O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Yong‟in muhofazasi ishlarini tashkil qilish turlari



Download 4,58 Mb.
bet63/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

Yong‟in muhofazasi ishlarini tashkil qilish turlari


Yong‘in muhofazasini tashkil qilish kasbiy va ixtiyoriy turlarga bo‘linadi.
Kasbiy yong‘in muhofazasi o‘z navbatida, harbiylashtirilgan (yirik shahar va literli obyektlarga xizmat ko‘rsatadi), harbiylashtirilmagan (tuman markazlari va yirik sanoat obyektlariga xizmat ko‘rsatadi) turlariga bo‘linadi.
Literli obyektlarga katta sanoat korxonalari, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, elektrostansiyalar, 1000 kishidan ortiq joyi bo‘lgan davolash maskanlari, madaniy muassasalar va mehmonxonalar, aviaotryadlar, 2500 m2 dan ortiq maydoni bo‘lgan savdo majmualari, mudofaa ahamiyatiga molik korxonalar va boshqalar kiradi. Ularning ro‘yxati VM tomonidan aniqlanadi. Yirik sanoat korxonalarida kasbiy yong‘in qismlari tashkil qilinadi. ShNK 2.01.02-04 Bino va inshoatlarning yong‘in xavfsizligiga asosan ishlab chiqarishning yong‘in xavfi bo‘yicha A, B va V toifalar uchun (ma‘lumki to‘qimachilik korxonalarining asosiy sexlari V toifasiga mansub) kasbiy yong‘in qismlarining xizmat ko‘rsatish radiusi 2 km dan oshmasligi kerak. Bu qismlar odatda korxona hududidan tashqariga joylashtiriladi.
Yong‘in xavfi kam bo‘lgan hamda kichikroq korxona va muassasalarda yong‘in muhofazasi va obyektni qo‘riqlash xizmati birgalikda qo‘shib olib boriladi.
To‘qimachilik korxonalarida yong‘in muhofazasini tashkil qilish va yong‘in chiqishini ogohlantirish, o‘t o‘chirish texnikasi va qurollarini aloqa va o‘chirish vositalarini jangovor xolatda saqlash; yong‘in chiqqan taqdirda ularda faol qatnashish, xalq mulkini asrab-avaylab saqlash borasida targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish va shu kabi kundalik profilaktik ishlarni olib borishni taqozo qiladi.
Avval aytganimizdek, O‘zbekiston Respublikasida ―Davlat Yong‘in Nazorati‖ (DYoN) yo‘lga qo‘yilgan va u IIV ning barcha strukturasiga kiradi. O‘z.R. da DYoN to‘g‘risidagi Nizomning 10- bandiga va O‘z.R. Jinoyat prosessual kodeksining (JPK) 38-moddasi 5-bandiga asosan DYoN organlari yong‘inlar bo‘yicha va yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik bo‘yicha surishtiruv organlari
hisoblanadi. Masalan, O‘z .R.JPK ning 173-modda 2-qismining ―b‖ bandiga binoan ―O‘zganing mulkini qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish atrofdagilar uchun xavfli usulda sodir etilgan bo‘lsa, - eng kam oylik ish haqining yetmish besh baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.‖ Yoki, 259 – moddaga binoan ―Yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas‘ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzulishi badanga o‘rtacha og‘irlikda yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, - eng kam oylik ish haqining yigirma besh baravaridan ellik baravariga jarima solish yoki besh yilgacha muayyan huquqdan maxrum qilish yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud uch yilgacha ozodlikdan maxrum qilish bilan jazolanadi‖.
Ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari o‘z ish faoliyatini VM ning 1995 y 29 iyuldan 243-son Qarorning talablariga asosan ―mulkchilik shakllaridan qat‘iy nazar, vazirliklar, idoralar, korporasiyalar, konsernlar, uyushmalarning sanoat korxonalari va boshqa obyektlarida ko‘ngilli o‘t o‘chirish jamoa tashkilotlari haqidagi Nizom‖ ga binoan oshiradi. Ularning vazifalari quydagilardan iborat:
obyektda yong‘inga qarshi tartib-qoidalarning qanday bajarilayotganini va unga qanday rioya etilayotganini nazorat qilishni amalga oshirish:
ishchi va xizmatchilar orasida yong‘inga qarshi tartib qoidalarga rioya qilish bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borish;
o‘t o‘chirish texnikasi va dastlabki vositalarining soz va jangovor holatdaligini nazorat qilish; yong‘in chiqqan hollarda o‘t o‘chirish komandasini chaqirish va odamlarni xavfli joydan ko‘chirish
hamda obyektdagi mavjud o‘t o‘chirish vositalari bilan yong‘inni o‘chirishga oid shoshilinch choralar ko‘rish;
zarur bo‘lgan hollarda ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasi a‘zolarining o‘t o‘chirish mashinalarida, motopompalarida va o‘t o‘chirishning ko‘chma va muqim vositalarining jangovor guruxlaridagi ishlarda qatnashish, shuningdek o‘ta zarur hollarda, sexlar va boshqa obyektlarda navbatchilikda turish; obyektning yong‘in-texnik komissiyasi va yong‘inlarni aniqlash, oldini olish hamda o‘t o‘chirishning yangi usullarini joriy etuvchi davlat yong‘in nazoratining mahalliy organlari bilan o‘zaro
birgalikda xarakat qilish.
Ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalarini mablag‘ va maxsus kiyim-boshlar (brezent kurtkalar, shimlar va qo‘lqoplar, paxtalik nimchalar), charm yoki kirza etiklar bilan ta‘minlashga oid barcha harajatlar ular tashkil etilgan korxona hisobidan amalga oshiriladi.
Ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinasining eng faol a‘zolari korxona tomonidan rag‘batlantiriladi.
Bulardan tashqari to‘qimachilik korxonalarining yong‘in xavfsizligini ta‘minlash uchun quyidagi umumiy tadbirlarni amalga oshirish kerak:
bino va inshootlarni avtomatik o‘t o‘chirish vositalari bilan jihozlashda ularga kundalik texnik xizmat ko‘rsatish ishlarini amalga oshirish;
texnologik jarayonda qo‘llanayotgan materiallar va vositalarning yonish yoki portlash ko‘rsatkichlarini aniqlash va xonalarda ishlatilayotgan elektr moslamalarini ishlab chiqarish xonalarining yonuvchanlik va portlovchanlik sinflariga qarab tanlash;
ishlab chiqarish xonalarida va shamollatish tizimlarida yong‘in tarqalishining oldini olish maqsadida yong‘inga qarshi to‘siqlar, tez xarakatga keluvchi to‘suvchilar, klapan – shiberlar va zaslonkalarni qo‘llash;
bino konstruksiyasining olovga chidamliligini oshirish, yong‘in jihatdan xavfli jihoz va uskunalarni binoning alohida xonalariga ajratib qo‘yish; (masalan: chiqindilarni tozalash mashinasi alohida xonaga qo‘yiladi).
evakuasiya yo‘llarida bezash uchun turli yonuvchan materiallardan foydalanishni ta‘qiqlash; sexlarda va koridorlarda tutun yig‘ilishini oldini olish, tutunni haydash tizimlarining doimiy ishlab
turishini ta‘minlash;
sexlar, laboratoriyalar va omborxonalarni xavfsizlik belgilari bilan jihozlash, olov bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni tartibga solish;
o‘z-o‘zidan alangalanishi mumkin bo‘lgan moddalarni boshqa yong‘in xavfi mavjud moddalardan alohida, havo bilan kontakt qilmaydigan holda saqlash lozim. O‘zaro reaksiyaga kirishishi mumkin bo‘lgan moddalarni GOST 12.1.004-91 ―Yong‘in xavfsizligi‖ asosida saqlash lozim. Suv bilan reaksiyaga kirishadigan moddalarni quruq joyda saqlash zarur. Issiqlik va mexanik ta‘sir natijasida
portlashi va yonishi mumkin bo‘lgan moddalarni boshqa yonuvchan moddalar bilan birga saqlash mumkin emas. Ularni me‘yoriy hujjatlar asosida saqlash lozim.
qisqa tutashuvlarga yo‘l qo‘ymaslik, uning chiqishi mumkin bo‘lgan barcha hollarni oldini olish choralarini ko‘rish va hakazolar.
Korxonalarda yong‘in muhofazasining qanday strukturasi mavjud bo‘lishidan qat‘iy nazar ko‘ngilli o‘t o‘chirish drujinalari tuzilishi kerak.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish