O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta



Download 6,15 Mb.
bet134/193
Sana11.04.2022
Hajmi6,15 Mb.
#542095
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   193
Bog'liq
O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta lim vazirligi (1)

Ilmiy tadqiqot gipotezasini empirik tekshirish

Gipotezami nazariy jihatdan tekshirish - bu taxmin qilinayotgan fikrni ajratish isbotlangan va ilmiy adabiyotdarda mavjud bo‘lgan qoidalar, printsiplar bilan taqqoslashdan iborat bo‘lib, natijada shunda qurilayotgan faraz bilan o‘sha printsiplar o‘rtasida mantiqiy qarama-qarshilik yo‘qligi aniqlab olinadi. Gipotezami eksperiment tarzida tekshirib chiqish jarayonida uning to‘g`riligi yoki to‘g`ri emasligi ilmiy tadqiqotlar orqali olingan ma`lumotlarni analiz qilish asosida, tajribalar o‘tkazish yo‘li bilan belgilanadi.
Tadqiqotchi tomonidan aniqlab olingan va yozib qo‘yilgan voqealar, hodisalar faktlar deb ataladi. Shuning uchun kuzatuvchanlik ilmiy xodimning qimmatli fazilatlaridan hisoblanadi: u bunday qaraganda tadqiq etilayotgan ob`ektdagi uncha muhim emasdek tuyulgan xususiyatlarni ham, tajriba o‘tkazish shart-sharoitlarini ham tez ilg`ab olish va ularga to‘g`ri baho bera olish qobiliyatiga ega bo‘lmog`i kerak. Qat`iy ilmiy tushunish ma`nosidagi fakt deganda kuzatilayotgan hodisani yangi tajribada yoki boshqa tadqiqotchi olib borayotgan tajribada qayta tiklash imkoniyati nazarda tutiladi.
Empirik umumlashma - bu ob`ekt hodisalarini faqat ularning tashqi alomatlari asosida birlashtirilishidir.
Nazariy umumlashma - bu ob`ektlarni (hodisalarni) ularning muhim bir-biriga o‘xshashlik belgilariga qarab, ya`ni mazkur hodisaning o‘ziga xos xususiyatini belgilovchi tomonlariga qarab birlashtirilishidir.
Chunonchi, barcha o‘quvchilarni kuzatish asosida ikki intizomli va intizomsiz o‘quvchilar guruxiga ajratish mumkin. Bunday ajratish empirik umumlashtirish bo‘ladi, chunki bu o‘rinda o‘quvchilarning faqat tashqi harakteristikasi hisobga olinmoqda. Agar bir o‘quvchilarni ularning temperamenti xususiyatlariga qarab, funktsional xolatining o‘ziga xosligi va shu singarilarga qarab birlashtiradigan bo‘lsak, bu xildagi guruxlarga ajratilgan ishimiz nazariy umumlashmaning natijasi bo‘ladi, chunki bu o‘rinda biz bir xil
o‘quvchilarning intizomsizliklari, boshqalarning esa intizomli ekanliklari sababini izoxlab beramiz.
Eksperiment metodikasiga tadqiqot o‘tkaziluvchilar uchun topshiriq (ish uchun instruktsiya, material va xokazolar) tajriba o‘tkazish shart-sharoitlarining bayoni (eksperiment gurux yoki individual tarzda o‘tkazilishi, qancha vaqt davom etishi), sinalayotgan kishilarning tarkibi va miqdori, tajriba o‘tkazilayotganda almashinib turgan kishilarning bir-biriga bog‘liqligi va bog`liq emaslik darajasini aniqlash singari tadbirlar kiradi.
Tajriba tariqasida o‘quv-tadqiqot ishlarining quyidagi turlarini ko‘rsatish mumkin: 1.Kuzatishlar o‘tkazish (masalan maktab o‘quvchisini kuzatish, norasmiy xoldagi
maktab o‘quvchilaridan tashkil topgan mikroguruxni va sinf jamoasini kuzatish, o‘qituvchini kuzatish va xokazo).

  1. Muayyan eksperimental metodikani egallab olish. Ushbu metodika albatta, vakillikka ega bo‘lishi lozim. Ya`ni tanlangan metodika maqsad asosida belgilangan vazifalarni hamda farazni tekshirish imkoniga ega bo‘lsa, u xolda tanlangan metodika validlikka ega deyiladi. Validlik - ishonchimizning darajasi, u yoki bu tanlangan test, o‘lchov yo eksperiment haqiqatan belgilangan vazifani echishga qodirligi yoki aksi haqidagi ishonchimiz darajasi.

  1. ichki validlik - haqiqatan ham kuzatilayotgan effekt eksperimental yondashuvning natijasi;

  2. tashqi validlik - eksperimentimiz ijobiy natijaga ega bo‘lgan holda ham, keng ommaga qo‘llab bo‘lmasligi.

  1. Mazkur o‘quv guruxida (yoki mazkur sinfda) muayyan psixik xolatlar Yuzasidan o‘quvchilardagi individual-psixologik farqlar hamda o‘rtacha ko‘rsatkichlarni o‘rganish.

  2. Turli o‘ziga xos psixik xususiyatlarning ifodalanishi o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni aniqlash.

Dastlab to‘g`ri psixologik kuzatish olib borish malakasini hosil qilish zarur. Uni bajarayotganda kuzatish rejasini tuzib chiqish, ob`ektlarni tanlash, maqsadni belgilab olish, alohida e`tibor berilishi zarur bo‘lgan belgilarni aniqlab qo‘yish lozim; kuzatishni vaqt bo‘yicha taqsimlab chiqish lozim va xokazo. YAngi faktlarning olg`a surilishi, eksperiment tarzida tekshirib chiqish talab qilinadigan yangi-yangi masalalarni o‘rtaga qo‘yish ushbu ish turining ilmiy maqsadi bo‘lishi mumkin. Ayrim o‘quvchilarni, o‘quvchilar guruxi yoki o‘qituvchilarni ta`riflab beradigan ma`lumotlar to‘plash bu ishning amaliy maqsadi bo‘lishi mumkin.
Ishning ikkinchi turi muayyan metodikani egallab olish bilan bog‘liq bo‘lib, turli sharoitlarda sinov o‘tkaziladigan turli kishilarga nisbatan ko‘p marta tadbiq etishni talab qiladi. Bunday ishning ilmiy maqsadi u yoki bu metodikani qo‘llanish chegaralarini qidirib topish va uning variantlarini ishlab chiqishdan iboratdir.
Ishning uchinchi turi gurux uchun o‘rtacha ahamiyatga ega bo‘lgan (yoki ancha harakterli) jixatlarni statistik aniqlashning elementar metodlarini egallab o lishni nazarda tutadi.
Ishning turtinchi turi muammoning o‘rganilayotgan o‘ziga xos ayrim tomonlari o‘rtasidagi statistik aloqalarni aniqlash metodlarini egallab olishga yordam beradi. Bu o‘rinda turli yoshdagi va har xil ixtisosdagi sinalayotgan kishilarning psixik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risida, psixik hodisalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar haqida yangi axborotlar olish, ma`lumotlarni qayta tekshirish va shu singari ishlar ilmiy maqsad bo‘lib xizmat qilishi; ishning amaliy maqsadi - turli kursdagi studentlar va har xil
sinfdagi maktab o‘quvchilari to‘g`risida fakultet yoki maktab uchun zarur bo‘lgan ma`lumotlar olishdan iborat bo‘lishi mumkin.

Download 6,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   193




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish