O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta



Download 1,04 Mb.
bet3/4
Sana22.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#838256
1   2   3   4
Bog'liq
Pirnazar kurs ishi FÓM

Maktabgacha ta 'lim bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat muassasalarida hamda oilada tarbiyalanadi. Maktab­gacha ta'limni amalga oshirishda turli nodavlat jamiyatlari, fondlar faol ishtirok etadilar.
Umumiy o'rta ta 'lim to'qqiz yillik (I —IX) o'qishdan iborat majburiy ta'lim. U o'z tarkibiga boshlang'ich ta'limni qam­rab oladi.
Umumiy ta'limning yangi tizimini va mazmunini shakllantirish uchun quyidagilar zarur bo'ladi:

  • yangi davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriv etish;

  • mintaqa sharoitini hisobga olgan holda o'rta maxsus, kasb-hunar kollejlari dasturlarini ishlab chiqish;

  • yuqori malakali kadrlar bilan ta'minlash;

  • o'quvchilarning qobiliyatlari va imkoniyatlariga muvofiq ravishda ta'limni tabaqalashtirish;

  • ta'limning yangi texnologiyasini yaratish, o'quv tarbiya jarayonini didaktik ta'minlash hamda o’quv ekuskursiyalarni tashkil etish.

Maktabdan tashqari ta'limni amalga oshirish bolalar va o'smirlarning ta'limga bo'lgan ortib borayotgan talab ehtiyojlarini qondirish va ularning dam olishini tashkil etish davlat organlari va jamoat tashkilotlari, shuningdek boshqa yuridik va jismoniy shaxslar tonionidan madaniy estetik, ilmiy, texnikaviy, ekuskursiyalar tashkil etish va boshqa yo'nalishlarda maktab­dan tashqari davlar va nodavlat ta'lim muassalarini tashkil etishdir.
Ularni amalga oshirish bilan bu dasturni hayotga tatbiq etish ta'minlanadi. Mamlakatimiz «Kadrlar tayyorlash milliy dasturining I bosqichida belgilangan qator tadbirlarni bajardi, unda qilingan ishlar, vo'l qo'yilgan kamchiliklar har tomonlama tahlil etildi va dastuming II bosqichini bajarishda amalga oshirilishi zarur bo'lgan vazifalar aniqlab olindi. Bunday vazifalardan biri va eng muhimi pedagog kadrlami tayyorlash uchun zamon talabidagi darsliklar, o'quv qo'llannialarini tayyorlashdan iboratdir.
Fizikadan o'quv mashg'ulotlarining majburiy shakli, darslardan tashqari, ekskursiyalar hisoblanadi. Ular fizika hodisalarining hayotdagi, ishlab chiqarishdagi ulkan rolini ko'rsatib beradi. Bu esa o'quvchilarga politexnik ta'lim berish va ularni kasbga yo'naltirishda kata ahamiyatga egadir. Ekskursiyada o'quvchilar ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, elektrlashtirish va jadallashtirish bilan tanishadilar, ilg'or ishchilar, muhandislar, ilg'or texnika ijodkorlari bilan uchrashadilar. Bu esa o'quvchilarga katta tarbiyaviy ta'sir ko'rsatadi.
2.2. O'quv ekskursiyalarni tashkil etish usulari

Ekskursiyalarni tashkil etishning asosiy prinsipi ularni sinfda o'rganiladigan o'quv materiali bilan bog'lash hisoblanadi.


Fizikadan ekskursiyalar ko'pincha u yoki bu texnik obyektlarning fizik asoslarini o'quvchilar o'rganganlarini yakunlash sifatida o'tkaziladi.
Наr qanday ekskursiya o'qituvchidan oldindan tayyorgarlikni talab qiladi. U o'zi ekskursiya olib borishi uchun ekskursiya obyekti bilan tanishib chiqadi. Ayrim hollarda kursiyani olib borish uchun korxona mutaxassisidan foydalaish mumkin. Bu vaqtda o'qituvchi obyekt mutaxassisi quril va texnik sharoitlarning fizik prinsiplarini o'quvchilarga tushuntira olishiga ishonch hosil qilishi kerak.
Ekskursiya o'tkazishning aniq rejasida ekskursiya oldidan takrorlash uchun fizikadan savollar ro'yxati, berilgan ketma-ketlikda ko'rib chiqish uchun obyektlar, o'quvchilar ekskursiya davomida bajarishlari lozim bo'lgan topshiriqlar va nihoyat, ekskursiya natijalarini yakunlash uchun savollar ro'yxati tuzib qo'yilishi muhim.
Misol tariqasida avtomobil yoki traktorlarning dvigatellarini tuzatish ustaxonasiga ekskursiyani olib borish haqida qisqacha to'xtalib o'tamiz. Bu ekskursiya o'quvchilarni ichki yonish dvigatellari bilan tanishtirilgandan keyin o'tkaziladi.
O'qituvchi avval ustaxonaga borib karburatorli va dizel dvigatellarining ishlash prinsiplarini o'quvchilargako'rsatish mumkin bo'ladigan holda joylashtirishni va ekskursiya vaqtini kelishib keladi. Ekskursiyaning maqsadi — o'quvchilarni ichki yonish dvi­gatellarining tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishtirishdir.
Ekskursiya quyidagi reja asosida olib boriladi:

  1. O'quvchilarni to'rt taktli to'rt silindrli karburatorli ichki yonish dvigateli va to'rt taktli dizelning tuzilishi va ishlash prinsipi bilan tanishtirish.

  2. Ichki yonish dvigatelining sovutish sistemasi bilan ta­nishtirish.

  3. Dvigatelning moylash va yonilg'i bilan ta'minlash sistemalari bilan tanishtirish.

Ekskursiya to'rt taktli karburatorli ichki yonish dvigatelini qurishdan boshlanadi, Silindrlar blokining qopqog'i va karteri olingan dvigateldan tuzilishini va to'rtta takt qanday sodir bo'lishi to'la ko'rsatiladi. Har bir taktda silindr ichidagi bosim va harorat qanday bo'lishi aytib o'tiladi.
Dizel-dvigatelni ko'rish vaqtida uni karburatorli dvi­gateldan afzalliklari, tuzilishi, ishlash prinsipi, har bir taktda bosim va harorat qanday bo'lishi ko'rsatib tushuntiriladi.
Shundan keyin yonilg'i bilan ta'minlash sistemasi bilan tanishtirishga o'tiladi.
Bu yerda avval karburatorda yonilg'i bilan havo aralashib, yonilg'i aralashmasining hosil bo'lishi, keyin dizelda naios yordamida forsunkalar orqali yonilg'i kelishi tushuntiriladi.
Sovitish sistemasini ko'rishda nima uchun markazdan qochma nasos qo'yilganini ham tushuntirib o'tish lozim. Ekskursiya oxirida dvigatellarning moylash sistemasi bilan tanishtiramiz. Ishqalanish natijasida mashina qismlari yeyilib tez ishdan chiqishi mumkinligi, buning oldini olish uehun ko'proq dumalanish ishqalanishidan, moylashdan foydalanish lozimligini o'quvchilarning eslariga tushirib, keyin o'quvchilar moylash sistemasi bilan tanishtiriladi. Ekskursiya tugagandan keyin dars vaqtida o'quvchilar bi­lan u haqda yakunlovchi suhbat o'tkaziladi. Unda o'quvchilaiga quyidagicha savollarni berish maqsadga muvofiqdir.

  1. To'rt taktli karburatorli ichki yonish dvigatellarinnig bir ishchi sikli qanday taktlardan tashkil topgan? Bu taktlar qanday amalga oshadi?

  2. To'rt taktli dizel dvigatelining bir ishchi sikli necha taktdan iborat? Ular qanday amalga oshiriladi?

  3. Ko'p silindrli dvigatellarda nima uchun hamma silindrlarda ishchi taktlar bir vaqtda bo'lmaydi?

  4. Ichki yonish dvigateli nima sababdan sovutiladi?

  5. Karburatorda yonilg'i aralashmasi qanday hosil bo’ladi?

  6. Karburatordagi drossel va havo to'sgich (zaslonka)larning xizmatlari nimadan iborat?

  7. Yonilg'i ba'zi aralashmalardan qanday tozalanadi? Tindirgich filtr qanday vazifani bajaradi?

  8. Yuqori bosimli nasos va forsunka nimaga xizmat qiladi?

  9. Moylash nima uchun kerak va dvigatelda ishqalanuvchi detallarni moylash qanday amalga oshiriladi?

2. 3.O’quv ekskursiyalarini o’tkazish tartibi

O'quv mashg'ulotlarining shakllari

O'quvchilarning bilish faoliyatlarini boshqarish
ning asosiy usullari

O'quvchilarning o'quv faoliyatlarining asosiy turlari

Bilim va malakani nazorat qilishning asosiy usullari

Dars

Suhbat, hikoya. Tushun-
tirish, ma'ruza. ко rsatma berish, o'quvchilarga numaniolar qo'yish qoyi
gan mu­ammoni ycchish usullarini izlashga o'quvchilarni jaib etish; bilish va amaliy faoliyatlnrini ko'rsatish usul­lari:

O'rtoqlarining javoblarini eshitish, o'qituvchi savollariga javoblar berish; daftarlarda yozuvlarni bajarish: kuzatish, frontal tajriba kitob bilan ishlash: o'qituvchi savollariga Javoblar qidirish; o'qituvchi qo'ygan nuiammoiarni yechish usullarini qidirish;

Frontal so'rash yakka tartibda so'rash; nazorat yozma ishlari; fizik diktantlar. dasturlashtirilgan nazorat; o'quvchilarning kitob bilan isiilashlarini va tajribalarini kuzatish

Yuqorida o'quvchilarning ko'rib o'tilganlardan, o'quv mashg'ulotlarining turli shakllarida o'qituvchi va faoliyatlari 1- jadvalda keltirilgandek bo'lishini ko'ramiz

O'quv ekskursiya

Ekskursiyaning joyi. o'tkazish vaqti va vazifalari haqida ko'rsatmalar berish: umumiy va individual topshiriqlar berish;

Ko'rsatmani eshitish: ekskursiya olib boruvchining tushuntirisiiini tinglash kuzalilayotgan obyekt haqida yozish va rasmlar chizish.

O’quvchilarni ishni bajarishga tayyorliggini tekshirish; ishni bajarish vaqtida suhbatlar qilish; o’quvchilarning hisobotlarini tekshirish, ekskursiya mavzusi bo’yicha suhbat o’tkazish


O'quv seminari

Seminar oldidan konsultasiya berish: adabiyot bilan ishlash uslubi bo'yicha: a'ruza yoki referatning lizimi va mazmuni bo'yicha Umumlashtirish. seminarga yakun Yasash

O'quv va qo'shimcha adabiyotlar bilan ishlash, rcferat va so'zga chiqish tezislarini yozish, ma'ruza rejasi ni tuzish. ma'ruza biian, refcrat bilan so'zga chiqish:

Ma'ruzalar va referadar biian so'zga chir shlarni baholash; umumiy savoilarga javoblarni ; baholash: muhokanwda qatnashganligini baholash

Ekskursiya - bu muzey yoki muzeydan tashqari obektlarni kollektiv tamosha qilishdan iborat bo'lib, malum mavzuda, maxsus marshrut buyicha mutaxassis ekskursovod boshchiligida talim-tarbiyaviy maqsadlarda o'tkaziladi.


Bu aniqlama o'z ichiga ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan tushunchalarni qamtiydi: ekskursiya - bu muzey yoki muzeydan tashqari obektni ko'rish uchun kelgan odamlar guruhi, va ekskursiya - bu ilmiy - pedagogik mehnatning turi bo'lib muzey ekspozitsiyasi, kurgazmalarini, muzeydan tashqari obektlarini namoyish qilish sistemasini amalga oshiradi.
XX asrning 20 – yillaridayoq ekskursiyani asosan ularda ishlovchi ilmiy xodimlar va etakchi olimlar olib bordi. Usha davrda yoq nafaqat ekskursiya o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, balki o'larni tashkil qilishga ham birinchi harakatlar qilindi. Ekskursion guruhlarni 25-30 odamdan to'plash tavsiya qilindi, ayrim hollardagina ekskursantlar soni 40-50 odam bo'lishi mumkin edi.
30 - yillarda respublika muzeylarida muzey tamoshobinlarini o'rganish ishlari ham olib borildi. Bu muzeylarning ilmiy-marifiy ishlarining samarodorligini ustirishga olib keldi. Usha davrda muzeylar oldida quyidagicha konkret vazifalar quyildi:

    1. Muzey tamoshobinlarining ijtimoiy tarkibini hisobga olish va o'rganish.

    2. Ularning qabul qilishlari va qiziqishlarini o'rganish.

    3. Ularning baho berishlarini va takliflarini o'rganish.

Muzey tamoshobinlarni o'rganish buyicha ish anketalar yordamida olib boriladi. Shunday anketalarning namunaviy variantini keltiramiz. Unda quyidagicha savollar urin oladi:

  • muzeyga nechanchi marotaba kelishingiz?

  • muzeyga qanday maqsadda kelgansiz?

  • muzeyda qancha vaqt (taxminan) buldingiz?

  • Siz muzeyni o'zingiz tamosha qildingizmi yoki ekskursiyaga qushildingizmi?

  • Siz tushundirma yozuvlarni o'qiganmisiz va ular Sizga tushunarlimi?

  • Sizni muzeyda hammasidan ko'proq nima qiziqtiradi?

  • muzeyda sizni nima qanoatlandirmadi?

  • anketa tuldiruvchi haqida malumot: mahalliy, tashqaridan kelgan (chizib ko'rsatiladi), erkak, ayol (chizib ko'rsatiladi), yoshi, mutaxassisligi, malumoti, sana, oy.

30 - yillardagi muzeylarimizning ilmiy-marifiy faoliyatida maktablar bilan birga ishlashishga etibor berildi. Maktab ekskursiyalari tashkil qilinadi. Tabiyat muzeyi yonidagi maktab kabineti o'z materiallarining xarakteri buyicha har xil va boy bo'ldi. bu erda gerbariylar, xarita, jadvallar namoyish qilinadi, bu kabinetning laboratoriyasida o'quvchilar botanika buyicha tajribalar o'tkazadi, mikroskoplar bilan ishlagan. Muzey yangi - tarixiy geologiya bo'limini tashkil qilgan, u o'quvchilarni hayvonot va o'simlik dunyosi evolyutsiyasi, erda hayotning paydo bo'lish jarayonlari bilan tanishtirdi.
Muzeylarda ilmiy - marifiy ishlarning har xil formalarini qullanish, muzey tamoshobinlarining sonining o'sishiga olib keldi. Agar 1937-yilda barcha respublikamiz muzeylari buyicha tamoshobinlar soni 315193 kishi bo'lsa, 1940 yilda - 630392 kishiga etgan.
Namoyishning mantiqiy izchilligini saqlashni talab qiluvchi tematik ekskursiyalar tushunchalarining shakillanishiga, umumlashtirish va xulosolarni o'zlashtirishga yordam beradi.
Ekskursovod sifatidagi muzey pedagogika ekskursion metodini o'zlashtirish talabi quyiladi. Ekskursovod tarixiy ilmni, pedagogika, psixologiya asoslarini bilish, muzeyshunoslik muammalarini tushuna olishi shart. Ekskursovod ekspozitsiyada berilgan g'oyalarning targ'ibotchisi hamdir. U har bir ekspozitsiyaning mazmunini yaxshi bilishi shart va bilimi bilan muzey tamoshobinlarini ekskursiyaga «qarashga» emas, balki uni «ko’ra bilish»ga o'rgatadi.
Ekskursiya - bu ekskursovodning muzey kuruvchilari guruhlari bilan birgalikdagi ishi hisoblanadi.
Ekskursovod bayonlash madaniyatiga va hattoki artistik mahoratga ham ega bo'lish ekskursion guruhga yaxshi tasir qiladi.
Unda tarixiy ekspozitsiya materiallari har xil sohadagi boshqa distsiplinalar tema va muammalarni yaratishda qo'llaniladi. Masalan: iqtisod, sanatshunoslik va h. k. temalardagi ekskursiyalar.
Maqsadli yo'nalish bo'yicha, masalan ilmiy-marifiy ekskursiyalar, o'quv ekskursiyalari utkaziladi.
Tematika xarakterini ekskursiyaning maqsadli yo'nalishi va uning konkret mazmunini aniqlash ekskursion guruh tarkibiga, ularning qiziqishlari va takliflariga bog'liq.
Guruhlar yoshi, sotsial, professional va milliy tarkibi, yashash joylari bo'yicha bo'linadi.
Ekskursiyani tayyorlashning asosiy bosqichlari mavjud.
Birinchi bosqich - ekskursiya temasini aniqlash, uning mazmuni bilan tanishish. Bu uchun maxsus adabiyotlar va shu mavzudagi muzey ekspozitsiyasini o'zlashtirish kerak.
Kelgusi bosqich - ekskursiya rejasini tuzishdan iborat. Bunda ekspozitsiya har tomonlama o'rganiladi, asosiy etibor muzey predmetlpriga qaratiladi. Keyin ekskursiya strukturasi ishlab chiqiladi, temalar, kichik temalar ajratib olinadi. Ekskursiyaning har bir bo'limi uchun ekskursion namoyish obektlari yani ekspozitsion materiallar belgilanadi.
Bu eng dastlabki reja asosida yozma ravishda ekskursiyaning kengaytirilgan rejasi tuziladi. Unda ekskursiyaning maqsadi, g'oyaviy - nazariy tomonlari ochib beriladi. Ekskursiya strukturasi, uning marshruti, namoyish qilinadigan eksponatlar tarkibi, qo'llaniladigan matnlar aniqlanadi. Kirish va yakuniy suhbat mazmuni aniqlashtiriladi. Kengaytirilgan rejada ekskursiya utkazish metodi ko'rsatiladi. Bu reja amalda ko'rib chiqilish shart. Bir necha ekskursiy alarni utkazgandan keyingina va uning ijobiy tomonlari va kamchiliklarini aniqlab, kengaytirilgan reja asosida ekskursiyaning metodik ishlab chiqilishi deb nomlangan yakuniy hujjat tuziladi. Metodik ishlab chiqilishi quyidagicha aniq grafik sxema orqali berilishi mumkin: zalning nomi, kichik mavzular, komplekslar nomi, guruhning to'xtaydigan joylari, namoyish obektlari (eksponatlar), ularni ko'rish uchun ajratilgan vaqt, ekskursiya jarayonida va uning oxirida ishlanadigan xulosalovchi matnlar bilan birgalikda tarixiy mazmunning ochilishi, metodik kursatmalar.
Metodik ishlab chiqishga bibliografiya qo'shiladi, rejani tayyorlash jarayonida tuplangan malumotnoma materiallarni quchish mumkin: hujjat va adabiyotlardan ko'chirmalar foydalaniladigan eksponatlar, ekspozitsiya ifodasini topgan alohida obektlar haqida malumotlar; mashhur shaxslar biografiyasi; muhim voqeolar xronikasi va hokazolar.
Metodik ishlab chiqarish ekskursovodning ijodiy fikirini chegaralab quyishi kerak emas. U faqat uning harakatiga tug'ri yo'nalish beradi. Ekskursovod unga asoslanib o'zining ekskursiya variantini tuzishi, hattoki tula matnini ham yozishi mumkin.
Ekskursiya o'tkazishda namoyish ekskursovod so'zi bilan birga olib boriladi. Ekskursovod so'zida tamoshobin oddiy ko'rib qabul qilishda ololmaydigan malumotlar beriladi. Bu jarayonda ekskursovod etakchi matnlarni o'qib berishi, badiy adabiyotlardan parchalar, hujjatlardan parchalar keltirish mumkin. Ekskursiyada har xil qiziqishdagi kishilar bo'lishini esdan chiqarmaslik kerak va guruhning har bir qatnashchisi ekskursovodning so'zlarini o'zlariga qaratilganini sezishlari kerak.
Ekskursiya har xil sifatga ega buladi. U bayon qilish xarakterida bo'lishi mumkin. Dialogli yondashuvda savol - javobdan iborat suhbatdan foydalanish mumkin. U muzeyshunoslik adabiyotlarda evristik usul delinadi. Bu bolalar va yosh o'spirimlar guruhlarida ishlatiladi.
Ayrim ekskursiya paytida guruh qatnashchilariga kirish suhbatdan keyin topshiriqlar beriladi. (og'zaki yoki yozma shaklda). Masalan: zaldan eng qiziqarli eksponatlarni tanlash, ularni tanlash motivlarini ko'rsatish, qanday da komplekslar mazmuni haqida aytib berish va hokazolar talab qilinadi. Sung topshiriqlarning bajarilishi muhokama qilinadi.
Shuningdek ekskursiyaga uyin momenti ham kirgizilishi mumkin. Tema bilan tanishilgandan sung guruh azolari so'z etilgan voqea qatnashchisi sifatida rol uynaydi. Bu yondashuv kichik maktab va maktabgacha yoshdagilar uchun qo'l keladi. Ekskursiyaning bayon qilish endashuvi katta yoshdagilarga tug'ri keladi. Topshiriqlar berish bilan olib borish esa, muzeyda bir necha bor bo'lgan o'spirimlar bilan olib boriladi.
Muzey amaliyotida ekskursion mutodtan tashqari maruzaviy - illyustrativ usuli ham qo'llaniladi. Unda boshlovichning so'zi ko'proq urin olib, eksponatlar illyustratsiya sifatida ko'rsatiladi. Bu usul murakkab nazariy, g'oyaviy muammolarni echishda natija beradi. Bunda boshlovchi ekskursovod emas, balki lektor (maruzachi) delinadi.
Har bir ekskursiya 3 bo'limdan turadi:
1) kirish suhbat, 2) ekskursiyaning asosiy qismi, 3) yakuniy suhbat.
Kirish suhbatda ekskursovod auditoriya bilan kontakt o'rnatadi. Unda guruh bilan tanishiladi, tarkibini aniqlaydi, qiziqishlarini ko'radi, muzey haqida qisqacha malumot beradi, ekskursiya temasini vazifasini aniqlab uning o'tkazilish tartibi aniqlanadi: muzeydagi tartib qoydalari ko'rsatiladi.
Ekskursiyaning asosiy bo'limida dastlab birinchi navbatda zalning umumiy ko'rinishi va diqqatni tartadigan eksponatlar ko'rsatiladi. Ekskursiya paytida 1.2 minut mobaynida voqea qatnashchilari bilan bog'liq fonozapislardan foydalanish mumkin.
Muzey ishida ekskursiyalar tashkil qilish katta ahamiyat kasb etadi. Bunda asosiy tushunchalar: «ekskursiya», «ekskursiya metodi», «ekskursovod» tushunchalaridan iborat.
Ekskursiya - bu muzey yoki muzeydan tashqari obektlarni kollektiv tamosha qilishdan iborat bo'lib, malum mavzuda, maxsus marshrut buyicha mutaxassis ekskursovod boshchiligida talim-tarbiyaviy maqsadlarda o'tkaziladi.
Bu aniqlama o'z ichiga ikkita o'z-aro bog'liq bo'lgan tushunchalarni qamtiydi: ekskursiya - bu muzey yoki muzeydan tashqari obektni ko'rish uchun kelgan odamlar guruhi, va ekskursiya - bu ilmiy - pedagogik mehnatning turi bo'lib muzey ekspozitsiyasi, kurgazmalarini, muzeydan tashqari obektlarini namoyish qilish sistemasini amalga oshiradi.
Muzey pedagoglari tomonidan ishlab chiqilgan ekskursiyalar tematika xarakteri buyicha, maqsadli yunalishi buyicha ajralib turadi. Ammo, bu ekskursiyalarning hammasi ekskursiya metodiga asoslanadi.
Ekskursion metodning bosh belgisi bu muzeyni ko'rish uchun kelgan guruhlar bilan ekskursovodning bevosita mulohoti hisoblanadi. Shu mulohot jarayonida (yani ekskursiya) muzey ekspozitsiyasi bazasida muzeyning talim - tarbiyaviy vazifalari amalga oshiriladi.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish