XULOSA.
Hozirgi davr dunyoda g’oyaviy qarama-qarshiliklar murakkab tus olgan,
mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham kuchliroq bo’lib borayotgan davrdir.
Dunyoning hududiy jihatdan turli mintaqa va qit’alarga bo’linishini geografiya
darslaridan yaxshi bilamiz. Jahonning siyosiy xaritasiga qarab va mavjud
davlatlarning chegaralarini hisobga olgan holda ham Yer yuzining hududiy
bo’linishini bemalol tasavvur qila olamiz. Insoniyat XXI asr oxiriga kelib bir qator
chegara bilmaydigan muammolarga duch keldi. Urush va tinchlik, ekologik
falokatlar, ma’naviy qashshoqlik, narkobiznes, terrorizm kabi muammolar ana
shular jumlasidandir. Shu bilan birga dunyoda globallashuv, axborot oqimining
tezlashuvi va intensivlashuvi, universal texnologiyalar bilan bog’liq umumbashariy
jarayonlar ham bormoqda. Butun Yer yuzi odamzot uchun yagona makon ekanligi
aniq. Bunga shak-shubha yo’q, albatta. Ammo tarixda mavjud chegaralarni
o’zgartirish, muayyan hududlarni bosib olish uchun son-sanoqsiz urushlar bo’lgani
ma’lum. Bu jarayonda esa urush qurollari muntazam takomillashib borganini
bilamiz. Mazkur urushlar to XX asrgacha asosan ko’proq bir davlat ichida, ikki
davlat o’rtasida yoki nari borganda bir mintaqa doirasida bo’lishi mumkin edi.
To’g’ri, aytaylik, Aleksandr Makedonskiy, Chingizxonning ulkan davlat barpo
etish uchun yoki o’rta asrlardan boshlab yevropalik istilochilarning boshqa
qit’alarni zabt etish uchun olib borgan urushlari ko’lami jihatidan ajralib turadi.
Ammo bunday holatlar istisno hodisalar sifatida baholanmog’i kerakka o’xshaydi.
XX asrda ro’y bergan ikkita jahon urushida o’nlab davlatlar, bir necha qit’a
mamlakatlari ishtirok etganligini eslasak, bunday xulosa muayyan darajada o’rinli
ekanligiga ishonch hosil qilish mumkin. Urush qurollari takomillashib boraverdi.
Bugungi kunda ular boshqa hududni bosib olish u yoqda tursin, balki butun Yer
sayyorasidagi hayotni bir necha marta yo’q qilib tashlashga yetadi.
Shu bilan birga, hozirgivaqtda mafkuraviy vositalar orqali o’z ta’sir doirasini
kengaytirishga intilayotgan siyosiy kuchlar va harakatlar ham yo’q emas.
Tajovuzkor millatchilik va shovinizm, neofashizm va kommunizm, irkchilik va
diniy ekstremizm mafkuralari shular jumlasidandir.
Natijada dunyoda inson qalbi va ongini egallash uchun kurash tobora kuchayib
bormoqda. Bu hol bugungi kunda dunyoning mafkuraviy manzarasini belgilab
bermoqda.
Kishilik jamiyati tarixi insonda olijanob fazilatlarning shakllanishi va
rivojlanishiga ham, ayni paytda g’ayriinsoniylikning xilma-xil ko’rinishlari ildiz
otib o’zining mudhish qiyofasini namoyon qilishiga ham ko’p bor guvoh bo’lgan.
Afsuski, insoniyatning butun tarixi davomida bunday illatlar unga hamroxlik qilib
keldi, turli davrlarda yangi shakl - shamoyil, xususiyat kasb etdi. Bugungi kunda
ularning eng yovuzlari Yer yuzidagi tinchlik va totuvlik, hamkorlik hamda
hamjihatlikka va oxir-oqkibatda insoniyatning yagona birlik sifatida erkin taraqqiy
qilishiga katta xavf tug’dirmoqda.
Bugun dunyoning mafkuraviy manzarasini o’z maqsadlari yo’lida
o’zgartirmoqchibo’layotgan mafkura shakllari barqarorlik va taraqqiyotga tahdid
solmoqda.
Globallashuv – bu, avvalo, hayot sur`atlarining beqiyos darajada tezlashuvi
demakdir. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar
tig’iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha bu voqea bizdan juda olisda yuz
beribdi, uning bizga aloqasi yo’q, deb beparvo qarab bo’lmaydi. Ana shunday
kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi
hech gap emas.
Bugungi zamonda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko’proq
kuchga ega. Masalaning kishini doimo ogoh bo’lishiga undovchi tomoni shundaki,
agar harbiy, iqtisodiy, siyosiy tazyiq bo’lsa, buni sezish, ko’rish, oldini olish
mumkin, ammo mafkuraviy tazyiqni, uning ta`siri va oqibatlarini tezda ilg’ab
yetish nihoyatda qiyin.
Jahon axborot maydonini tobora kengayib borayotgan shunday bir sharoitda
bolalarning ongini faqat o’rab – chirmab, uni o’qima, buni ko’rma, deb bir
tomonlama tarbiya berish, ularning atrofini temir devor bilan o’rab olish, hech
shubhasiz, zamonning talabi ham, bizning ezgu maqsad – muddaolarimizga ham
to’g’ri kelmaydi. Nega deganda, biz yurtimizda ochiq va erkin demokratik jamiyat
qurish vazifasini o’z oldimizga qat`iy maqsad qilib qo’yganmiz va bu yo’ldan hech
qachon qaytmaymiz.
Barchamizga ayon bo’lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm
sursa, eng dolzarb masalalar o’zibo’larchilikka tashlab qo’yilsa, o’sha yerda
ma`naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi.Va aksincha – qayerda xushyorlik va
jonkuyarlik, yuksak aql – idrok va tafakkur hukmron bo’lsa, o’sha yerda
ma`naviyat qudratli kuchga aylanadi.
hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma`naviy
qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog’lik holatlar
bugungi taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta
xavf solmoqda va ko’pchilik butun jahonda bamisoli balo – qazodek tarqalib
borayotgan bunday xurujlarga qarshi kurashish naqadar muhim ekanini anglab
olmoqda.
Hozirgi vaqtda ko’z o’ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy,
axborot – kommunikatsiya manzarasida chuqur o’zgarishlar ro’y berayotgan, turli
mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki,
fikrga qarshi fikr, g’oyaga qarshi g’oya, jaholatga qarshi ma`rifat bilan kurashish
har qachongidan ko’ra muhim ahamiyat kasb etmoqda.
RAHBAR ADABIYOTLAR RO’YHATI:
1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. -T. «O’zbekiston», 2014.
2. Karimov I.A. O’zbekiston XX1 asr bo’sag’asida: xavfsizlikka, tahdid,
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. T.6. - T.: «O’zbekiston», 1997.
3. Karimov I.A. Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat
etsin. T.7.- T.: «O’zbekiston», 1999.
4. Karimov I.A. Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e’tiqodi va buyuk kelajakka
ishonchdir. T.8. -T.: «O’zbekiston», 2000.
5. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. - T.: «O’zbekiston», 2000.
6. Karimov I.A. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot - pirovard
maqsadimiz. T.8. -T.: «O’zbekiston», 2000.
7. Karimov I.A. Egali yurt erkini bermas. T.9. - T.: «O’zbekiston», 2001.
8. Karimov I.A. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasiga
so’z boshi. T.9. - T.: «O’zbekiston», 2001.
9. Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan,
hamkorlik yo’li. - T.: «O’zbekiston», 2003.
10.Karimov I.A. Vatanimizning tinchligi va xavfsizligi o’z kuch - qudratimizga,
xalqimizning hamjihatligi va bukilmas irodasiga bog’liq. -T.: «O’zbekiston»,
2004.
11.Karimov I.A. El-yurtga halol, vijdonan xizmat qilish har bir rahbarning
muqaddas burchi. Andijon viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan
tashqari sessiyasida so’zlagan nutq. «Ishonch», 2004 yil 26 may.
12.Karimov I.A. Qonun va adolat ustuvorligi faoliyatimiz mezoni bo’lsin.
Surxondaryo viloyat xalq deputatlari Kengashining navbatdan tashqari
sessiyasida so’zlangan nutq. «Xalq so’zi», 2004 yil 2 iyun.
13.Karimov I.A. Biz tanlagan yo’l - demokratik taraqqiyot va ma’rifiy dunyo bilan
hamkorlik yo’li. T.11. -T.: «O’zbekiston», 2003.
14.Karimov
I.A.
Tinchlik
va
xavfsizligimiz
o’z kuch-qudratimizga,
hamjihatligimiz va qat’iy irodamizga bog’liq. T.: 12. -T.: «O’zbekiston», 2004.
15.Karimov I.A. Imperiya davrida bizni ikkinchi darajali odamlar, deb hisoblashar
edi. - T.: «O’zbekiston», 2005.
16.Karimov I.A. Bizning bosh maqsadimiz - jamiyatni demokratlashtirish va
yangilash, mamlakatni modernizatsiya va isloh etishdir. -T.: «O’zbekiston»,
2005.
17.Karimov I.A. O’zbek xalqi hech qachon, hech kimga qaram bo’lmaydi. -T.:
«O’zbekiston», 2005.
O’QUV QO’LLANMA VA DARSLIKLAR RO’YHATI:
1. Abdulla Avloniy. «Turkiy guliston yoxud axloq». -T.: «Sharq», 1994.
2. Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, -T.: «Yangi asr avlodi»,
2001.
3. Ergashev I. va boshq. Milliy istiqlol g’oyasi: O’zbekiston Respublikasi Oliy
ta’lim bakalavriat bosqichi uchun darslik. -T.: Akademiya, 2005.
4. Uzoqov X. Panturlizm - bolьshevizmning ashaddiy dushmani. «Xalq ta’limi»,
1998. №3.
5. Irisov B. Din, aqidaparastlik va tahdid. -T.: Ma’naviyat, 2000.
6. Jo’raev N. Mafkuraviy immunitet. -T.: «Ma’naviyat», 2000.
7. Saifnazarov I., Karimov T.: Muxtorov A. Xalqimizning hamjihatligi terrorizmga
qarshi kafolatdir. -T.: «Yangi asr avlodi», 2004.
8. Ochildiev A. Milliy g’oya va millatlararo munosabatlar. -T.: «O’zbekiston»,
2004.
9. Bekmurodov A.SH. Ma’naviy-ma’rifiy faoliyat: ustuvor masalalar va
innovatsiyalar. -T.: TDIU, 2005.
10.CHumakov A.N. Globalizatsiya. Konturы tselostnosti mira: monografiya. – M.:
TK Velbi, izd-vo Prospekt, 2005.
INTERNET MA’LUMOTLARI:
1. fikr.uz/posts/toshkent_islom_universiteti/20946.html
2. sog’lom.uz/…/1399_globallashuv_jarayonining_ma’naviyatga_ta’siri.html
3. www.testing.uz/.../globallashuv_jarayoni.../3-1-0-2929
4. surxon.gov.uz/…/391_globallashuv_davrida_ma’naviy_tahdidlar.html.
5. uzhurriyat.uz/xalqaro…/axborot_globallashuvi.mgr.
6. uza.uz/…/globallashuv_jarayoni_va_axborot_xavfsizligi_14.05.2014_32532.
Do'stlaringiz bilan baham: |