O`zbekiston respublikasi oliy va o'rta



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/98
Sana15.11.2020
Hajmi0,74 Mb.
#52641
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98
Bog'liq
tibbiy bilim asoslari

 

 

 

 


Mavzu: Epidemiologiya asoslari. Immunitet 

 

R E J A : 

 

1.  Yuqumli kasallik haqida tushuncha va uning qisqacha tarixi. 

2.  Epidemiologiya fani haqida ma'lumot va uning vazifalari. 

3.  Yuqumli kasalliklarni   oldini olish va ularga qarshi kurash chora-tadbirlari. 

4.  Immunitet va uning turlari, immunitetni kuchaytirish yo’llariю 

 

     Yuqumli kasalliklar insoniyatga qadim zamondan ma'lum. Chinchechak, vabo, 



o’lat kabi xatarli yuqumli kasalliklar vaqti-vaqti bilan keng tarqalib, millionlab 

odamlarning yostig'ini quritgan. Yuqumli kasalliklarni kelib chiqish sabablari uzoq 

vaqt noma'lum bo'lib kelgan.     

      Tabobat ilmining bobokaloni Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’zining “Tibbiyot 

qonunlari" kitobida "Kasalliklardan ba'zilari yuqumli bo'ladi, bular deb yozadi u 

moxov, qo’tir, chinchechak, vabo isitmasi, yiringlagan yaralar kabi 

xastaliklardir".Yuqumli kasalliklar deb, yuqumli (patogen) mikroorganizm bilan 

makroorganizm (odam, hayvon) o'rtasidagi tashqi muhit omillari ta'siri natijasida 

bo'lib o'tadigan munosabatlardan kelib chiqadigan kasallikka aytiladi. 

Mikroorganizm bilan makroorganizm o'rtasidagi munosabat turlicha yakunlanishi 

mumkin: 1) mikrob makroorganizm himoya vositalari ta'sirida tezda halok bo'ladi; 

2) mikrob o’ziga qulay sharoit topib ko'payadi va organizmning qarshiligiga 

bardosh berib, uzoq saqlanadi. Organizmda mikrob bor ekan yuqumli kasallikka 

xos o'zgarishlar oz bo’lsada, yuz beradi, lekin kasallik latent yashirin shakllarda 

kechadi; 3) patogen mikrob organizmda tez ko'payadi va uning himoya kuchlarini 

yengib, o'zining patogenlik xususiyatini namoyon qiladi. Organizmda kasallik avj 

olib boradi. 

  Yuqumli kasalliklar boshqa kasalliklardan farqli ravishda o’ziga xos kechish 

xususiyatlariga ega.  

l. Yuqumli kasalliklarni tirik patogen (yuqumli) mikroorganizm qo’zg'atadi. 

2. Yuqumli kasallikni tarqatuvchi manbai bo'lib, kasallikni boshqalarga tarqatishi 

mumkin. 


3. Yuqumli kasalliklarning yuqish va tarqalish yo’llari mavjuddir. 

4. Yuqumli kasalliklar muayyan davrlar bilan kechadi. 

5. Bemor qaysi yuqumli kasallik bilan og'rib o’tsa, uning organizmida o’sha 

kasallikka qarshi immunitet hosil bo'ladi. 

6.Yuqumli kasalliklar mavsumiy tarzda uchraydi. 

         lnfeksiya so'zi lotin tilidan olingan bo'lib, "ifloslanish" degan ma'noni 

anglatadi, tor ma'noda olinganda mikroorganizmning makroorganizmga kirishidir. 

Infeksion jarayon esa patogen omil kirgan organizmda yuz beradigan fiziologik va 

patologik o'zgarishlar yig'indisidir.Yuqumli kasalliklarni bakteriyalar, viruslar, 

sodda jonivorlar, parazitlar, rikketsiyalar kabi mikroorganizmlar 

qo’zg'atadi.Yuqumli kasalliklar sog’lom odam yoki hayvonga bemor sog’lom 

mikrob tashuvchilar, rekonvalessentlardan yuqishi mumkin.Yuqumli kasalliklar 

quyidagi yo’llar bilan tarqaladi: 1. havo tomchi yo'li orqali; 2.alimentar yo’l: 3. 



fekal-oral yo'li; 4.kontakt yo’l; 5. transmissiv yo’l; 6. parenteral; 7 suv orqali; 8. 

transplasenlar yo’l orqali. 

     Yuqumli kasalliklarning kechishida davriylik xos bo'lib, ular quyidagilardan 

iborat: 1. yashirin i inkubatsion davri;  2. boshlang'ich yoki prodromal davri; 3. avj 

olish davri; 4 tuzalish (rekonvalesensiya) davri; 5. sog'ayish davri;  

     Yuqumli mikroorganizm odam organizmiga tushgandan keyin kasallik 

alomatlari darxol yuzaga chiqmaydi. Bu davr yuqumli kasalliklarda turlicha bo'lib 

yashirin davr deb ataladi.Keyingi davr boshlang'ich  (prodromal) davri deb 

yuritiladi. Bunda kasallikning boshlang'ich belgilari yuzaga chiqib rivojlanib 

boradi. Kasallikning avj olish davrida kasallikka xos bo’lgan klinik belgilar paydo 

bo'ladi. Kasallik alomatlari kamaya borib, bemor o’zini yaxshi his qila boshlashi 

bemorda tuzalish (rekonvalesensiya) davri  boshlaganligidan darak beradi.  Bu 

davr ko'pincha sog'ayish davri  bilan tugallansa, ayrim hollarda kasallik zo’rayishi 

mumkin.Yuqumli kasalliklarda to’la sog’ayish faqat kasallik alomatlarining 

butunlay yo’qolishi emas, balki bakteriologik sog'ayish bilan aniqlanadi. Ba'zi 

kasalliklarda, masalan ich terlamada bemor tuzalib ketgandan keyin ham uning 

organizmidan yuqumli mikroblar ajralib turadi. Bu holat kasallikdan keyin 

bakteriya tashuvchilik holati deb ataladi. Bu xolat 3 oygacha davom etsa, o'tkir 

bakteriya tashuvchilik hisoblanadi.Yuqumli kasalliklardan so’ng bemor 

organizmida shu kasallik mikroblariga nisbatan immunitet paydo bo’ladi. Bu 

immunitet orttirilgan tabiiy immunitet bo'lib, himoya xususiyati turli muddatgacha 

saqlanib qoladi. Yuqumli kasalliklar yil davomida mavsumga qarab ko'payib va 

kamayib turadi. 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish