O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta



Download 4,58 Mb.
bet103/242
Sana26.01.2023
Hajmi4,58 Mb.
#903339
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   242
Bog'liq
6a653498aec87239c27a044c03033f5a TEXNOLOGIK JARAYONLAR XAVFSIZLIGI

Yog‟ochlarga ishlov berishda ishlatiladigan dastgohlar. Yog’ochga ishlov berish tokarlik dastgohlari. Tokarlik ishi deb yog‘ochdan tayyorlanadigan buyumni o‘zi o‘qi atrofida aylantirish orqali uning sirtini yo‘nib ishlov berish usuliga aytiladi. Bu usulda tayyorlangan mahsulotlar tokarlik
buyumlari yoki detallari deyiladi. Bu ishlar maxsus tokarlik dastgohlari yordamida bajariladi. Ular yordamida yog‘ochga silindr, konus, shar va boshqa aylanma sirtlar shaklida ishlov beriladi.
Duradgorlik o‘quv ustaxonalarida TD-120 yoki TSD-120 tipidagi yog‘och ishlash tokarlik dastgohlari o‘rnatiladi. Yog‘och ishlash tokarlik dastgohlari yordamida yog‘och materiallardan har xil aylanish sirtlariga ega bo‘lgan detallar, shakldor buyumlar tayyorlanadi.
TD-120 tipidagi yog‘och ishlash tokarlik dastgohining asosiy uzellariga stanina 1, oldingi babka 2, ketingi babka 3 va tirgak 4 kiradi. TSD-120 tipidagi dastgohda bulardan tashqari o‘yuvchi moslama 5 ham bo‘lib, uning yordamida o‘yish-teshish ishlari bajariladi.
Stanina dastgohning tayanch-tutqich uzeli bo‘lib, unga dastgohning qolgan hamma uzellari o‘rnatiladi. Staninada ikkita o‘zaro parallel yo‘naltiruvchisi bo‘lib, ular bo‘ylab keyingi babka va tirgak bo‘ylama yo‘nalishda suriladi.
Oldingi babka ishlanadigan yog‘och materiallarni tutib turadi va uni aylanma harakatga keltiradi. Oldingi babkaning shpindeliga pog‘onali shkiv kiydirilgan bo‘lib, unga tasma orqali elektrik dvigateldan harakat uzatiladi. Tasmani shkivning turli pog‘onalariga almashtirish yo‘li bilan shpendelning aylanishlari soni o‘zgartiriladi. Shpindelga ishlanadigan yog‘och materialni tutib turish imkonini beradigan vilka, planshayba, ryumka-patron o‘rnatiladi. (Shpindelga o‘z-o‘zidan markazlanuvchi uch kulachokli patron o‘rnatilsa, u vilka, plan-shayba va ryumka-patronlarning o‘rnini bosadi va bu bilan yog‘och materialni o‘rnatish vaqtidagi qiyinchiliklardan xoli bo‘linadi).
Keyingi babka uzun o‘lchamli yog‘ochlarni markazda tutib turish va keskich (parma)larni o‘rnatish imkonini beradi.
Yo‘nish, qirqish vaqtida iskanalarni tutib (tirab) turish maqsadida tirgakdan foydalaniladi. Ishlanadigan yog‘ochning o‘lchamiga va unga qanday ishlov berilishiga qarab, tirgakni shpindelga parallel yoki ko‘ndalang holda staninaga o‘rnatiladi. Tirgak hamma vaqt markazga moslanib, ishlanadigan yog‘ochga yaqin o‘rnatiladi.

1-rasm. TSD-120 tipidagi o‟yuvchi moslamali yog‟och ishlanadigan tokarlik dastgohi: 1- stanina; 2-oldingi babka; 3-ketingi babka; 4-tirgak; 5-o‘yuvchi moslama stoli.

Ketingi babka va tirgak staninaning yo‘naltiruvchilari bo‘ylab oldingi babkaga nisbatan kerakli masofaga surilgandan so‘ng tortqi boltlar yordamida staninaga qo‘zg‘almaydigan qilib qotirib qo‘yiladi.


Tayyorlanadigan detal va buyumlarning o‘lchamiga qarab ishlanadigan yog‘ochlar dastgohka turli xil moslamalar; vilka va markaz, planshayba, ryumka-patron, kulachokli patronlar (moslangan bo‘lsa) yordamida o‘rnatiladi. Bunda uzun o‘lchamli, kichik diametrli yog‘ochlar vilka va markaz orasiga, qisqa o‘lchamli, kichik diametrli yog‘ochlar ryumka-patronga, qisqa o‘lchamli, katta diametrli yog‘ochlar esa planshaybaga o‘rnatiladi.
Yog‘och ishlanadigan tokarlik dastgohlarida yo‘nish, qirqish ishlari maxsus tokarlik iskanalari yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi (reyer) va qirquvchi (mayzel) iskanalar bo‘ladi. Yog‘ochni xomaki yo‘nish, botiq sirtlar hosil qilish, ichki sirtlarni yo‘nib kengaytirish yo‘nuvchi iskana yordamida bajariladi. Bu iskana nov shaklida bo‘lib, tig‘i yoysimon ko‘rinishda bo‘ladi. Xomaki yo‘nilgan sirtlarni pardozlash, qavariq sirtlar hosil qilish, tayyor detallarni qirqib tushirish ishlari qirquvchi iskana yordamida bajariladi.

Download 4,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   242




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish