Eksperimental psixologiya- umumiy psixologiyaning tarkibiy qismi bo`lib, ruhiy jarayonlarni tajriba yordamida o`rganadi.
Eksperimental psixologiya fanining maqsadi psixologik eksperiment o‘tkazishning malaka va ko‘nikmalarini paydo qilish va rivojlantirishdan iborat.
Eksperimental psixologiyaning vazifalari:
Psixologiya fanida eksperiment o‘tkazishning qonunlari, tartibi va tamoyillari bilan tanishtirishdan iborat.
Turli metodikalar yordamida shaxsning psixik jarayonlari, holatlari va psixomotor rivojlanishini o‘rganishdir.
Psixodiagnostik va eksperimental tekshiruv bosqichlari
Psixodiagnostik tadqiqotlar amaliyotida psixologik diagnoz qo‗yishning 3 bosqichi farqlanadi: Simptomatik diagnozda mavjud har qanday EHM bajarishi mumkin bo‗lgan tadqiqotda olingan natijalar qayta ishlanadi.
Etiologik diagnozda (kelib chiqish sabablari) biror xususiyatning mavjudligigina emas, balki uning vujudga kelish sabablari ham hisobga olinadi.
Tipologik diagnozda sinaluvchi shaxs tuzilishida olingan natijalarning ahamiyati va o‗rni aniqlanadi.
Fan va texnikada diagnostikaning juda ko‗p turlari bor. Masalan: tibbiyot diagnostikasi kasalning kelib chiqishini o‗rganadi va aniqlaydi; texnik diagnostika – har xil texnika sistemalari, elektron hisoblash mashinalari, kompYuterlarning salbiy xususiyatlarini aniqlab, ularni bartaraf qilishni o‗rgatadi; sport diagnostikasi – jismoniy jarayonlarning o‗zgarish holatlarini o‗rganadi va aniqlaydi; psixologik diagnostika – shaxs guruhlarning psixik xususiyatlari, holatlari va taraqqiyot ko‗rsatkichlarini aniqlab, sifatli va miqdoriy jihatdan o‗lchab beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasasi, umumta'lim maktablaridagi o‗quv-tarbiya jarayoni bolalarning qobiliyati va layoqatlarini har tomonlama rivojlantirishga, ular shaxsini shakllantirishga qaratilgan. Pedagogik jarayonning mahsuldorligi pedagogning o‗z o‗quvchilarini yaxshi bilishiga, ta'lim va tarbiyaning xilma-xil metodlarini qo‗llashiga bog‗liq.
Albatta, pedagogika fan sifatida tarbiyachiga pedagogik psixologiya sohasidagi tayyor
«retseptlar»ni bera olmaydi. Bunday ko‗nikmalar bolalar bilan bevosita muloqot jarayonida, ular xulq-atvorining motivlarini, hissiy-shaxsiy xususiyatlarini tahlil qilish mobaynida egallanadi. Bu haqida mashhur rus pedagogi K.D.Ushinskiy quyidagicha yozgan edi: «Biz unday yoki bunday qiling deb tushuncha bermaymiz. Biz ularga: Siz boshqarmoqchi bo‗lgan psixik hodisalarning qonuniyatlarini o‗rganing va ularga mos ravishda harakat qiling, deymiz».
Lekin tarbiyachilar bolalar psixologiyasi bo‗yicha bilimlarni juda kam qo‗llaydilar, asosan o‗quvchilar o‗zlashtirmaganlarida, taraqqiyotdan chetlashish yoxud buzilishlar sodir bo‗lgandagina foydalanishga harakat qiladilar. Bolalarning bunday holatlari chegara holatlari sifatida, psixik taraqqiyot kamchiligi o‗laroq shaxs aktsentuatsiyasining turli ko‗rinishi sifatida
tasniflanishi mumkin. Ularni aniqlash uchun bolalar psixologiyasi, klinik patopsixologiya va psixiatriya kabi sohalardagi bilimlar talab qilinadi. Bundan tashqari tarbiyachi bolalar psixologiyasining akseleratsiya (tez etilish), pedagogik qarovsizlik kabi muammolarini hal qilishiga to‗g‗ri keladi.
O‗qituvchi ta'lim va tarbiyadagi qiyinchiliklar nega va qanday paydo bo‗lishini tushunishi uchun, avvalo bola psixik taraqqiyotining asosiy qonuniyatlarini bilishi va turli psixik holatlarning psixologik diagnostika metodlarini egallashi zarur. O‗qituvchi bolalar bilan ishlashda psixodiagnostik tadqiqot doimiy kuzatish jarayonida olingan natijalardan qanchalik to‗g‗ri foydalana olishi ham muhim hisoblanadi.
Tajribaga asoslangan psixologik diagnostika fan sifatida XIX asr oxirida vujudga keldi. Xuddi shu davrda psixologiyada o‗lchash g‗oyasi keng tarqaldi. Psixodiagnostikaning mustaqil fan sohasiga aylanishi olimlarning insonlar psixikasidagi individual farqlarga qiziqishining ortishi bilan bog‗liq.
Psixodiagnostika psixologik diagnoz qo‗yish haqidagi fandir. Bunda diagnoz ko‗rsatkich va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holati va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |