Hozirgi kunda po‟lat va temir asosida qotishmalarning bir vaqtda ham
oquvchanlik chegarasini, ham qayishqoqligini oshiradigan faqat ikkita puxtalash
mexanizmi mavjud. Bular donani maydalash va zich yupqa chegaralarga ega
bo‟lgan donalar burchaklari uncha katta farq qilmagan dislokatsion strukturani
yaratish.
Yuqori mustahkamlik va mort vayron bo‟lishga qarshilik ko‟rsata oladigan
strukturalarni hosil qilishda quyidagi qoidalarni hisobga olish lozim:
-
dislokatsiyalar harakatiga shunday strukturaviy to‟siqlar tizimi yaratilishi
kerakki, unda bitta siljish tekisligida mahalliy zo‟riqishlardan oshgan va vayron
bo‟lishiga olib keladigan dislokatsiyalarni yig‟ilishiga yo‟l qo‟yilmasligi kerak;
-
juda yuqori zo‟riqishlarda deformatsiyalarni qo‟shni hajmlarga bemalol
taqsimlash uchun to‟siqlarning o‟tkazuvchanligi yetarli bo‟lishi kerak;
-
to‟siqlqr orasida dislokatsiyalar erkin harakatlana olish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |