Sig’im siljish datchiklari. Bu xil datchiklarda plastinkalar orasidagi masofani o‘zgarishi kondensator sig‘imini o‘zgarishiga olib keladi, ya‘ni kondensatorning bitta plastinkasi harakatlanuvchan bo‘ladi (2.1.2-rasm). Kirish miqdori R (siljish) ni o‘zgarishi natijasida platinkalar orasidagi masofa o`zgarib, kondensator sig`mi o`zgaradi.
2.1.2-rasm. Sig‘im siljish datchiklari
Induktiv datchik. Faltak ko‘rinishida bo‘lib, po‘lat o‘zak, yakor va ular orasidagi masofadan iborat bo‘ladi. Induktiv datchiklarda po‘lat o‘zakni siljishi g‘altak induktiv qarshiligini o‘zgarishiga olib keladi (2.1.3-rasm). Manometrni o‘lchov qismi bilan mexaniq bog‘langan yakorni siljishi induktiv datchik induktivligining o‘zgarishiga sabab bo‘ladi. Indiksion datchiklar ko‘proq ko‘prik sxemalarda qo‘llaniladi. Umumiy yakordan iborat ikkita g‘altakdan tuzilgan qurilma differensial induktiv datchik deb ataladi, u yuqori sezgirlikka egadir.
2.1.3 rasm. Induktiv datchik: 1-g’altak; 2-po’lat o’zak; 3-yakor; 4-oraliq masofa:
Turli jism va muhitlarni haroratini o‘lchaydigan datchiklarda buyum yoki materiallarini xususiyatlarini haroratga bog‘liqligidan foydalaniladi. Bunga misol qilib o‘lchamlari yoki xajmini, issiqlik qarshiligi koeffitsentini, termo EYUK ni, elektr o‘tkazuvchanlikni harorat ta‘sirida o‘zgarishini olish mumkin.
Generatorli datchiklardan bir necha misollar ko‘rib chiqaylik. Ulardan biri induksion datchik. Induksion datchiklar chiziqli yoki burchakli tezliklarni E.Yu.K. larga aylantirib berishi uchun xizmat qiladi. Ularni ishlash prinspi elektromagnit induksiya qonuniga asoslangan. Induksion datchiklarning chiqish siginali E.Yu.K. bo‘lib, uning kattaligi g‘altak o‘ramlarini kesib o‘tayotgan magnit oqimining tezligiga propartsional. Induksion datchiklarni o‘zgarmas magnit moydonidan foydalaniladi.
O‘zgarmas magnit maydoni 2 usulda: o‘zgarmas magnitlar yordamida va o‘zgarmas tok o‘tayotgan g‘altaklarda hosil qilish mumkin
Bunday datchiklarga misol qilib toxageneratorlarni ko‘rsatish mumkin. Ular kichik quvvatli elektr mashinasi bo‘lib aylanish tezligini o‘lchash uchun ishlatilinadi.Toxgeneratorni qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami va yakordan iborat bo‘lib, qo‘zg‘atish cho‘lg‘ami magnit maydonini hosil qiladi. Yakor qo‘zg‘aluvchan qisim
bo‘lib, u aylantirilganda, uning cho‘lg‘amlarida aylanish tezligi propartsional E.Yu.K. hosil bo‘ladi:
E=k*f*n
bu erda k – mashinaning tuzilishiga bog‘liq koyfitsent,
f – magnit oqimi,
n – yakorning aylanish tezligi.
Toxagenerator sezgirligi yuqori ularning chiqish siginali kata quvvatga ega. Ularning kamchiligi chiqish siganali kattaligini yukning qarshiligiga bog‘liqligidadik.
2.1.4-rasm.Generatorli datchiklar
Do'stlaringiz bilan baham: |