O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet18/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

- og‟ir ishlar. Bunga energiya sarfi 290 Vt dan yukori, og‘irligi 10 kg dan ortiq bo‘lgan yuklarni muntazam ravishda bir joydan ikkinchi joyga olish, tashish, ko‘tarish va katta jismoniy zo‘riqish talab qiladigan ishlar kiradi.

Jismoniy mehnatning mexanizasiyalashgan formasi.


Odamning hozirgi mehnat faoliyatida faqat jismoniy mehnat, kam foizni tashkil etadi. Mehnat faoliyatining mavjud fiziologik tasnifiga binoan u quyidagi turlarga ajratiladi:

  • mushaklar aktivligini jalb qiluvchi, talab qiluvchi mehnat turi.mushaklar aktivligini jalb qiluvchi talab qiluvchi mehnat turi.

Bu turdagi ish faoliyati ishlarni bajarishda mehanizasiyalashgan vositalarning yo‘qligi va katta energetik zo‘riqishlar talab kiladigan ishlar.

  • mehanizasiyalashgan mehnat turi. Bu ish turinig o‘ziga hos tomoni shundaki, bunda mushaklarga tushadigan zo‘riqish xarakteri o‘zgaradi va xarakatlar dasturi murakkablashadi. Mushaklar faoliyati hajmi kamayishi kuzatiladi, mexanizmlarni boshqarishda zarur bo‘lgan, katta tezlik va harakat aniqligi talab qiladigan, tana a‘zolarining (qo‘l, oyoq) kichik mushaklari jalb qilinadi.

Harakatlarning bir xilligi, qabul qilinayotgan informasiya. hajminig ozligi ishchini tez charchashiga olib keladi.

  • yarim avtomatlashgan va avtomatlashgan ishlab chiqarish bilan bog‘liq mehnat turi. Bu ish turida odam homashyoga bevosita ishlov berishdan ozod bo‘ladi, uni mexanizm yelkasiga yuklanadi. Bunda odamning vazifasi mexanizmni boshqarish bo‘yicha oddiy operasiyalarni (homashyo uzatish, mexanizmni ishga tushirish, tayyor maxsulotni olish) bajarish bilan chegaralanadi. Bu mehnat turining o‘ziga xosligi bir xillik (monotonlik) jadallik va ritmning yuqoriligi, ijodiy yondoshish zaruratining yo‘qligidir.

  • guruhli mehnat turi-konveyer. Mehnatning bu turi texnologik jarayonning alohida - alohida mayda qismlarga bo‘linishi, operasiyalarning qat‘iy ketma-ketligi va oldindan belgilab qo‘yilgan ritmi, detallarni konveyer bilan ish joyiga avtomatik yetkazib berilishi bilan xarakterlanadi. Operasiyalarni bajarish vaqti qisqarishi bilan mehnat monotonligi ortadi, bu esa o‘z navbatida tez charchashga va asabiy zo‘riqishga olib keladi.

  • masofadan (distansion) boshqarish bilan bog‘liq mehnat turi. Mehnatning bu turida odam boshqaruv sistemasining zarur operativ zvenosi sifatida ishtirok etadi. Boshqaruv jarayoni avtomatlashtirish darajasi ortib borgan sari unga tushadigan kuchlanish kamayib boradi. Texnologik jarayonni boshqarishning har xil turlari mavjud. Masalan: ayrimlarida operatorning muntazam aktiv aralashuvi talab qilinsa, ayrimlarida bu jarayon epizodik xarakterga ega bo‘lib, asosan asboblar ko‘rsatkichlarini nazorat qilishdan iborat bo‘ladi. Har ikkala holda ham zarurat tugilganda texnologik jarayonni boshqarishga tayyor bo‘lish talab qilinadi.

Hozirgi paytda "Inson - mashina" sistemasida odam (operator) ham aqliy, ham jismoniy mehnat qiladi. Bunda borgan sari aqliy mehnat salmog‘i ortib borayapti. Operator faoliyati quyidagi jarayonlardan biri bo‘yicha amalga oshadi:
Determinasiyalashgan - avvaldan ma‘lum qoidalar, yo‘riqnomalar, algoritmlar, aniq texnologik grafiklar va sh.o‘.
Determinasiyalashmagan – texnologik jarayonda kutilmagan hodisalarning ro‘y berishi, kutilmaganda signallar paydo bo‘lishi va h.k., shu bilan birga ularni boshqarish amallari ma‘lum bo‘lgan hollar.
Texnik sistemalarda operator faoliyatining bir necha turlari mavjud bo‘lib, uning ishida aqliy va jismoniy yuklamaning hissasi har xil.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish