o’ziga xos talvasa tutqanoqlari bo'lib turishi va bemor shaxsiyatining xarakterli
uchun bemor ko'pincha oldi va bir yon tomonga, orqasiga orqasiga yiqilib tushadi.
taranglashgan bo'ladi. 20-40 sekundan keyin tonik talvasalar klonik talvasalar bilan
reflekslarini hosil qilib bo'lmaydi. Og’zidan ko'pik chiqadi, tili yoki lunjining ichki
yuzasini ho’llab olgani uchun bu ko'pik qon aralash bo'ladi. Aksari odam, g’ayri-
muskullar bo’shasha boshlaydi. Bemorning es-hushi kirarli-chiqarli bo'lib turadi
va
ko'pincha uxlab qoladi. Tutqanoqning hammasi ko'pi bilan 2-3 minut davom etadi.
Tutqanoqlar kunduzi ham, tunda, uyqu vaqtida ham tutib qoladi. Tutqanoqlar har
xil vaqtni oralab har kuni, haftasiga, oyiga bir marta va bundan ham ko’proq vaqt
oralab tutib turadi. Ba'zan tutqanoqllar bir necha soat davomida to’xtamasdan
ketma-ket tutaveradi. Tutqanoqlar orasida shu qadar kam vaqt o'tadiki, bemorlar
es-hushi o’ziga kelishiga ulgura olmay qoladi.
Epilepsiya holati (status-epilepticus) deb shunga aytiladi. Epilepsiya holatida
shoshilinch choralar ko’rish kerak bo'ladi, chunki u o’limga olib borishi mumkin.
Ba'zi bemorlar tutqanoq tutishini oldindan bilishadi. Ularning ahvoli o’zgarib
umuman, darmoni quriydi, kayfi-ruhiyati yomonlashib qoladi. Tutqanoqni ancha
oldindan keladigan darakchilari deb shularni aytiladi. Ko'pchilik bemorlarda
tutqanoqlar bir necha sekund davom etadigan aura (shabada) dan boshlanadi.
Bunda bemor turli sezgilar sezadi.U terga botadi, rangi oqarib yoki qizarib ketadi,
og'iz bo'shlig'ida quruqlik sezadi.
Badanida chumolilar o’rmalab ketayotgandek uvishib qolgandek bo'lib tuyuladi.
Tutqanoq boshlanishidan oldin bemorlar ko'ziga ravshan yorug'lik dog’lari, yong'in
shu'lalari ko'rinishi, qulog’iga qo’ng'iroq ovozi, shovqin-suron, baqiriq-chaqiriqlar
eshitilishi, dimog'iga qo'lamsa hid, g'alati maza ta'mlar urayotgandek bo'lib
tuyilishi mumkin.Yuqorida tasvirlab o’tilgan katta tutqanoqlardan tashqari, kichik
tutqanoqlar ham uchraydi. Kichik tutqanoq odatda bir necha sekunddan ortiq
davom etmaydi. Ayni vaqtda bemor yiqilib tushmaydi, ularga katta tutqanoqda
bo’lganidek talvasa tutmaydi. Ular bir lahza ma'lum holatda go’yo qotib qolgandek
bo'ladi. Yuzi oqarib ketadi. Ayrim muskul guruhlari uchib turishi mumkin.
"Absans" o’zbekchaga tarjima qilganda "yo’qlik, o’zdan ketib qolish" degan
ma'noni bildiradi. Bemor qisqa vaqtda ( bir necha sekundga) o’zini bilmay qoladi.
Masalan. Biror ish yoki suhbat vaqtida bemor go’yo qotib qoladi, ko'zi bir nuqtaga
qadalib turadi, keyin esa u boshlagan ishni davom ettiraveradi.Bunday holatlarni
bemorlarni o’zi, odatda, sezmaydi, atrofdagilar ham buni payqasha bermaydi.
Birinchi tibbiy yordam ko’rsatish. Bemor xurujning boshidan oxirigacha yordamga
muhtoj
bo'ladi. Xuruj tutgan vaqtda bemorni ushlab qolishga urinish va bir joydan ikkinchi
joyga ko’chirish yaramaydi. Boshi tagiga yumshoqroq narsa qo’yish, nafas olishiga
halaqit beradigan kiyimlari tugmalarni bo’shatish, tini tishilab olmasligi uchun
tishlari orasiga buklangan ro’molcha, yog'och qoshiq qo’yish lozim. Bemorning
yuziga suv sepish, atrofida shovqin qilish, nashatir spirti bug’larini hidlatish
mumkin emas.
Tutqanoq- ko’chada ro'y bergan taqdirda xuruj tugagandan so’ng bemorni uyga
yoki davolash muassasasiga olib borish kerak. Dori moddalaridan talvasaga qarshi
ta’sir ko'rsatadigan preparatlardan fenobarbital, benzonal, geksamiddin, difenin,
xlorakon hammadan ko’ra ko'proq ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: