Yozma ish talablari
Ish tezis shaklida A4 standart o’lchamdagi qog’ozning bir tomonida yozilgan bo’lishi kerak (3 betdan oshmasligi lozim).
Ishni rasmiylashtirish:
birinchi betning yuqoridan o’ng tomonida talabaning ismi-sharifi, familiyasi va guruh raqami yozilgan bo’lishi kerak;
quyida o’rtadan keys mavzusining nomi yoziladi;
davomidan keys bilan ishlash natijalari tezis shaklida bayon etiladi.
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
Baholash ko’rsatkichlari va mezonlari
|
Maksimal ball
|
Guruh natijalarini baholash
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
Ma’lumotlarning to’liqligi (to’liq,
to’g’ri)
|
1
|
|
|
|
|
|
Ma’lumotlarning berilishi (aniq,
mantiq asosida)
|
0,6
|
|
|
|
|
|
Guruhlarning faolligi (savol, javob,
qo’shimchalar)
|
0,4
|
|
|
|
|
|
Maksimal bal
|
2
|
|
|
|
|
|
Baho
1,5-2 a’lo
1-1,5- yaxshi
0,5-1- o’rta
|
|
|
|
|
|
|
Keys yechimi bo’yicha o’qituvchining varianti
Xitoy uchun yangi menyuni ishlab chiqish jarayoniga ikki xil nuqtai nazardan qarasak maqsadga muvofiq. Bir tomondan, yangi menyuni ishlab chiqmasdan, KRRning an’anaviy menyusini Xitoy bozoriga joriy etish mavjud talablarni to’liq qondirsa, ikkinchi tomondan xitoyliklarning o’ziga xos talablarini inobatga olish kompaniyaga qo’shimcha daromad manbai bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Xitoy bozori uchun yangi konsepsepsiyani ishlab chiqish FIKA tashkiloti tomonidan amalga oshirilsa maqsadga muvofiq.
Bu jarayon yangi konsepsepsiyani sinovdan o’tkazish uchun lozim bo’lgan vaqtga bog’liq bo’ladi.
Xitoyning ichki bozori, iqtisodiy ahvoli va geografik joylashishini hisobga olgan holda xom-ashyo etkazib beruvchilarni tanlashda to’g’ri qaror qabul qilish keyingi rivojlanish darajasini belgilab beruvchi omil hisoblanadi. Xitoyning ichki resurslaridan unumli foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Keys-2. “Omadli taklif”
90-yillarning boshi, sobiq SSSRning ijtimoiy-iqtisodiy tartibida katta o’zgarishlar davri. Har bir odam o’z biznesining rivoji uchun biron-bir qulaylik topishga harakat qilayotgan davr. Milliy Universitetning iqtisodiyot fakultetini bitirgan, Valijon agrosanoat majmuasining rivojlanish muammolariga bag’ishlangan nomzodlik dissertatsiyasining muvaffaqiyatli yoqlangandan so’ng, o’zining muvaffaqiyati va olgan bilimlarining saviyasidan mamnun edi.
Bir kuni uyda o’tirib, o’zining erishgan muvaffaqiyatlarini bo’lg’usi mutaxassislarni o’qitish va tayyorlashga bag’ishlash haqida o’ylar edi. Birdan shu vaqtda uni do’sti telefonda chaqirib qoldi va “Buxgalteriya hisob-kitobi bo’yicha” qisqa kurs tinglovchilariga ma’ruzalar kursini o’qib berishini taklif qildi. To’lov shartlarini oldindan aniqlab olgach, Valijon rozi bo’ldi.
Uch oy davomida yosh olim yuqorida aytilgan qisqa kursning tinglovchilarining 2 guruhiga – 140 odamga ma’ruza o’qidi. Valijon o’z mehnatiga olgan daromadidan xursand edi. Bir kuni, tinglovchilarning biri bilan bo’lgan tasodifiy suhbat vaqtida o’ziga berilgan haq o’qish uchun tinglovchilar to’lagan haqning atiga 12% tashkil qilishini bilib qoldi (har bir tinglovchi to’lagan haq 350 shartli birlikni tashkil qilar edi).
Valijon kurs dasturi bilan tanishib chiqdi va o’qitishga sarflanadigan chiqim atiga 12%, boshqa sarflar va to’lovlar esa 8% tashkil qilishini hisoblab aniqladi.
Bunday faoliyatning yuqori daromadliligi, bunga o’xshash kurslarni o’zi ham tashkil qilishi mumkinligi haqida o’ylashga majbur qildi. 3-oy davomida u ishni
buxgalter-menejerlarni tayyorlash va aholiga boshqa xizmatlarni ko’rsatuvchi korxona “Dilovar”ni ochdi. Muvaffaqiyat Valijonni ruhlantirdi va u uda tez muddatda o’zining kurslarini yana o’nta qishloq tumanlarida ochdi, bu kurslarda minnga yaqin tinglovchilat o’qitilar edi. O’qitishning o’rtacha bahosi 300 shartli birlikni tashkil qilar edi.
Savollar:
Valijon o’zining tadbirkorlik faoliyatini boshlashiga nima sabab bo’ldi?
Siz bu vaziyatda qanday maqsadni ko’zlar edingiz va qanday biznes maslahatni shakllantirar edingiz?
Agar siz Valijonning o’rnida bo’lsangiz, kursni yanada rivojlantirish uchun nimalarni amalga oshirar edingiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |