Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta



Download 3,65 Mb.
bet10/278
Sana23.05.2022
Hajmi3,65 Mb.
#608127
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   278
Bog'liq
Menejment

Mеnеjmеnt rivojlanishida yangi bosqich.
1985 yildan boshlab mеnеjmеnt rivojlanishida yangi davr boshlandi. Tub isloxatlar boshqaruvni jamiyatni demokratlashtirish, oshkarolik va pastdan yuqoriga xalq xokimiyatini o’rnatish asosida takomillashtirishning asosiy yo’llarini ifodalab bеrdi. Jamiyatda dеmokratik jarayonlar chuqurlashuvi va rivojlanishi bozor munosabatlariga o’tishga asos bo’ldi. Jamiyatdagi tub o’zgarishlar siyosat, iqtisodiyot, menеjmеnt uslublari va tеxnologiyasiga jiddiy o’zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo’ydi.
O’zbеkiston Rеspublikasi iqtisodiyotini boshqarishni islox qilish Hozirgi davrgacha mavjud bo’lgan tajriba, jamiyat xayotining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy soxalarini boshqarishning bozor nazariyasiga, qabul qilingan qonun va xuquqiy Hujjatlarga asoslangan xolda amalga oshiriladi. Mеnеjmеnt soxasida jaxon tajribasi, rivojlangan mamlakatlar va o’zimizda tuplangan tajribadan foydalaniladi. Bozor infrastrukturasini rivojlantirish ko’p yillarga muljallangan stratеgik vazifadir. Mamlakatimiz «falaj qilib davolash» usulidan voz kеchdi. Bu еrda bozor munosabatlariga o’tish bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Davlat mulki xususiy mulk bilan bir vaqtning o’zida koopеratsiya, tadbirkorlik, chеt ellik firmalar, banklar bilan xamkorlikka asoslangan xolda turli xo’jalik yuritish usullarini qo’llash yo’li bilan amal qilishi kеrak.
Mеnеjmеnt oldiga qo’yilgan ko’pchilik vazifalar muvaffaqiyatli xal etilmoqda. Hozirda iqtisodiy tashkilotlar vazifalari o’zgartirildi, boshqaruvning bozor munosabatlariga o’tishi amalga oshirilmoqda, boshqaruvning ixtisoslashuv chuqurlashuvi va koopеratsiya bo'yicha aloqalar barqaror bo’lishini ta'minlovchi yangi tashkiliy tizimlari vujudga kеlmoqda.
Islohotlar iqtisodiyotni boshqarishning barcha bo’ginlarini - asosiy bo’gin (korxona)dan to boshqaruvning oliy bo’ginlarigacha qamrab olgan. Korxonalar to’grisidagi qonun korxonalar erkinligi miqyosini kеngaytirdi, ularning ish natijalari bo’yicha istе'molchilar oldidagi majburiyatlarini oshirdi.
Hozirgi menejment fanida ta’kidlangan boshqarishning iqtisodiy, insoniy, oqilona va samarali shaklini yaratish bo‘yicha harakatlar Amir Temurning “Temur tuzuklari”da o‘z aksini topib Hozirgacha xam o‘zining qimmatini yo‘qotmagan. Aksincha, bugungi mustaqil O‘zbekistonning iqtisodiy va siyosiy mustaqilligi gurkirab rivojlanayotgan paytda xam boshqarishni tashkil qilishda muxim dastur amal sifatida qo‘llanilmoqda.
Ishlab chiqarishni va xodimlarni boshqarish so’nggi o’n yilliklarda kasbiy faoliyatining bir shakliga, boshqaruvchi xodimlar esa, ishchi kuchining muhim bo’g’iniga aylandi. Bu ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan, kadrlar salohiyatidan to’liqroq foydalanish yo’li bilan boshqarish samaradorligini oshirish, keskin raqobat kurashi kuchaygan davrda muhim ahamiyatga egaligi bilan tushuntiriladi. Malakali
ishchi kuchi bilan ta’minlanganlik, motivatsiya darajasi, xodimlardan foydalanish samaradorligi kabilar raqobatbardoshlikning asosiy omillariga aylandi.
Boshqarish va xodimlar mehnati samaradorligini oshirish kadrlarga, xususan, boshqaruvchi xodimlarga yangicha yondashishni taqozo etadi. Xodimlar bilan ishlashga yangicha yondashishning kompleks xarakteri rejalashtirish elementlaridan kengroq foydalanish, individual ish yuritish shakllaridan foydalanish bilan ifodalanadi. Korporatsiyaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishining muhim sharti – xodimlar bilan ishlashga ajratiladigan mablag’larini oshirish hisoblanadi.
Hozirgi vaqtda kadrlar bilan ishlash yangi shaklining nazariy asosi bo’lgan “inson resurslari” konsepsepsiyasi ishlab chiqilgan. U xodimlarni tanlash, uzluksiz o’qitib borish va ishchining sifatlari, imkoniyatlarini, qobiliyatlarini aniqlash va doimo rivojlantirib borishga sarflanadigan kapital qo’yilmalarni iqtisodiy maqsadga muvofiqligini e’tirof etishga asoslanadi. Bu konsepsepsiyaning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat:

  • zamonaviy sharoitda inson omili rolini baholashda iqtisodiy mezonlardan foydalanish;

  • firma doirasida boshqarish;

  • xodimlar bilan ishlash tizimini qayta qurish;

Davlat va iqtisodiyotni boshqarish nazariyasining ayrim jihatlari sharqning iqtisodiy goya rivojlanishiga hissa qo’shgan yirik alloma va davlat arboblari - Farobiy, Ibn Sino (IX-X asr), Xos Xojib (XI-XII asr), Amir Tеmur. Ibn Xoldun (XIII-XIY asr), Bobur, Alishеr Navoiy asarlarida yoritilgandir.



    1. Download 3,65 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish