yo‘li bilan foydalanish deganda, kontrabanda predmetlarini bojxona chegarasi orqali o‘tkazish maqsadida
bojxona nazoratiga qalbaki hujjatlarning taqdim etilishini tushunish zarur.
Bojxona qiyoslash vositalaridan aldov yo‘li bilan foydalanish deganda, plombalar, muhrlar, raqamli,
harfli va
boshqa markirovkalar, qiyoslash belgilarini qalbakilashtirish va h.k.lar tushuniladi.
Kontrabanda predmetlarini deklaratsiyasiz yoki boshqa nomga yozilgan deklaratsiyadan foydalanib
o‘tkazish deganda, kontrabanda predmetlari haqida belgilangan shakldagi to‘g‘ri axborotning berilmasligini
yoki haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan axborotning berilishini tushunish zarur.
Diniy ekstremizm, separatizm va fundamentalizmni targ‘ib qiluvchi materiallar deganda, shu xildagi
axborot mavjud bo‘lgan kitoblar, videoyozuvlar, varaqalar, tashviqot varaqalari, plakatlar, shiorlar va
h.k.larni tushunish lozim. Kontrabanda predmetlari O‘zbekiston Respublikasi chegarasi orqali haqiqatda
qonunga xilof ravishda o‘tkazilgan paytdan e’tiboran kontrabanda
tugallangan jinoyat, deb e’tirof etiladi.
Subyektiv tomondan jinoyat qasddan sodir etiladi. Jinoyatni kvalifikatsiya qilishda uning sodir etilish
motivi va ko‘zlangan maqsadi ahamiyatga ega emas. Jinoyatning subyekti 16 yoshga to‘lgan, aqli raso har
qanday shaxs bo‘lishi mumkin.
Ushbu moddaning 2-qismida yadroviy, kimyoviy, biologik va ommaviy qirg‘in qurollarining boshqa
turlarini, shunday qurollarni yaratishda foydalanilishi mumkinligi ayon bo‘lgan material va moslamalarni,
shuningdek, giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni kontrabanda qilish uchun javobgarlik nazarda
tutilgan.
Kontrabanda qilingan giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning miqdori har bir alohida holda
tegishli davlat organining xulosasi bilan aniqlanadi.
1. Jinoiy uyushma nima?
2. Qurollangan jinoiy uyushma belgilarini bayon eting.
3. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni oshkorlashtirish nimada ifodalanadi? Bunday jinoyatlarni kvalifikatsiya qilish uchun
qanday shartlar mavjud bo‘lishi lozim?
4. Ommaviy tartibsizliklar deganda nima tushuniladi?
5. Ommaviy tartibsizliklarni uyushtirish va ularda faol ishtirok etish nimalarda ifodalanadi?
6. Jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga tahdid soladigan materiallar deganda nimani tushunish lozim?
7. Diniy, fundamental yoki O‘zbekiston Respublikasida faoliyati taqiqlangan tashkilotlarni tuzish, ularga boshchilik qilish va
a’zolik qilish uchun jinoiy javobgarlik vujudga kelish shartlarining o‘ziga xos xususiyati nimada?
8. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishning alomatlari nimada?
9. Shaxsni garov sifatida tutqunlikka olishni odam o‘g‘rilash yoki shaxsni g‘ayriqonuniy ozodlikdan mahrum qilishdan farqi
nimada?
10. Kontrabanda alomatlarini aniqlang. Uning usullari va jinoiy javobgarlik vujudga kelishining o‘ziga xos xususiyati qanday?
11. Qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof tarzda egalik qilish uchun
javobgarlikning shartlari nimalarda ifodalanadi?
12. O‘qotar qurol yoki o‘q-dorilarni beparvolik bilan aniqlash deganda nimani tushunasiz?
13. Portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish qoidalarini buzish nimada ifodalanadi?
Portlovchi moddalarga nimalar kiradi?
14. Kuchli ta’sir qiluvchi yoki zaharli moddalarni qonunga xilof tarzda egallash qanday yo‘llar bilan amalga oshirilishi mumkin?
Bunday buyumlarga nimalar kiradi?
15. Radioaktiv materiallar nima?
16. Radioaktiv materiallardan foydalanish qoidalarini buzish nimada ifodalanadi? Ushbu jinoyat uchun jinoiy javobgarlikning
vujudga kelish zaruriy shartini ayting.
17. Yadro qurilmalaridan foydalanish qoidalarini buzish jinoyati kvalifikatsiyasining o‘ziga xos xususiyati nimada? Jinoyat
kodeksining 255-moddasiga asosan ushbu jinoyat uchun jinoiy javobgarlik vujudga kelishining zaruriy shartini aniqlang.
18. Ommaviy qirish quroliga nimalar kiradi? Uning qanday turlari mavjud?
19. Тadqiqot faoliyatini amalga oshirishda xavfsizlik qoidalarini buzish jinoyati uchun jinoiy javobgarlik vujudga kelishining
zaruriy shartini aniqlang.
20. Jinoyat kodeksining 256-moddasida nazarda tutilgan jinoyatning maxsus subyektini aniqlang.
21. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish nimada ifodalanadi? Ushbu jinoyatning subyektini aniqlang.
22. Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish jinoyatiga jinoiy javobgarlik yuzaga
kelishining shartini aniqlang.
23. Тog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari deganda nimani tushunmoq lozim? Qaysi hollarda ushbu ishlarni o‘tkazishda
qoidalar buzilgan holda jinoiy javobgarlik yuzaga keladi?
24. Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish nimalarda ifodalanadi?