O‟zbekiston respublikasi oliy va o‟rta


Bo`lim bo‟iycha nazorat savollari



Download 1,66 Mb.
bet49/80
Sana13.05.2022
Hajmi1,66 Mb.
#602644
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80
Bog'liq
ZbGcJEPhC6T2OJk0i4drYjgAzRPFN5WdvGmqHsX5

Bo`lim bo‟iycha nazorat savollari


  1. Chorvachilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning xususiyatlari qanday?

  2. Chorva mollarini oziqlantirishning qanday usullarini bilasiz?

  3. Chorva mollarini oziqlantirishni qanday avtomatlashtirish mumkin?

  4. Chorvachilik xonalarida qo‘llanuvchi ozuqa tar-qatgichlarnig turlari va avtomatlashtirish usullari qanday?

  5. Chorvachilik xonalarida mikroiqlim rejimini rostlash tushunchasi nima?

  6. Yozgi va qishki rejimda Chorvachilik xonalarida mikroiqlim kattaliklari avtomatik rejimda qanday uskunalar bilan rostlanadi?

  7. «Klimat-4» uskunasi tarkibida qanday boshqaruv stansiyalari mavjud?

  8. Elektr kaloriferlarning ish tartibini tushuntiring?

  9. Issiqlik generatorlari avtomatik ravishda qanday ishlaydi?

  10. Chorvachilik xonalarini go‘ngdan tozalash qanday uskunalar bilan bajariladi va ularning ish tartibi?

IX-BOB. Parrandachilikda texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish


    1. Parrandalarni oziqlantirishni avtomatlashtirish

Ma‘lumki parrandalarni alohida individual oziqlantirish mumkin emas. Shuning uchun ularni ma‘lum guruxlarga bo‘lib boqiladi.Parrandalarni oziqlantirishda tarnovli va turli tipdagi avtomatik oxurlardan foydalaniladi. Oxurlarni to‘ldirish vaqti:


tp m / Q
m – oxurlarga beriluvchi ozuqa massasi (ham masi), t. Q – ozuqa tarqatgichning ish unumdorligi, t/s.
Tarqatish jarayonining tugashi ozuqani me‘yorlash bunkeriga qaytishi yoki oxirgi oxurning to‘ldirilishi bilan aniqlanadi.
Parrandalar uchun moslashtirilgan ozuqa tarqatkichlar.
Tarnovli ozuqa tarqatgichlarda ozuqa zanjirli yoki tros-shaybali konveyerli ozuqa transporterlari yordamida tar-qatiladi (9.1.1 - rasm).


9.1.1-rasm. Parrandalar uchun ozuqa tarqatish transportyori
a- zanjirli; b- tros-shaybali; 1-ilgak; 2-bo’g’in; 3-tokcha; 4-oxur; 5-tarnov; 6-ozuqa; 7- shpilka; 8-truba;9-tros; 10-shayba;
BKN –3 tipidagi batareyalarda ozuqa maxsus quvurlar orqali uzatiladi va tarqatish konturi bo‘yicha shaybali ishchi organi yordamida harakatlanadi va maxsus teshiklar orqali oxurlarga to‘kiladi.
Ko‘p hollarda bunday xonalarda RTSH-2 tipidagi ozuka tar-qatish o‘rnatiladi. Bu ozuqa tarkatgich tarkibida kombikorm uchun bunker 1, yuritma stansiyasiga ega bo‘lgan tros-shaybali konveyer 2 va bunker-dazator 3 ham da o‘zi ozuqa etkazib beruvchi avtooxur 6. Ozuqa tarqatgichning oxiridagi avtooxur ozuqa tarqatish vaqtida nazorat qilinuvchi xisoblanadi.
Parrandalarga ozuqa tarqatishning tipik boshqarish sxemasi ikki usulda: qo‘l rejimida va SA tumbleri bilan avtomatik rejimda boshqarilishi mumkin. (9.1.2-rasm.) HL1 va HL2 signal chiroqlari ana shu rejimlarni ko‘rsatadi.




9.1.2-rasm. Ozuqa tarqatish texnologik oqimini boshqarishni prinsipial
elektr sxemasi
Avtomatik rejimda SA2 ―A‖ holatiga o‘tkaziladi. KT1 programmali relesi birinchi qavatdagi transporter yuritmasini ishga tushiruvchi KM1 ni qo‘shadi, shu
bilan bir vaqtda 2-qavat transporteri yuritmani ishga tushiruvchi KM2 ham qo‘shiladi.
Bunker –dozatorlar ozuqa bilan to‘lgach SL1, SL2 satx datchiklari ishga tushadi va KM1, KM2 magnit ishga tushirgichlarni uzib, ta‘minlash transporterlarini ishdan to‘xtatadi. Oziqlantirish vaqti bo‘lganda A1 va A2 qurilmasi yordamida KT2 relesi KV2 va KV3 relesini ishga tushiradi va HL4, HL6 chiroqlari yonadi. KV2 va KV3 relesi kontaktlari tok zanjiriga KM3, KM4 magnit ishga tushirgichlarini ulaydi, bu holda ular tegishli ozuqa tarqatgichlarni ishga tushirib, HL8, HL9 signal chiroqlari yonadi.
Bunker-dazatorlarda ozuqa satxi kamaysa SL1 va SL2 satx datchiklari yana M1 va M2 transporterlarni ishga tushiradi. Bu holda ozuqa tarqatish to‘xtatiladi. Transporterlar to‘xtagandan so‘ng yana ozuqa berish davom ettiriladi. Ozuqa tarqatish vaqti tamom bo‘lgandan so‘ng KT2 ning kontaktlari ajraladi va ozuqa tarqatkichlar to‘xtatiladi.
Ozuqa tarqatkichni avtomatik ishga tushirish vaqt relesi yordamida, to‘xtatish esa oxirgi oxurdagi satx datchigi yordamida amalga oshiriladi.Bunday boshqaruv sxemasi barcha tipdagi ozuqa tarqatkichlar uchun tipik xisoblanadi.



    1. Parrandachilik xonalarida mikroiqlim jarayonini avtomatlashtirish

Xozirgi zamonaviy uskunalarning asosan kontaktsiz elementlar bazasida yaratilishi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida texnologik jarayonlarni boshqarish, rostlash tizimlarini mikrosxemalar va yarim o‘tkazgichli elementlar bilan ishlovchi asboblar bilan ta‘minlash ko‘zda tutadi. Kontaktsiz tizimlarning afzalligi shundaki, ular yaxshi ximoyalangan, o‘rnatilgan ish rejimini xatoliklarsiz ta‘minlash imkoniga ega ham da ish muddati, mustaxkamlik chegaralari ham uzoqroqdir. Mikroiqlim rejimini avtomatik boshqarish tizimlaridan xisoblangan MKVAU–3 va
«Klimatika» boshqaruv stansiyalari asosan ko‘p hollarda Chorvachilik va parrandachilik xonalarida qo‘llaniladi.
Bu qurilma old tarafdagi eshigi ochiladigan osma shkafga terilgan va u boshqarish qurilmasini atrof muxit ta‘siridan ximoya qilishni ta‘minlaydi (IP54).
Eshikdan quyidagilar o‘rnatilgan: «tarmoq kuchlanish», «norma», «sovuq», yozuvli yorug‘lik diodlari, «har orat S» yozuvli har oratni rostlovchi buyurtma: ventilyatorning baza kuchlanishini (baza tezligini) sozlovchi «baza tezligi» yozuvli buyurtma; har oratning manfiy differensialini sozlovchi «t0 C» yozuvli buyurtma. Qurilmaning sezgir elementi TSM-5071 tipidagi misdan yasalgan qarshilik termometri xisoblanadi. Har orat oshganda uning qarshiligi ortadi, har orat pasayganda esa aksincha.
MKVAU Z qurilma yarim o‘tkazgichli elementlar asosida ishlaydi. Tiristorlarni vertikal-fazali boshqarish uchun (9.2.1-rasm) ikkita germaniy triodlardan bo‘lgan blokning generatorning siljish kuchlanishini uzaytirish lozim. Kuch blokida 160 A ga mo‘ljallangan oltinchi sinfdagi teskari kuchlanishi bo‘yicha qilingan 6 ta VS1...VS6 tiristori maxkamlangan. Tiristorlarni tez ta‘sir qiluvchi eruvchan FU1..FU6 saqlagichlar (63 A) ximoya qiladi. Qovurg‘ali radiatorlar tiristorlarning tabiiy sovishini ta‘minlaydi.
Bino ichida har orat berilgandan oshib ketsa, UD demodulyator kuchaytirgichida signal hosil bo‘ladi. Bu demodulyator bloki generatorning siljish kuchlanishini kamaytiradi. Buning natijasida chiqishdagi kuchlanish va ventilyatorlarning burchak tezligi ortadi. Har oratning berilgan normagacha pasayishi kuchaytirgich demodulyator chiqishida signal paydo qiladi va blok generatorning siljish kuchlanishini ko‘taradi. Har oratning yana pasayishi ventilyatorlar burchak tezligining yanada kamayishiga olib keladi.MK-VAUZ boshqarish tizimiga yuklama sifatida VO-7 tipidagi elektr ventilyatorlardan foydalaniladi.Elektr ventilyatorlar aylanish chastotasini nazorat qilish uchun elektron taxometr (TESA) ishlatiladi. Uning tishli shkafi orqali o‘zgartiriladi va simobli termometr yordamida nazorat qilinadi. G‘ildiragi elektr motori valiga maxkamlangan. Har orat isitish shkafi orqali o‘zgartiriladi va simobli termometr yordamida nazorat qilinadi.
«Klimatika - 4» boshqaruv qurilmasi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarish xonalarida xavo har oratini bir me‘yorda saqlash uchun qo‘llanadi. Bu holat
tortuvchi ventilyatorlarning elektr yuritmalarini aylanish tezligini bir tekis o‘zgartirish bilan amalga oshiriladi.
Elektr yuritmalarining aylanish chastotasi uch fazali tiristorli kuchlanish rostlagichi orqali o‘zgartiriladi. Bu rostlagich xona ichidagi xavo har oratining qiymati o‘zgarishiga bog‘liq holda faza o‘zgarishi prinsipiga asosan ishlaydi. Uskuna asosan metall korpusdan tashkil topgan bo‘lib, uning ichiga kuch bloki va boshqaruv bloki joylashtirilgan. Alohida holda elektr yuritmalarini boshqaruv qurilmasi orqali yoki undan tashqari holda ishga tushirish uchun qayta qo‘shgich bloki joylashtirilgan.



Download 1,66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish