Bog'liq 6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI
Jilvirlab ishlov berish dastgohlariga qo’yiladigan xavfsizlik talablari:
Jilvirlash dastgohlarining ishlov berish zonasi va jilvirlash toshlari hamda himoya qurilmasining devorlari qalinligi va mahkamlash konstruksiyasi, charxtosh singan vaziyatda qurilmaning butunligi va xodimlar xavfsizligini ta‘minlash GOST 12.3.028-82 ―Yelbordan yasalgan asboblar va jilvirlash bilan ishlov berish jarayonlari. Xavfsizlik talablari‖ga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Doirasi 60 m/sek. va undan yuqori tezlikda ishlaydigan silliqlash dastgohlarida ishlov berish zonasining ishlovchiga qaragan tarafi to‘siq bilan to‘liq yopilishi lozim.
Dastgohlarda silliqlash toshining aylanish chastotasi o‘zgaruvchan bo‘lsa, dastgohning ish tezligi unga o‘rnatilgan charxtosh uchun ruxsat beriladigan tezlikdan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydigan qurilma ko‘zda tutilishi kerak.
Diametri 150 mm dan ortiq bo‘lgan jilvirlash va yelbor charxtoshlar, shuningdek 40 m/sek. dan kattaroq tezlikda ishlash uchun mo‘ljallangan charxtoshlar maxsus sinov stendida mexanik mustahkamlikka sinovdan o‘tishi va muvozanatlash (balansirovka) lozim.
Jilvirlash toshi, yelbor va olmos asbobi dastgohga maxsus o‘qitilgan xodim tomonidan o‘rnatishi zarur.
Asbobni dastgohga o‘rnatishdan oldin ko‘zga tashlanadigan nuqsonlar (darzlar, o‘yiqlar va hokazo)ni aniqlash uchun tashqi tekshirishdan o‘tkazish kerak.
Dastgohlarga mexanik mustahkamlikka sinovdan o‘tganligi haqida tamg‘a qo‘yilmagan, saqlash muddati o‘tib ketgan, yog‘och bolg‘acha bilan urib tekshirishda tiniqmas, dirildoq tovush chiqaradigan charxtoshlar, shuningdek darzlar, o‘yiqlar topilgan va tarkibida yelbor bo‘lgan qatlami ko‘chgan charxtoshlarni o‘rnatishga ruxsat yetilmaydi.
Dastgohning bir shpindeliga ikkita charxtosh (masalan, silliqlash va charxlash) o‘rnatilsa, ularning diametrlari farqi 10 foizdan oshmasligi zarur.
Diametri 125 mm dan ortiq bo‘lgan silliqlash charxtoshlari dastgohga o‘rnatilishdan oldin muvozanatlanishi lozim.
Charxlash va shilish dastgohlarining chang yig‘gichlarini tozalash va ularga tasodifan tushib qolgan mayda detallarni olib tashlash ishlari faqat charxtosh to‘liq to‘xtagandan so‘ng bajarilishi kerak.
Elektromagnit plitaga uzatilayotgan elektr kuchlanishining mavjudligi yoki yo‘qligi dastgohning boshqaruv pultida yorug‘lik signalizasiyasi bilan ko‘rsatilishi lozim.
Taglikni o‘rnatishda mahsulotning silliqlash charxtoshiga tegish nuqtasi shu charxtosh markazidan o‘tuvchi gorizontal tekislikdan 10 mm dan baland bo‘lmasligi hisobga olinishi zarur.
Taglikning silliqlash charxtoshi tarafidagi chetlarida o‘yiq, siniq va boshqa nuqsonlar bo‘lmasligi kerak.
Himoya ekrani charxtoshga nisbatan simmetrik qilib o‘rnatilishi kerak. Yekranning yeni charxtosh balandligidan kamida 150 mm dan ko‘p bo‘lishi kerak.
Ichki yuzalarni silliqlash dastgohlarida tanovarlarni mahkamlash patronlari old va orqa yon taraflarida bo‘rtiq bo‘lgan, ishlanayotgan tanovar uzunligi bo‘ylab rostlanadigan himoya kojuxlari bilan to‘silishi lozim.
Universal jilolash dastgohlarida charxtosh ish paytida noqulaylik tug‘dirmaydigan himoya kojuxi bilan to‘silishi kerak.
Jilvirlash dastgohlariga ishlov berish jarayonida jilvirlash charxtoshi tezligi o‘zgaruvchan yuritmalar o‘rnatilganda, asbobning mahkamlash moslamalari bo‘shab ketishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun qo‘shimcha choralar ko‘rilishi zarur.
Ishlov beriladigan detallar boshmoqlar va elektromagnit patronga o‘rnatiladigan ichki silliqlash dastgohlarida patronga elektr kuchlanishi uzatilganligi haqida yorug‘lik signalizasiyasi bo‘lishi lozim.
Mahalliy so‘rish qurilmalari va jilvirlash dastgohlaridan changli havoni chiqaradigan va tozalaydigan qurilmalar dastgohning ishga tushirish moslamasi bilan blokirovka qilinishi kerak.