Energetika, sanoat va qishloq xo‟jalik ishlab chiqarishining ortishi, transport vositalarining ko‟payishi.Yerda aholi sonining ortishi va harbiy maqsadlar sanoat maxsulotlari ishlab chiqarishga, transport vositalari ko‘payishiga, energiya ishlab chiqarilishi va xomashyo resurslariga bo‘lgan talabning ortishiga turtki bo‘ldi. Moddiy va energetik resurslarga bo‘lgan talab, aholi sonining o‘sishiga nisbatan yuqori sur‘atda bo‘ladi, chunki kishi boshiga bo‘lgan talabning o‘rtacha qiymati muntazam ravishda ortib boradi.
Yana bir tomoni shundaki, sanoatning va texnik vositalarning rivojlanishi, nafaqat atrof-muhitga ifloslovchi moddalar chiqishining ortishi bilan, balki, ishlab chiqarishga ko‘plab kimyoviy moddalar jalb qilinishi bilan ham harakterlanadi.
Qishloq xo‘jaligida hosildorlikni oshirish, zararkunanda-larga karshi kurashish maqsadida ishlatiladigan kimyoviy moddalar tuproqning, sug‘orish natijasida chiqqan oqava suvlar tufayli suv havzalarining xolatiga salbiy ta‘sir qilib, undagi jonivorlarning kasallanishiga, qirilib ketishiga olib keladi. O‘simliklarni zararkunandalardan himoyalash maqsadida ishlatiladigan pestisidlar odamlarga ham katta xavf solmoqda. Har yili dunyo bo‘yicha pestisidlardan zaharlanib 10 ming odam, qushlar, xashoratlar, o‘rmonlar qirilib ketayotganligi aniqlangan. Ular oziq-ovqatlarga, ichimlik suvlarga tushadi. Barcha pestisidlar odamga va tirik mavjudotlarga nasliy (mutagen) salbiy ta‘sir qilishi ma‘lum.
Texnogen avariya va falokatlar.XX asrning o‘rtalariga qadar odamzod tabiatni buza oladigan darajadagi kuchli vositalarga ega emas edi.
Yadroviy obyektlarning va zaharli kimyoviy moddalarning ko‘plab miqdorlarda bir joyda to‘planishi va ishlab chiqarilishining o‘sishi, odamning ekosistemaga katta zarar keltirish, xatto, ayrim hududlarda uni buzib yuborish imkoniga ega qildi.
Insoniyatning aktiv texnogen faoliyati tufayli planetamizning ko‘pgina hududlarida biosferaga putur yetgan va yangi yashash muhiti turi - texnosferavujudga kelgan.
Texnosferani yarataborib, insoniyat o‘z yashash muhitini yaxshilashga, uning qulay bo‘lishiga, tabiatning nohush ta‘siridan saqlashga intildi. Bu albatta, uning yashash sharoitini yaxshiladi, qulaylashtirdi va boshqa omillar (tibbiy xizmatning yaxshilanishi va h.k.) bilan birgalikda umrining uzayishiga olib keldi.
Lekin, inson ongi va qo‘li bilan yaratgan texnosfera ko‘p xollarda odamlar umidini oqlamadi. Yaratilgan ishlab chiqarish va shahar muhiti xavfsizlik satxi bo‘yicha talab darajasidan ancha orqada. Texnosferaning paydo bo‘lishi, uning borgan sari kengayib borishi biosferani siqib chiqarmoqda, uning o‘rnini olmoqda. Bu esa planetamiz ekosistemasini buzilishiga olib kelmoqda.
Ishlab chiqarish muhiti, uning tarkibiy elementlari bo‘lgan mehnat ashyolari, mehnat vositalari, mehnat maxsulotlari va boshqalardan tashkil topadi.
Faoliyat – inson uchun foydali bo‘lgan, o‘zining yashash muhiti bilan faol (ongli) o‘zaro munosabatidir. Faoliyatning ta‘siri o‘z ichiga maqsad, vosita, natija va faoliyat jarayonini qamrab oladi. Faoliyat formalari turli–tumandir.
Insoniyatning hayotiy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, uning barcha faoliyat turi o‘zining hayotiga foydali bo‘lishi kerak, lekin shu bilan birga faoliyat nohush ta‘sir, katta zarar qilishi, jarohatlanishga, kasallanishga, ayrim hollarda mehnat qobiliyatini yo‘qotish yoki o‘limga olib kelishi mumkin. Insonga har qanday faoliyat zarar yetkazishi mumkin: ishlab chiqarishda (mehnat faoliyati), dam olishda, xattoki bilim olish bilan bog‘liq faoliyat ham. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday faoliyat yashirin (potensial) xavfli.
Bu aksioma inson xavfsizligini ta‘minlash muammosining ilmiy asosini tashkil qiladi.
U xavfsizlik tizimini shakllantirishda kamida ikkita muhim hulosa chiqarishga asos bo‘ladi: 1) Absolyut xavfsiz faoliyat turini yaratish mumkin emasligi (masalan, butkul xavfsiz uskuna yoki texnologik jarayon yaratish mumkin emas). 2) Hyech qanday faoliyat inson uchun absolyut xavfsizlikni ta‘minlay olmaydi.
Xavf – bu inson hayotiga va sog‘lig‘iga nohush ta‘sir ko‘rsatuvchi jarayon, voqyea, hodisa va vositalardir.
Mehnat faoliyati jarayonida insonga nohush ta‘sir qiluvchi barcha xavflar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: fizik, kimyoviy, biologik va psixofiziologik (ijtimoiy).
Xavfli va zararli fizik omillar: mashina va mexanizmlarning harakatdagi qismlari, yuk ko‘tarish, tashish mexanizmlari, harakatdagi yuklar, uskunalarning himoyalanmagan harakatdagi elementlari, ishlov berilayotgan materiallardan otilib chiqayotgan zarrachalari, elektr toki, uskuna va materiallarning qizib ketgan yuzalari va h.k.
Sog‘liq uchun zararli fizik omillarga ish joyidagi xavfning yuqori va past haroratlari, yuqori nisbiy namlik, havo harakati tezligi, yuqori darajadagi shovqin va titrash, ultratovush va turli issiqlik, ionlovchi, infraqizil va h.k. nurlanishlar, ish zonasidagi havoning changlanganligi, gazlanganligi, ish joylarining, yo‘l va yo‘laklarning yetarli bo‘lmagan yoritilganligi, yuqori darajadagi yorqinlik va yorug‘lik oqimining lipillashi va sh.o‘. omillar kiradi.
Kimyoviy xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini kishi organizmiga ta‘siri bo‘yicha quyidagi guruhlarga bo‘linadi: umumiy zaharlovchi, qitiqlovchi, allergik ta‘sir qiluvchi, konserogen (turli o‘simtalar paydo qiluvchi), mutagen (kishining nasliga ta‘sir qiluvchi). Bu guruhga turli bug‘lar va gazlar: benzol va toluol bug‘lari, uglerod oksidi, oltingugurt angidridi, azot oksidi, qo‘rg‘oshin aerozollari va boshqalar.
Bularga yana teriga tekkanda uni kimyoviy kuydiruvchi agressiv kislota va ishqorlar kiradi.
Biologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari: insonga ta‘sir qilganda jarohat yoki kasallik keltirib chiqaruvchi mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar va h.k) va makroorganizmlar (hayvonlar va o‘simliklar). Psixofiziologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari: fizik (statik va dinamik) va asabiy zo‘riqishlar (miya, quloq, ko‘z va boshqa a‘zolarning zo‘riqib ishlashi).
Inson faoliyati bilan bog‘liq xavflar ikki muhim sifatga ega: 1-ular yashirin xarakterga ega (xavf bo‘lishi mumkin, lekin zarar keltirmasligi mumkin) va 2-ta‘sir doirasi cheklangan bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |