Hisob qisim
olimlar yorugʻlik toʻlqinining energiyasi uning ravshanligiga toʻgʻri proporsinal deb hisoblashgan, ammo u toʻlqinning amplitudasiga proporsional. Oʻz gipotezalarini tekshirib koʻrish uchun ular yorugʻlik amplitudasi va chastotasining elektron emissiyasiga taʼsiri, shuningdek, fotoelektronlarning kinetik energiyasini bilish uchun tajribalar oʻtkazdi.Ular yorugʻlikning toʻlqin nazariyasiga asoslanib quyidagilarni bashorat qildi:Yorugʻlik amplitudasi orttirilganda, chiqarilgan fotoelektronlarning kinetik energiyasi ham ortishi kerak.Elektronlarning sirtdan uchib chiqish miqdori, yaʼni oʻlchangan elektr toki yorugʻlikning chastotasiga toʻgʻri proporsional boʻlishi kerak.Ular ushbu xulosaga qanday kelganini tushunish uchun biz yorugʻlik toʻlqinini suv toʻlqini bilan taqqoslashimiz kerak. Tasavvur qiling, okean oʻrtasidagi palubada bir nechta koptoklar bor.
Paluba metall sirtni, koptoklar elektronlarni, okean toʻlqinlari esa yorugʻlik toʻlqinlarini anglatadi.Agar bitta katta toʻlqin palubani silkitib yuborsa, biz katta toʻlqindan koptoklar oladigan kintetik energiya bitta kichik toʻlqinga nisbatan ancha katta boʻlishini kutamiz. Fiziklarning fikricha, agar yorugʻlik intensivligi oshsa, xuddi shunga oʻxshash holat sodir boʻladi. Yorugʻlik amplitudasi yorugʻlik energiyasiga proporsional boʻlishi kutilgan edi, shuning uchun yuqori amplitudali yorugʻlik fotoelektronlarga koʻproq kinetik energiya berishi taxmin qilingan.
Xulosa
Yorugʻlikning toʻlqin modeliga asoslanib fiziklar yorugʻlik amplitudasining oshishi chiqarilayotgan fotoelektronlarning kinetik energiyasi oshishiga va chastotaning oshishi oʻlchangan elektr toki oshishiga olib keladi deb taxmin qilishdi.Tajribalar yorugʻlik toʻlqinlarining chastotasi ortsa, fotoelektronlarning kinetik energiyasi ortishini va yorugʻlik amplitudasining ortishi tok kuchini oshirishini
koʻrsatdi.Ushbu xulosalarga asoslanib Eynshteyn yorugʻlik \text{E}=h\nuE=hνstart text, E, end text, equals, h, \nu energiyali fotonlar oqimi degan fikrni ilgari surdi.Chiqish ishi, \PhiΦ\Phi, metall sirtidan fotoelektronlarni chiqarish uchun kerak boʻladigan minimal energiyadir.Tushuvchi fotonning energiyasi chiqish ishi va fotoelektronning kinetik energiyasi yigʻindisiga =KEelektron+Φstart text, E, end text, start subscript, start text, f, o, t, o, n, end text, end subscript, equals, start text, K, E, end text, start subscript, start text, e, l, e, k, t, r, o, n, end text, end subscript, plus, \Phi
Do'stlaringiz bilan baham: |