Favqulotda xavfli,oqimlar qisqa vaqt davomida odamni jarohatga, xatto o‘limga olib kelishi mumkin, tabiiy muhitning buzilishiga olib keladigan holat.
Ushbu to‘rt, diqqatga sazovor o‘zaro munosabatlarning dastlabki ikkitasi (komfort va yo‘l qo‘ysa bo‘ladigan) kundalik hayotiy faoliyatning ijobiy sharoitiga mos keladi, ikkitasi (xavfli va favqulotda
xavfli) kishi hayotiy faoliyatini, tabiiy muhitni saqlab qolish va rivojlanish jarayonlari uchun yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan salbiy holatlardir.
Yashash muhiti evolyusiyasi, texnosferaga o‟tish
Odamzot jamiyat taraqqiyotining barcha o‘timlarida yashash muhitiga ta‘sir qilib turadi. Bu taraqqiyotning ta‘siri ko‘plab asrlar davomida sezilarsiz darajada kam bo‘lgan bo‘lsa, XIX asrning yarmidan boshlab bu ta‘sir keskin orta bordi.
XX asrda planetamiz tabiatida antropogen ta‘sirning salbiy oqibatlariga uchragan hududlar paydo bo‘ldi. Bu esa shu hududdagi tabiiy sharoitning qisman, ayrim xolatlarda to‘liq buzilishiga olib keldi. Bu o‘zgarishlarga olib kelgan sabablar quyidagilardir:
Yer aholisi sonining o‘sish darajasi yuqoriligi (demografik portlash) va uning urbanizasiyasi;
Energetik resurslar extiyojining ortishi va zahiralanishi;
Sanoat va qishloq xo‘jalik maxsulotlari ishlab chiqarishning jadal rivojlanishi;
Transport vositalarining juda ko‘plab qo‘llanishi;
Harbiy maqsadlar va boshqa jarayonlar uchun harajatlarning ortishi.
Demografik portlash.Tibbiyot fanining yutuqlari, yashash sharoitlarining yaxshilanishi, qishloq xo‘jalik mahsulotlari xosildorligining oshirilishi odamlar hayotining uzayishiga sharoit yaratadi. Shu bilan birga qator hududlarda tug‘ilish yuqoriligicha davom etmoqda.
Xozirgi kunda Yer aholisi soni jadallik bilan ko‘payib bormoqda. Bunday sharoitda (texnologiyaning hozirgi holatida) Yer aholisini oziq -ovqat va zaruriy narsalar bilan ta‘minlay olmaydi. Ma‘lum vaqtdan so‘ng Yerda ocharchilik, ommaviy kasallanish, yashash muhitining buzilishi boshlanadi va bu provard natijada aholi sonining kamayishiga va kishilik jamiyatining inqiroziga olib keladi.
Urbanizasiya.Demografik portlash jarayoni bilan birgalikda shahar aholisi sonining jadallik bilan ko‘payishi kuzatilyapti.
Bir tomondan bu yaxshi, ko‘pgina sohalarda ishlab chiqarish unumdorligining ko‘payishiga, jamiyatning ijtimoiy va madaniy-maorif muammolarining yechilishiga olib keladi.
Ikkinchi tomondan hayotiy sharoitlarning yomonlashuviga, tabiiy muhitning buzilishiga olib kelmoqda. Katta shahar va sanoat markazlariga xos bo‘lgan alomat yashash muhiti komponentlarining yuqori darajada ifloslanib ketganligidir. Masalan, 1sm3 shahar havosida 10 000 dona, kishloq havosida 1000 dona va dengiz ustidagi havoda 100 dona zarracha aniqlanganligi buning isbotidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |