Bo`lim bo‟yicha nazorat savollari
Parrandalarni oziqlantirish usullari qanday?
Parrandalar uchun ozuqa tarqatgichlarni qanday usulda boshqariladi?
Parrandachilik xonalarida mikroiqlim ko‘rsatkichlari qanday aniqlanadi?
Parrandaxonalarda mikroiqlim tartibini rostlashda qanday uskunalardan foydalaniladi va ular tarkibiga qanday boshqaruv elementlari kiradi?
«Klimatika» uskunasi tarkibiga qanday elementlar kiradi?
X-BOB. Ozuqa tayyorlash jarayonini avtomatlash
Umumiy tushunchalar
Chorva maxsulotlarini etishtirishda ozuqa tayyorlash jarayoni katta o‘rin tutadi. O‘simliklardan tayorlanadigan ozuqa maxsulotlari turli ko‘rinishga ega: quruq (somon, xashak), xo‘l (silos, ildiz mevalar, o‘tlar), konsentratsiyalashtirilgan don maxsulotlari. Sut, go‘sht, baliq maxsulotlari qoldiqlari alohida qayta ishlanib ma‘lum ozuqa guruxini tashkil qiladi. O‘simlik va xayvonlar tarkibidan kelib chiquvchi ozuqalarga mineral qo‘shimchalar qo‘shilishi natijasida konsentrlashgan ozuqa yoki kombikorm yuzaga keladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan maxsulotlarni qayta ishlash va ularni tayyorlash maqsadida turli mexaniq, issiqlik, ximik va biologik usullar qo‘llaniladi.
Vitaminli un tayyorlash jarayonini avtomatlashtirish
Ozuqalarning to‘yimligini saqlash, ularni transport har ajatlarini kamaytirish uchun ko‘p hollarda quruq ozuqalar maydalanib un ko‘rinishiga keltiriladi va ma‘lum shakllarga solinib briket qilinadi.Shu maqsadda turli o‘t, xashak va don maxsulotlarini maydalangan holda un ko‘rinishiga keltirish uchun xozirgi vaqtda AVM tipidagi mashinalar qo‘llanilyapti. AVM-0,4; AVM-0,65; AVM-1,5; AVM-3 (unumdorligi 0,4; 0,65; 1,5; 3 t/s).
Ish prinsipi:
Suyuq yoqilg‘i 1- nasos yordamida, 2 - forsunka orqali, 3- yoqilg‘i kamerasiga R=1,2 MPa bosim ostida yuboriladi. 21- ventilyator orqali bu erga xavo jo‘natiladi. Xavo va issiqlik aralashmasini 20- transformator yordamida hosil bo‘ladigan uchqundan o‘t oladi. Isituvchi gazlar xavo va qayta ishlanuvchi o‘t bilan aralashadi 8-ventilyator yordamida 7- quruq massa sikloniga suriladi va 250... 3000S har oratga ega bo‘lgan issiqlik tashuvchi hosil qiladi ( don maxsulotlari uchun). O‘t maxsulotlari uchun issiqlik tashqi har orati 600... 9000S gacha boradi. 6- quritish barabani 4-5 konveyerlari orqali to‘ldiriladi. Quritish barabani 3-ta silindrik xajmidan iborat bo‘lib, ular bir butun holida yig‘ilgan va 18-roliklarda aylanadi. M3- elektr yuritmasi shu roliklarni harakatlantiradi. Har
bir silindrni ichki qismiga aylantirish uchun parraklar o‘rnatilgan. 7- siklonda
quritilgan massa isituvchi gazlardan ajratiladi. Tashqariga chiqarilayotgan gazlarning har orati 9- datchik orqali tekshiriladi. Quritilgan massa 17- dozator orqali 15- maydalagichga (drobilka) uzatiladi. Aylanma kuchlar ta‘siri 16- toshtutgichda turli aralashmalar ajratiladi.
Maydalagich quritilgan massani unga aylantirib beradi va 10-ventilyator 12- sovutgich siklonga uzatadi. So‘ngra siklondan 14- shnek va dozator orqali 13.. chiqaruv joyiga jo‘natiladi.
Isitish kamerasidan alangani 19- fotodatchik orqali, har oratni 9- har orat datchigi, sovitkich siklondagi unning satxini 11-satx datchigi orqali tekshirilishi mumkin.
10.1.1-rasm. Vitaminli un tayyorlovchi AVM 1,5 agregatini ish sxemalari: a- texnologik sxemasi; b- mexanizmlarini boshqarishni prinsipial elektrik sxemasi; v-kuritgichni boshqarish pritsipial elektrik sxemasi; g- vaqt diagrammasi;
Elektr boshqaruv sxemasi:
Issiqlik kamerasida alanga hosil qilish uchun gazli ballondagi ventilni qo‘l yordamida ochish kerak va SB21 knopkasi bilan isitish nasosining M11 motorini ishga tushirish kerak. Bu holda KM11:2 magnit ishga tushirgichning blok-kontakti TV tarnsformatorini ishga tushiradi va KT vaqt relesi ishlay boshlaydi. Gaz alangasi paydo bo‘lgan vaqtda yoqilg‘i krani ochiladi va asosiy alanga yoqiladi. SHundan so‘ng alangani tekshirish datchigi BL ning kontakti qo‘shiladi.
Agar kamerada alanga bo‘lmasa KT relesi KV2 relesi yordamida ma‘lum vaqt oralig‘ida M11 elektr yuritmasini (yoqilg‘i nasosi) va TV transformatorini ishdan to‘xtatadi. Agar issiqlik kamerasi normal ishga tushirilgan bo‘lsa, oradan bir oz vaqt o‘tgach, kamera isigandan so‘ng xo‘l massani kameraga uzatuvchi konveyerlarning M2, M1 elektr yuritmalari ishga tushiriladi. Barcha mexanizmlarni to‘xtatish zarur bo‘lganda SB1 tugmasi bosiladi.
Avtomatik ravishda ular 12-sovitkich siklondagi S1 satx datchigi orqali to‘xtatiladi. Normal ish holatida agregat teskari ketma-ketlikda: SB24, SB22, SB20... SB2 tugmalari orqali to‘xtatiladi. Isitish kamerasi va 7-siklonning ventilyatorlarning M12, M14 elektr yuritmalari kamera to‘la soviguncha ishlab turadi, keyin SB18, SB14 tugmalari orqali to‘xtatiladi.
Quritish jarayoni qisman avtomatlashtirilgan. Asosan bu erda har orat avtomatik ravishda boshqariladi. Issiqlik tashuvchining har orati kirish qismida gazlarning 7-siklondan chiqish har orati bo‘yicha forsunkaning yoqilg‘i berishni o‘zgartirish asosida rostlanishi mumkin.
Har orat datchigining inersionligi va turli transport kechikishlari sababli qo‘p hollarda maxsulot o‘ta qurib ketadi. Bu esa sifat ko‘rsatkichlariga ta‘sir qiladi. Isitish kamerasiga beriluvchi yoqilg‘i har orati 750S li ko‘rsatkichda ushlanadi va SK kontaktli har orat datchigi yordamida amalga oshiriladi. Bu datchik yordamida EK elektr isitgichining KM elektr ishga tushirgichi boshqariladi. YOqilg‘i bosimi forsunka oldiga qo‘yilgan R manometri orqali o‘lchanadi (10.1.2-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |