buzishga nimalar kiradi? Ushbu jinoyatni to‘g‘ri kvalifikatsiya qilishning asosiy shartlari.
6. Jinoyat kodeksining 291-moddasida nazarda tutilgan zararli oqibatlar jumlasiga nimalar kiradi?
7. Ichki xizmatni o‘tash yoki garnizonda patrullik qilish qoidalarini buzishning qanday usullari bor? Jinoyat kodeksining 292-
moddasidagi zararli oqibatlar, deganda nimalar nazarda tutiladi?
8. Jangovar navbatchilikni o‘tash qoidalarini buzish nimalarda namoyon bo‘ladi?
9. Chegara xizmatini o‘tash qoidalarini buzish, deganda nimani tushunasiz? Ushbu qilimishning sodir etilishi qanday og‘ir
oqibatlarga olib kelishi mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: