O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet19/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

Operator - texnolog. Texnologik jarayonda bevosita ishtirok etadi, uni zudlik bilan bajarish rejimida ishlaydi, aksar ijro harakatlari bilan bog‘liq. Vaziyat va yechimlar to‘liq ko‘rsatilgan yo‘riqnoma va reglamentlarga amal qiladi. Bu - texnologik jarayonlar, avtomatik liniyalar va boshqalarning operatorlaridir. Bunda aqliy mehnat asosiy o‘rin egallaydi.
Operator - manipulyator (mashinist). Uning asosiy faoliyati ijro bilan bog‘liq bo‘lib, unda aqliy mehnat hissasi ko‘p emas. Masalan, mashinani xom-ashyo bilan ta‘minlash, tayyor mahsulotni olish, chiqindilarni yig‘ib olish, yurg‘azish, to‘xtatish va sh.o‘. ishlar. Umumiy qilib aytganda ularning vazifasi alohida uskuna va mexanizmlarni boshqarishdir.
Operator - nazoratchi (masalan, texnologik tizim yoki transport sistemasi dispetcheri). Uning faoliyatida axborot va mohiyatni xarakterlovchi modellar asosiy o‘rin egallaydi. Bunda operator zudlik bilan bajariladigan va vaqt bo‘yicha bir muncha surilgan rejimda ishlaydi. Uning faoliyatida texnologik jarayonni yaxshi bilish va malaka asosiy o‘rin egallaydi. Jismoniy mehnat bu yerda kam rol o‘ynaydi.
Organizmning bir me‘yorda ishlashi unda kechadigan kimyoviy, biokimyoviy jarayonlar va ma‘lum harorat diapazonida bo‘ladi. Uning harorat intervali 36,5 - 37,0°S orasida bo‘ladi.
Insonning atrof-muhit bilan muloqotida tana harorati sezilarli o‘zgaradi. Bu muhitning haroratiga, namligiga, havo harakati tezligiga, uskuna yuzalaridan ajralib chiqayotgan issiqlik va h.k.larga bog‘liq. Organizmning atrof-muhit parametrlarini o‘zgarishiga moslashuvi unda kechadigan termoregulyasiya jarayonlari bilan ifodalanadi.
Termoregulyasiya - organizmning o‘z haroratini o‘zi boshqara olish xususiyatidir. Bu uning ko‘pdan-ko‘p mo‘jizalaridan biri bo‘lib, tana haroratini bir xilda (36-37°S ) ushlab turishga qaratilgan fiziologik va kimyoviy jarayonlar majmuasidir. Haroratni boshqarish odam organizmini qizib yoki sovib ketishidan asraydi. Haroratning doimo bir xilda saqlanishi organizmning issiqlik ishlab chiqarishi

  • bu mushaklarning titrashi va to‘qimalarida modda almashinuvi jarayonlari bilan amalga oshadi, issiqlik uzatish yoki issiqlik qabul qilish bu tananing infraqizil nurlanishi yoki yutishi, konveksiya hisobiga issiqlik uzatish yoki yutish yoki tana yuzasi havo harakati bilan isishi yoki sovushi va teri yuzasidan yuqori nafas yo‘larining shilliq pardalaridan va o‘pkadan namlikni bug‘lanishi hisobiga issiqlik uzatilishdir. Shunday qilib termoregulyasiya organizmda uzluksiz ishlab chiqarilayotgan issiqlik bilan undan atrof - muhitga uzluksiz berilayotgan ortiqcha issiqlikning muvozanat holati bo‘lib, u organizmda issiqlik balansini saqlab turadi.

Termoregulyasiyaning buzilish hollari organizmda kuchli salbiy o‘zgarishlarga sabab bo‘ladi. Ular ikki xil bo‘lib, o‘tkir va surunkali turlarga bo‘linadi. Termoregulyasiya buzilishining o‘tkir formasi quyidagi hollarga olib keladi:

    • issiqlik gipertrofiyasi - yuqori (70-80%) nisbiy namlikda issiqlikni berish - bu tana haroratining biroz ko‘tarilishi, kuchli terlash, chanqash, tomir urishi va nafas olishning tezlashuvi. Shu bilan birga badan kuchliroq qizib ketsa nafas olishning qiyinlashuvi, boshning og‘rishi, bosh aylanishi, so‘zlashda qiynalish va boshqalar kuzatiladi.

    • titrab-qaqshash, tomir tortishishi kasalligi (sudorojnaya bolezn) - organizm suv-tuz almashuv holatining buzilishi - turli titrashlar, ayniqsa oyoq mushaklarining titrashi, kuchli terlash, qonning quyulib ketishi hollari kuzatiladi, qayishqoqligi kuchayadi, uning harakati susayadi natijada to‘qimalar kislorodni kerakli miqdorda ololmaydi.

    • issiq urishi - bu titrash kasalligining davomi bo‘lib hushdan ketish, haroratning 40-41°S ga ko‘tarilib ketishi, qon tomirining kuchsiz tez-tez urishi kuzatiladi. Issiq urishining og‘ir holatlari belgisi

  • ter ajralib chiqishi butunlay to‘xtadi.

Issiq urish va titrash kasalliklari o‘lim holati bilan tugashi mumkin.
Termoregulyasiya buzilishining surunkali formasi asab, yurak-tomir va ovqat hazm qilish sistemalari ishining o‘zgarishlariga olib keladi. Bu esa pirovard natijada kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin.
Uzoq vaqt sovuq sharoitda ishlash kapillyar va mayda arteriyalar faoliyatining buzilishiga olib keladi (qo‘l va oyoq barmoqlarining, quloq uchlarining uvushish hollari). Bunda butun organizmning sovushi sodir bo‘ladi. Organizmning sovushi bilan bog‘liq umurtqa pog‘onasi bodi (radikulit), turli nevralgiya holatlari, sustav va mushaklar bodining kuchayishi, plevrit, bronxit, nafas yo‘llari shilliq pardalarining shamollashi va boshqalar hammamizga ma‘lum.
Nam havo haroratni yaxshi o‘tkazadi, uning harakati konveksiya tufayli issiqlik uzatishni kuchaytiradi, bu esa sovuq havo, yuqori namlik va harakatdagi havo sharoitida organizmning kuchli sovqotishiga, muzlashiga (xatto o‘limiga) olib keladi.
Organizm sovqotishining uch bosqichi bo‘lib, quyidagi ko‘rsatkichlar bilan harakaterlanadi: I - II bosqichlar, tana harorati 37 dan 35,5°S gacha. Bunda:
teri qon tomirlarining tortishishi; pulsning pasayishi;
tana haroratining pasayishi; arterial bosimning ko‘tarilishi; o‘pka ventilyasiyasining ortishi;
issiqlik ishlab chiqarishning ortishi kuzatiladi.
Shunday qilib, organizm 35°S gacha mikroiqlimning sovutishiga qarshi o‘z kuchi bilan kurashishga harakat qiladi. III bosqich - tana harorati 35°S dan past. Bunda:
tana haroratining pasayishi;
markaziy asab sistemasi faoliyatining pasayishi; arterial bosimning pasayishi;
o‘pka ventilyasiyasining kamayishi;
issiqlik ishlab chiqarishning kamayishi kuzatiladi.
Organizmning sovqotishi quyidagi kasalliklarni keltirib chiqaradi: tana a‘zolarining muzlashi, tirsak va tovonlarda shishlar paydo bo‘lishi, o‘tkir resperator kasalliklar va gripp.
Ish zonasida me‘yordagi mikroiqlim sharoitlarni yaratib berish - organizm termoregulyasiyasini ta‘minlashda hodimning ish unumdorligini oshirishda, uning ishidan mamnunlik hissini shakllantirishda muhim rol o‘ynaydi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish