O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet122/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

muhofaza qilish QOIDALARI
Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonuni, Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 12 iyuldagi 267-son «Mehnatni muhofaza qilishga doir me‘yoriy hujjatlarni qayta ko‘rib chiqish va ishlab chiqish to‘g‘risida»gi hamda 2010 yil 20 iyuldagi 153-son
«Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorlariga muvofiq akademik liseylar, o‘rta maxsus professional ta‘lim va oliy ta‘lim muassasalarining o‘quvchi-talabalarini o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliyotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi ta‘lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.

I bob. Umumiy qoidalar


  1. Mazkur Qoidalar o‘quvchi-talabalarning o‘quv va o‘quv-ishlab chiqarish ustaxonalarida amaliyotlarni o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi barcha ta‘lim muassasalariga (bundan buyon matnda ta‘lim muassasalari deb yuritiladi) taalluqlidir.

  2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.

  3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.

  4. Ta‘lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish va ishlab chiqarish bo‘yicha xavfsizlikka oid normativ-huquqiy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan davlat organlari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.

II bob. Xavfsizlikka qo‟yiladigan umumiy talablar

  1. §. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish


  1. Ta‘lim muassasalarida mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi bo‘yicha ishlarni tashkil etish to‘g‘risidagi namunaviy nizomga (ro‘yxat raqami 273, 1996 yil 14 avgust) muvofiq amalga oshiriladi.

  2. Ta‘lim muassasalarida quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:

    • mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya- sog‘lomlashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha bo‘limni o‘z ichiga olgan jamoaviy shartnoma;

    • tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish o‘rinlarini attestasiya qilish uslubiga muvofiq ish o‘rinlarini attestasiya qilish kartalari;

    • mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;

    • xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni o‘qitish, yo‘l-yo‘riq berish va bilimlarini sinovdan o‘tkazish dasturlari;

    • mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha ma‘muriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);

    • xodimlarga yong‘inga qarshi yo‘l-yo‘riq berish va yong‘in-texnikaviy minimum mashg‘ulotlarini o‘tkazish dasturi;

har bir kasb va ish turlari bo‘yicha mehnatni muhofaza qilish yo‘riqnomalari.

  1. O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonunining 12- moddasiga muvofiq ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq bo‘lgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini ta‘minlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha tegishli tayyorgarlikka ega bo‘lgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud bo‘lgan tashkilotda yo‘l harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.

Xodimlarining soni ellik nafardan kam bo‘lgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha mutaxassis lavozimini joriy etish to‘g‘risidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining o‘ziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.

  1. Mehnatni muhofaza qilish xizmati o‘z maqomiga ko‘ra ta‘lim muassasasining asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga bo‘ysunadi hamda ta‘lim muassasasining faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.

  2. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yo‘riqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb etilishlari mumkin emas.

Oldingi tahrirga qarang.

  1. Ta‘lim muassasalarida mehnat faoliyati bilan bog‘liq ravishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 iyundagi 286-son qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining mehnat vazifalarini bajarish bilan bog‘liq boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.

  1. Download 4,58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish