to’siq yallig'lantirish jarayoniga uchraydi. Yallig'langan joyda immunitetga dahldor
hujayralar |makrofaglar limfositlar| va antitetolalar mikroblarni halok qiladi.
Viruslar qo’zg'atadigan kasalliklarda yallig’lanish jarayonining qarshilik ko’rsatish
(limfositlar, makrofaglar) bakteriyalar o'rtasida kurash ketadi. Limfa to’sig'ini
Qolganlari retikulo-endotelial tizimi organlari (taloq, ko’mik, limfa bezlari )
og’rigan bemor qonining
zardobida antitanalar paydo bo'ladi, ular aynan shu
kasallik rivojlanishga sabab bo’lgan mikroorganizmga ta'sir ko'rsatadi.
Organizmda yuz beradigan immun reaksiya limfoid sistema organlarining
faoliyatiga bog'liqdir.
Immun reaksiyaga dahldor hujayralar immunositlar deb ataladi. Ular 2 guruhga:
timusga aloqador hujayralar (T- limfositlar ) va ( V - limfositlarga) bo'linadi. T-
limfositlar immunitetning markaziy organi bo’lgan timus (ayrisimon) bezning
po'stloq qismida to’planib
ko'payadi va yetiladi, so’ng qonga tushadi. Hujayraga aloqador immunitet T-
limfositlar faoliyatiga bog'liq. V- limfositlar faoliyati gumoral immunitetni
ta'minlaydi, antitanalar ishlab chiqarish shu hujayra faoliyatiga bog'liq.
Qonda suzib yuradigan hamma hujayralar qon tanachalari suyak ko’migida
hosil bo'ladi. Hosil bo’lgan ona hujayralar qon orqali timus beziga, limfa bezlari
(peyer) pilakchalariga boradi. Uyerda ko'payib, rivojlanib, kamolga yetadi va
qonga tushadi. Limfositlar immun sistemani asosiy hujayralari hisoblanib doimiy
harakatda va organlar bo'ylab suzib yuradilar. Shunday qilib, organizmga antigen
kirganda yuz beradigan immun reaksiyani gumoral tomoni V-limfositlar
faoliyatiga bog'liq bo'lib, ular rivojlanib kamolga yetgandan keyin, antitana ishlab
chiqaradigan hujayralarga aylanadi. T-limfositlar immunitetning hujayra
faoliyatiga bog'liq qismini ta'minlaydi, organizmda begona unsur (to'qima)
kirganda uni parchalab, halok qiladi, yurak hujayralarini yemiradi, organizmning
mikroblarga nisbatan chidamligini oshiradi, immun reaksiyani tartibga solib turadi.
T-va V-limfositlar bilan bir qatorda makrofaglar ham immun reaksiyada muhim
o'rin tutadi. Qondagi monositlar va to'qima makrofaglari mononuklear, fagositar
sistemani tashkil etib, bu hujayralar qonda biriktiruvchi to'qimada, ko’mikda
jigarda, o’pka nerv tizimida, bo’g'imlarida keng tarqalgan. Makrofaglar begona
unsurlarni yutib olib, so’ngra T-limfositga uzatadi.Odam organizmi mikroblar
ularning toksinlari va umuman organizmga begona bo’lgan hamma unsurlarga
qarshi kurashish xususiyatiga ega ekanligini ta'kidlash mumkin.
Emlash yo'li bilan immunitet hosil qilish vaksinasiya deyiladi. Emlash maxsus
emlash taqvimi asosida olib boriladi. Profilaktik emlash ishlarining reja asosida
o’tkazilganligi tufayli 1978 yilda yer yuzida chinchechak butunlay tugatilgan.
Butun Jahon Sog'liqni Saqlash Tashkiloti 2000 yilga borib yer yuzida shol
(poliomielit) kasalligini mutloq tugatilishi shiorini o'rtaga tashladi. Bu maqsadda
rejali emlashdan tashqari, bu kasallik ko'proq uchrab turadigan mamlakatlarda
yoppasiga emlash kunlari o’tkazilmoqda. O'zbekistonda ham 1994 yildan boshlab
"poliomielitga qarshi ommaviy emlash milliy kun" lari o’tqazilmoqda. Uni 1996-
1997 yilda ham davom etirish rejalashtirilgan. Emlash ma'lum tartibda olib
borilishi uchun, u aniq muddatlarda amalga oshirilishi va qaysi kasallikka qarshi
emlash majburiyligi belgilangan bo'lishi kerak. Uni emlash taqvimi (kalendari)
deyiladi. O'zbekistonda hozirgi vaqtda emlash taqvimi 1993 yilda kuchga kirgan
(emlash jadvali ilova qilinadi). Emlash quyidagi usullarda amalga oshiriladi: teri
osti, teri orasiga, teri yuzasini tirnab og'iz orqali nafas yo'llari orqali va boshqa
usullar orqali. (Jadval 2).
Rejali emlashdan tashqari epidemik vaziyat taqozo etganda shoshilinch emlash
o’tqaziladi.
Emlash ishlarini tashkil etish ma'lum talab va qoidalariga qat'iy amal qilingan
holda olib boriladi.
1. Har bir ambulatoriya poliklinikada aholini yoshini belgilagan holda olib
boriladi.
2. Har bir emlashdan oldin bola albatta shifokor pediatr ko’rigidan o’tishi kerak
|F 112 kartaga yoziladi|.
3. Emlashdan oldin vaksina solingan ampulaning butunligi, yarog'ligi
etiketkasidagi yozuv tekshiriladi.
4. Emlash jarayonida aseptikaga qat'iy amal qilish kerak.
5. Vaksinalarni tashishda va saqlashda harorat zanjiri talabiga qat'iy rioya qilish
kerak.
6. Emlash to'g'risida hamshira 63-shakl ehtiyotdan emlash varaqasiga qayd qilish
kerak.
Emlashdan keyin onaga bola ahvolida noxushlik belgilari kuzatilsa, tana harorati
ko’tarilishi, toshma toshishi, og'riq, qizarish kabilar bo’lsa, darhol vrachga
murojaat qilishi uqtiriladi.
Orttirilgan immunitetning turlari (jadval-I)
Immunitet Tabiiy sharoitda orttirilgan immunitet Sun'iy ravishda orttirilgan
immunitet
Faol
Yuqumli kasalliklar bilan og’rigan
bemorda paydo bo'ladigan immunitet
Emlangandan so’ng paydo
bo'ladigan immunitet
Faol
bo’lmagan
Onadan yo’ldosh, ko'krak suti orqali
bolaga o’tadagan antitanalarga
bog'liq immunitet
Qon zardobi yuborilgandan
so’ng paydo bo'ladigan
immunitet
1998-2002 YILLAR UCHUN PROFILAKTIK EMLASH TAQVIMI
BOLALARNI
EMLASH JADVALI
Bolaning
yoshi
Emlash turlari
"V"
virusli
gepatitga
(VGV)
ga qarshi
Silga
qarshi
(BSJ)
Poliomie-
litga
qarshi
(OPV)
Tepkiga
qarshi
Qizamiqqa
qarshi
Bo’g'ma,qoqshol,
ko’kyo’talga
qarshi (AK.DS)
(ADS-M)
1-kun
VGV-1
BSJ -
1
2-5- kun
OPV-0
2oy
VGV-2
OPV-1
AKDS-1
3 oy
OPV-2
AKDS-2
4oy
OPV-3
AKDS-3
9oy
VGV-3
Qizamiq-l
16oy
OPV-4
Tepki
Qizamiq-2 AKDS-4
7yosh
BSJ-2 OPV-5
ADS-M-5
16-
l7yosh
(9-sinf)
BSJ-3
16-17
yosh
(10-
sinf)
ADS-M-6