10.Xulosa va foydalanilgan adabiyot………………………………………56-bet.
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. Tabiat va inson orasidagi munosabatlar azaldan hammani kiziqtirib kelayotgan eng muhim muammolardan biri xisoblapadi. Ayniqsa, sanoat va transportning tez o’sishi, aholining ko’payishi va urbanizatsiyasi, qishloq xo’jalik ishlab chiqarishning kimyolashtirish, yerlarni betartib, rejasiz o’zlashtirish, suv boyliklaridan xo’jasizlarcha foydalanish bir tomondan jumhuriyat boyliklaridan ko’proq foydadanishga imkoniyat bersa, ikkinchi tomondan atrof-muhitga salbiy ta’sir etib, uning dastlabki tabiiy muvozanatini buzilishiga olib kelmoqda. Natijada Respublikada havo va suvi ifloslanmoqda, tuproq zroziyasi tezlashmoqda, o’simlik va hayvonlarning ba’zi turlari kamayib yoki yo’qolib ketmoqda, tabiiy yodgorliklar shikastlanmoqda. Natijada tabiat muhofazaga muhtoj bo’lib qolmoqda.
Hozirgi kunda avtomobil transportning atrof-muhitga ta'siri bizning davrimizning eng dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan avtomobillar tomonidan atmosferaga chiqarilayotgan ifloslantiruvchi moddalar ulushi hozirku vaqtda 50 foizga yetgan bo`lsa, o`tgan asrning 70-yillari davrida bu ko‘rsatkich atigi 10-15 foizni tashkil etgan ekan. Katta davlatlar va zamonaviy megapolislarda esa ko'rsatkich 65-70% ga yetishi mumkin ekan. Bundan tashqari, yemirilish miqdori har yili taxminan 3% ga oshadi va bu jiddiy tashvish tug'dirishi tabiiy.
Qiziqarli fakt: Avtomobil transporti atrof-muhitga zarar yetkazish bo'yicha yetakchi o'rinni egallaydi, u atmosfera ifloslanishining asosiy manbayi hisoblanadi. Bu atmosfera ifloslanishining 90% dan ko`prog`ini, shovqin ta'sirining 50% dan biroz kamrog`ini va iqlim tasirining taxminan 66-68% ni tashkil qiladi.
Avtomobil transportining bugungi kunda ekologik muammolari juda dolzarb va zamonaviy modellarning ishlash xususiyatlari bilan bog'liq.Agar biz o'rtacha ko'rsatkichlarni oladigan bo'lsak, unda bir mashina yil davomida taxminan to'rt tonnadan ortiqroq kislorodni yutadi.Bu yoqilg'i yonish jarayonini boshlash uchun zarur hisoblanadi. Avtomobil dvigatelida yonilg`ining yonish natijasida ko'plab zararli tarkibiy qismlardan iborat chiqindi gazlar miqdori hosil bo'ladi.
Shunday qilib, yiliga taxminan 900 kg uglerod oksidi, 200-230 kg uglerod va taxminan 38-40 kg azot oksidi chiqariladi. Atmosferaga penzaperin birikmalar ham chiqariladi: besh ming tonnaga yaqin qo'rg'oshin, bir yarim tonnaga yaqin benzopilen, 28 tonnadan ortiq benzol va 18 ming tonnadan ortiq formaldegid moddalariajralib chiqadi. Va avtomobil dvigateli faoliyati davomida yonishdan so`ng chiqariladigan barcha zararli va zaxarli moddalarning umumiy miqdori taxminan 21 million tonnani tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |