O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet197/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

Tok kuchi. Kishining shikastlanishida tok kuchi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha 0,0001 A tok kuchi tanaga ta‘sir qilmaydi. 0,001 A da barmoqlar yengil qaltiray boshlaydi. 0,002 A da esa qaltirash kuchayadi. 0,01 A da barmoqlarda qattiq og‘riq seziladi, muskullar qisqara boshlaydi. Bunday tok kuchidan kishi mustaqil o‘zini ajratib oladi. Tok kuchi 0,02Aga yetganda panja va barmoqlar muskullari qattiq og‘rib, g‘ayriixtiyoriy ravishda tirishib-tortishib qoladi. Bunday tokdan kishi o‘zini ajrata olmaydi. 0,025 – 0,05A miqdoridagi tok kuchi ko‘krak qafasi muskullariga ta‘sir qilib, nafas olishni qiyinlashtiradi, xattoki to‘xtatib ham qo‘yadi. Bunday kattalikdagi tok kuchi uzoq vaqt ta‘sir etsa, bir necha minut davomida o‘pkaning ishlashini to‘xtatib, o‘limga olib kelishi mumkin. 0,1A tok kuchi yurak mushaklariga bevosita ta‘sir qiladi. Bu ta‘sir 0,5s va undan ortiq vaqt davomida bo‘lsa, yurakni to‘xtatib qo‘yishi yoki yurak fibrillyasiyasiga olib kelishi mumkin. Fibrillyasiya yurak mushaklarining betartib, tez-tez va xilma-xil qisqarishidir. Bunda yurak ishi buziladi, natijada organizmda qon aylanishi to‘xtaydi va o‘limga olib keladi.
Kishining elektr toki bilan shikastlanishida badanning qarshiligi hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu qarshilikning kattaligi terining (namligi, nozik yoki dag‘alligi, yara-chaqalarning mavjudligi va h.k.) hamda suyak va ichki a‘zolarning holatiga bog‘liqdir.
Teri quruq, toza va beshikast bo‘lsa, tananing qarshiligi – 2mln.Om bo‘ladi. Agar teri nam bo‘lsa, toza bo‘lmasa, hamda shikastlangan bo‘lsa, uning qarshiligi keskin kamayib, ichki a‘zolarning qarshiligiga – 500 Omga yaqin bo‘lib qoladi. Hisoblarda tananing qarshiligi odatda 1000 Om deb qabul qilinadi.
Kuchlanish. Agar shartli ravishda xavfli deb odam mustaqil ravishda tokdan o‘zini ajratib ololmaydigan kattalik qabul qilinsa, bunda 42 Vdan 200 Vgacha miqdordagi kuchlanishlar xavflidir. Ayniqsa 42 Vdan 100 Vgacha bo‘lgan diapazondagi kuchlanishlar diqqatga sazovor. 200 dan – 1000 V
oralig‘idagi kuchlanishlar ham xavfli, lekin bu orada xavfning o‘sishi kuzatilmaydi. 1000 Vdan yuqorida esa bu kuchlanishning kishi tanasiga salbiy ta‘siri yana ortib ketadi. Agarda kishi bir necha kilovatli simni ushlab olsa, u o‘zini simdan mustaqil ravishda ajratib ololmaydi, lekin ko‘pgina holatlarda xavfli qismlarga tegishdan odam bilan uskuna orasida elektr yoyi paydo bo‘lib, odamni uskunadan ―otib‖ yuboradi. Bu holat kishini biror yerini kuydirsa ham o‘limdan asrab qolishi mumkin.
Shunday qilib, xavfsiz kuchlanish kattaligi sifatida quruq ish joylarida 42 V, namroq ish joylarida 12 V qabul qilingan. Albatta, bu tok kuchining miqdoriga ham bog‘liq. Shuning uchun aloxida xavfli ishlarda 42 va 12 V qabul qilingan.

    1. rasm. Shikastlanish havfining kuchlanishiga bog‘liqligini ko‘rsatuvchi grafik.

Ochiq ish joylarida tok o‘tayotgan biror sim uzilib, yerga tushgan holda yoki biror elektr uskunasining yerga ulangan joyidan yerga tok o‘tishi natijasida o‘sha yerda kuchlanish paydo bo‘ladi. Bu zonaga kirgan odam ikki oyog‘i tegib turgan tuproqdagi ikki nuqta orasida (0,8 m) potensiallar ayirmasini sezadi. Bu qadam kuchlanishi deyiladi. Qadam kuchlanishi o‘tkazgichgacha bo‘lgan masofaga va qadamning katta-kichikligiga bog‘liq.



    1. rasm. Yerga uzialib tushgan tokli simdan tuproqqa tokning tarqalish grafigi.

Rasmdan ko‘rinib turibdiki, yerda potensiallar ayirmasining tarqalishi giperbola qonuniga bo‘ysunar ekan.


Tokning tarqalish radiusi 15-20 m ni tashkil qiladi. Bu zonadan tashqarida potensiallar ayirmasi deyarli sezilmaydi.
Simning yerga tegib turgan nuqtasidan uzoqlashgan sari qadam kuchlanishi keskin kamayib boradi. l1 masofada turgan kishining oyoqlari orasidagi potensiallar ayirmasi U1 bo‘lsa, undan yaqinroq l2 masofadagi kishining oyoqlari orasidagi potensiallar ayirmasi U2. Ko‘rinib turibdiki U1<<U2. Endi shu
masofada turgan, lekin katta qadam tashlagan kishini ko‘raylik – U3. Bunda U3>>U2 ligi darxol seziladi.
Bulardan shunday hulosa qilish mumkin: qadam kuchlanishi ta‘siriga tushib qolgan kishi avvalo tahlikaga tushmasligi, shoshmasligi va qo‘rqmasligi kerak. O‘zini qo‘lga olib, to‘xtab, atrofni diqqat bilan nazorat qilishi, tokning yerga o‘tishi mumkin bo‘lgan joyni topishi va shu nuqtadan qarama-qarshi tarafga mayda qadamlar bilan yurib, shu zonadan chiqib ketishi kerak. Qadam qancha katta bo‘lsa, oyoqlar orasidagi potensiallar ayirmasi shuncha katta bo‘lishini esda tutmog‘i kerak.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish