NAZORAT VA TOPSHIRIQ UCHUN SAVOLLAR:
Parmalash guruhiga kiradigan dastgohlarni markalarini ayting?
Parmalash guruhiga kiradigan dastgohlarning asosiy bajaradigan ishi nimadan iborat?
Parmalash guruhiga kiradigan dastgohlar uchun qushimcha moslamalariga qaysilari kiradi?
Parmalash guruhiga kiradigan dastgohlarda bajariladigan ishlarni aniqligini ta‘minlash maqsadida qaysi o‘lchash asboblar ishlatiladi?
2N135 rusumli parmalash dastgohi qaysi asosiy qismlardan iborat?
Parmalash dasthlarida qanday operasiyalar bajariladi?
2N135 va 2N125 dastgohlarning bir-biridan farqini ko‘rsating?
Tezliklar qutisi yordamida aylanish tezliklari qanday o‘zgartiriladi?
Mavzu: TIKISH-BICHISH MASHINALARI BILAN ISHLASHDA TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI QOIDALARINI O‟RGANISH.
Mashg„ulot maqsadi: Talabalarga tikish-bichish mashinalari bilan ishlashda texnologik jarayonlar xavfsizligi qoidalarini o‘rgatish.
Xavfsizlik texnikasi mehnat qilish uchun xavfsiz sharoit yaratish chora tadbirlar tizimidan iborat. Tikuvchilik korxonalarida yoki ustaxonalarida mashinalarni presslar, dazmollar va qo‘l asboblarini ishlayotganda bexosdan qo‘lga igna kirib ketishi qo‘lni nimadir kesib olishi, mashinalarning aylanib turadigan kismlarining kiyim yoki sochning urab ketishi, dazmol yoki presslar kuyib qolishi tugma yoki igna parchalari uchib borib tegishi va h.k natijasida ishlovchi jarohatlanib qolishi mumkin.
Tikuvchilikda bu xavfsizlik texnikasi koidalari asosan 3 guruhga bo‘linadi.
Qo‘l va mashina operatsiyalarida ishlovchilar kuyidagilarga rioya kilishlari kerak.
Mashinalar, asbob va moslamalarning ishga yarokliligini tekshirib turiladi. Ish boshlashdan avval ish o‘rni saramjonlanib olinadi, mashinada barmoqqa igna kirib ketishning oldini oladigan saqlagich, yuritgich tasma to‘sig‘i, mashinani ishga tushirish joylarida xavfsizlik izolyatsiya giloflari bor- yukligi tekshiriladi va x-k. Elektr simlariga ip latta simchalar osmaslik lozim, aks holda qisqa tutashtiruv yuz berishi mumkin.
Simlardan nuqsonlar sezilsa darhol elektromantyorga, ustaga, boshliqqa xabar berish, ochilib qolgan simlarga qo‘l tekizmaslik lozim.
Tugma qadash mashinasida ishlaganda saqlash ekranidan foydalanish zarur. Narsalarni ishlayotgan mashina ustidan uzatish mumkin emas.
Elektr dvigatelni uchirmasdan mashinaga moy surish, uni tozalash, mashina shkiviga tasma kuydirish man etiladi. Ish o‘rnida asboblari sochilib yotmasligi, kaychi va iplar mashinaning aylanayotgan kismlari yoniga kuyilmasligi kerak. Ish o‘rinlari orasidagi yulni to‘sib kuymaslik zarur.
Dazmollovchilar qo‘yidagilarga rioya qilishi shart:
Oyoq ostiga rezinka payondos sirlangan bo‘lishi kerak.
Elektr dazmolda ish bajarishdan avval shunur izolyatsiyasi tekshirib ko‘rilishi lozim. Ochik yoki simi ochilib qolgan bo‘lsa, darov elektr manityorga xabar berish lozim.
Dazmol rubilnik shtebsil razetkasi vilkaning tok o‘tuvchi kismlariga qo‘l tekizish mumkin emas.
Dazmolni yokishda rubilnikni faqat yog‘och dastasidan ushlash rubilnik saqlash g‘ilofi bilan yopilganligiga ahamiyat berish kerak uni ochish yaramaydi.
Dazmolning ishga yaroqligi sozligi ahamiyat berish zarur. Konsulda g‘ilofda qisqa tutashuv bo‘lsa, ishlayotganda qo‘lga ozgina igna sanchilgandek bo‘ladi, ishlayotganda shnur dazmolga tegib turmasligi shart.
Dazmolning o‘ta qizib ketishiga yul qo‘ymaslik lozim.
Dazmol rubilnik shtepsil razetkassi vilka buzuq bo‘lsa ishni tuxtatib elektro manityurni chaqirish lozim.
Pressda ishlaydiganlar kuyidagilarga rioya kilishlari shart (ular maxsus o‘qitiladi).
Ish boshlashdan avval ish o‘rni tayyorlab olinadi, pressning ishga yaroqligi (korpusning yerga ulanganligi to‘siq borligi) elektr chiroqning yonishi tekshirib ko‘riladi.
Buzuk pressda dazmollarda ishlash kat‘iyan man etiladi. Pressda ishlayotgan qo‘lni press yostiqlari orasida qolishiga yul qo‘ymaslik ishda extiyot chorasini saqlash.
Ishlayotgan pressni nazoratsiz qoldirib bo‘lmaydi.
Buyumlarni namlayotganda suv elektr apparatlari va termorostlagichga tushmasligi shartligini e‘tiborda saqlash.
Ish tugagach pressni to‘xtatib ish o‘rnini yig‘ishtirib qo‘yishi shart.
Har bir ishchi texnika xavfsizlik qoidalari bilan yilning har choragida bir marotaba tanishib jurnalga qo‘l qo‘yishi shart.
Texnik xavfsizlik korxonalar uchun javobgar shaxslar - master, sex boshlig‘i va bosh muhandislar. Tayanch iboralar:
Operasiyalar - tikish jarayonida bajariluvchi ishlar ketma-ketligi.
Izolyasiya (ograjdeniya, blokirovka) - ishlab turuvchi dastgohlarga olib borilgan, (issik suv, elektr energiyasi) ustiga o‘ralgan materiallar izolyasiya deyiladi.
To‘siq (ograjdeniya) elektr energiyasi, par va boshka xayotga xavf soladigan narsalarni o‘rab turuvchi devor, panjaralar.
blokirovka-xavfsizlik devorcha panjalariga o‘rnatilgan tugmalar (knopkalar) ular joyida turmasa, ishchi dastgohda ishlamaydi.
Elektr dvigatel - elektr motor 2 va 3 fazali bo‘lishi mumkin. Tikuv mashinalariga aylanma xarakat beruvchi motor.
Rubilnik 380 kvt motorlarni sexlarda ko‘p mashinasi bo‘lgani uchun rubilniklar qo‘yilgan bo‘ladi.
Korpus - gilof (dazmol, presslarning gilofi).
Do'stlaringiz bilan baham: |