O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta ta’lim vazirligi Termiz Davlat Universiteti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya ta’lim yo`nalishi I kurs 120-guruh talabasi Elamonov Zuxriddinning “botanika” fanidan tayyorlagan Kurs ishi Mavzu



Download 3,36 Mb.
bet4/5
Sana11.07.2022
Hajmi3,36 Mb.
#777023
1   2   3   4   5
Bog'liq
B-120

Oddiy rayhon-(Acimum basilicum)
Bir yillik o‘t o‘simlik, uning oq rayhon,qora rayhon, osh rayhon, turlari ma’lum. Ular ziravor va xushbo‘y o‘simlik sifatida ekiladi. Rayhon (Ocimum) — labguldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtlar, chala va past boʻyli butalar turkumi; manzarali, dorivor va ziravor ekin. 60 (ayrim maʼlumotlarga koʻra, 150) turi tropik va subtropik mintaqalarda usadi. Evgenol rayhon (Ocimum gratissimum) turi Janubiy Afrika, Hindiston, Shri Lanka, Gruziya, RF ning Krasnodar oʻlkasi janubida (oz miqdorda) bir yillik ekin sifatida ekiladi. Issiqsevar, namsevar, yorugʻsevar, qurgʻoqchilikka’ chidamli oʻsimlik. Bargi yirik, tuxumsimon, gullari oq yoki pushti, poya va novdalari ichida boshoqsimon toʻpgulga yigʻilgan. Yashil massasi tarkibida 0,3% efir moyi bor (efir moyining 70%'ni atirupa, oziq-ovqat sanoati va tibbiyotida ishlatiladigan evgenol modsasi tashkil etadi). Urugʻi erta bahorda issiqxona va parniklarga sepiladi, dalaga koʻchat qilib ekiladi. Hosildorligi 40—80 s/ga koʻk massa. Janubiy Osiyodan kelib chiqqan O. basilicum (oddiy rayhon) turi Oʻzbekistonda manzarali, oshkoʻk va ziravor ekin sifatida oʻstiriladi. Boʻyi 25—40 sm, gultojisi 2 labli, may—oktabr oylarida gullab urugʻlaydi, koʻchat qilib ekiladi. Bargining rangi va oʻsimlik shakliga qarab oq rayhon, osh rayhon, sada rayhon, qora rayhon, hoji rayhon kabi xillarga boʻlinadi. Ularning 300 dan ortiq navi bor.

Pechaknamolar qabilasi – Sonvolvulales.


Bu qabila 2 ta oiladan tarkib topgan.
1. Pechakdoshlar oilasi- Sonvolvulaseae.
Bu oilaga 40 ta turkum va 1500 tur kiradi. Ular tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan buta, chala buta va oʻt oʻsimliklardir. Poyasi yer bagʻirlab, chirmashib yoki tik oʻsuvchi oʻsimlik. Barglari oddiy, butun baʼzan chetlari boʻlmali yoki patsimon boʻlingan. Gullari asosan bitta, baʼzan dixaziy toʻpgulni hosil qiladi. Gullari ikki jinsli, toʻgʻri. Gulkosa barglari 5 ta, erkin yoki birikib oʻsgan. Gultojbarglari 5 ta karnaysimon. Changchilari 5 ta, urugʻchisi 2 ta yoki 3-5 mevabargchasining birikib oʻsishidan hosil boʻlgan. Tugunchasi ustki. Mevasi koʻsakcha.
Gul formulasi: ( Ca(5)Co(5) A5 G (2)yoki (3-5)
Oila vakillari: Dala pechagi (Sonvolvulus arvensis), koʻp yillik oʻt Begona oʻt sifatida ekinlar orasida oʻsadi (67-rasm,G).
2. Zarpechakdoshlar oilasi – Suscutaseae.
Bu oila 1ta turkum va 100 ta turni oʻz ichiga olgan bargsiz, xlorofilsiz, haqiqiy ildizlarga ega boʻlmagan, ipsimon, poyasidan chiqqan gaustoriylari bilan xoʻjayin oʻsimlik tanasidagi shirani soʻrib oziqlanuvchi bir yillik parazit oʻsimliklardir. Ular asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan.
Gul formulasi: (Sa(5) So(5) A(5) G (2)
Mevasi koʻsakcha. Urugʻlari koʻp yillar davomida unib chiqish qobiliyatini yoʻqotmaydi.
Oila vakillari: Ingichka poyali chirmovuq (Suscuta approximata), Lemman chirmovugʻi, Devpechak (S. lemmaniana), Dala chirmovugʻi (S. sampestris).

3. Govzabonnamolar qabilasi – Boraginales.


Bu qabila 7 ta oilani birlashtiradi. Shulardan bizning sharoitimizda ham uchraydigan oila gʻovzabondoshlardir.
1. Govzabondoshlar oilasi – Boraginaseae.
Bu oilaga 100 ta turkum, 1780 ta tur kiradi. Ular Yer sharining deyarli hamma nuqtasida uchraydigan bir yoki koʻp yillik oʻt, buta va daraxt oʻsimliklardir. Barglari oddiy, poyada ketma-ket joylashgan. Oilani muhim belgisi, oʻsimlik tanasi qattiq, dagʻal tuklar bilan qoplangan. Toʻpgullari qoʻshaloq gajaklardan iborat.
Gul formulasi: ( Ca5Co5 A5 G (2)
Mevasi quruq, toʻrtta yongʻoqchaga ajraladi, baʼzi turlarining mevasi sersuv danakchalidir.
Oila vakilari: Oq tuli kampirchapon (Trichodesma incanum), Mehrigiyoh (Onosma dichroantha), Xoʻkiz tili (Anchusa italica), Mayda mevali lappula (Lappula microcarpa) va boshqalar (68-rasm).
Ahamiyati: Oilaning baʼzi turlari dori olinadigan, boʻyoq va shira beruvchi oʻsimliklar. Ayrimlari begona oʻt sifatida ekinlar orasida uchraydi. Yana boshqalari esa zaharli (kampirchopon) oʻsimliklardir.


4. Yalpiznamolar qabilasi – Lamiales.


Bu qabilaga 3 ta oila kiradi: tizimguldoshlar, yalpizdoshlar, balchiqoʻtdoshlar.
Tizimguldoshlar (Verbenaceae) oilasi.
Bu oilaga daraxt, buta yarim buta va oʻt oʻsimliklar kiradi. Barglari oddiy, baʼzan 4 boʻlakli qarama-qarshi joylashgan, yon bargchasiz. Gullari ikki jinsli, asosan zimogorf. Gulkosa va gultojbarglari 5 tadan, changchisi 4 ta, urugʻchisi 2 ta, tugunchasi ustki. Mevasi asosan danakcha. Oilaga 100 ta turkumga oid 3000 tur kiradi. Oʻzbekistonda 2 turkumga mansub 4 ta turi oʻsadi. Vakil qilib dorivor tizimgul (Verbena officinalis) ni olish mumkin, u begona oʻt sifatida uchraydi. Togʻmurchi yoki Maryam daraxti (Vitex agnus-caostus) buta, oʻziga xos hid taratib turadi. Bargi va gulida efir moylari bor. Oʻzbekistonda manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi.
Qabilaning tarkibdagi oilalardan biri yalpizdoshlar oilasidir.
1. Yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasi – Lamiaseae yoki Labiatae.
Bu oila 200 turkum va 3500 turdan iborat. Ular asosan Yer sharining issiq va moʼtadil iqlim xududlarida tarqalgan. Hayotiy shakli tropik, subtropiklarda daraxt va buta, bizda oʻt oʻsimliklardir.
Muhim belgilari: barglari oddiy tekis yoki chuqur qirqilgan, poyada qarama-qarshi joylashgan. Poyasi 4 qirrali, gullari mayda, roʻvak, shingil, kallak toʻpgul hosil qiladi. Ikki jinsli, zigomorf. Gulqoʻrgʻoni murakkab, kosacha bargi 5 ta birikib oʻsgan, gultojbarglari ham 5 ta birikib oʻsgan. Ustki labi 2 ta, pastki labi 3 ta gultojbargining birikib oʻsishdan hosil boʻlgan. Changchilari soni 4 ta, ulardan 2 tasi qisqa, baʼzan changchilari 2 ta boʻlib, qolgani qisqargan yoki shiradonlarga aylangan. Urugʻchisi 2 ta, meva bargchaning qoʻshilishidan xosil boʻlgan. Tugunchasi ustki.
Gul formulasi: ↑ Sa(5) So(5) A 4, 2 G (2)
Mevasi 4 boʻlakka ajraladigan uvoq meva.
Oila vakillari: Oq lamium (Lamium album), Yalpiz (Mentha asiatica), Rayxon (Osimum basilicum) hovlida ekiladi, Jambil (Thimus saraschanica), Arslonquloq (Leonurus turkesanicus), Kiyik oʻt (Ziziphora pedicellata), Togʻrayhon (Origanum tyttanthum) va boshqalar

Togʻrayxon (Origanum tyttanthum) koʻp yillik efir moyli oʻsimlik. Oʻzbekistonda bitta turi oʻsadi. Uning yer ustki qismida 0,56-0,58 foiz, bargida 0,68-0,72 foiz, toʻpgulida 0,56-0,65 foiz efir moyi mavjud.


Undan tibbiyotda siydik haydovchi, uyqusizlikka qarshi, ovqat hazm qilish organlari faoliyatini yaxshilovchi dori-darmon sifatida foydalaniladi.
Togʻrayxon ziravor sifatida ovqatga ishlatiladi. Undan turli xil alkogolsiz ichimliklar, atir sovunlar, tish pastalariga hushbuy hid taratish maqsadida foydalanish mumkin. Shuningdek u asalshirali hisoblanadi.
Yalpiz (Mentha) turkumi. Yalpizning Oʻzbekistonda 45 turi oʻsadi. Yalpiz tarki-bida efir moylari mavjud boʻlib, uning 41-65 foizini mentol tashkil etadi. Mentol tibbiyotda, atir-upa tayyorlashda, oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Yalpiz tish ogʻrigʻini qoldirish, bosh ogʻrigʻini davolash, koʻk qismi oʻt haydovchi, qorin ogʻrigʻini davolovchi vosita sifatida ishlatiladi.
Kiyik oʻt (Ziziphora) ning Oʻzbekistonda 7 turi tarqalgan boʻlib, ular koʻp yillik va bir yillik oʻtlardan iborat.
Kiyikoʻtning turlari tarkibida efir moylari koʻp boʻlganligi uchun ulardan dorivor, efir moyli, ziravor oʻsimlik sifatida foydalaniladi.
Marmarak (Salvia) turkumi. Oʻzbekistonda marmaraklarning 15 ta turi oʻsadi. Bu turkum vakillari ham efir moylariga boy boʻladi. Marmaraklarning bir nechta turidan dorivor oʻsimlik sifatida foydalaniladi. Oʻzbekistonda mazkur oilaga kiruvchi turlarga boy Qoʻziquloq (Phlomis), Koʻkamaron (Scutellaria), Zufo (Nepeta) kabi turkumlarining tabobatda ishlatiladigan koʻplab turlari bor.
Ahamiyati: Oila vakillari efir moylariga boy boʻlganligidan parfyumeriya va oziq ovqat sanoatida ishlatiladi. Bulardan tashqari bir necha turlari dorivor hisoblanib, tibbiyotda qoʻllaniladi. Koʻpchilik turlari madaniylashtirilgan.
5. Gazakoʻtnamolar (Gentianales) qabilasi.
Bu qabila eng katta qabilalardan boʻlib, 13 ta oilani oʻz ichiga oladi.
Roʻyandoshlar (Rubiaceae) oilasi.
Roʻyandoshlar oilasi Yer sharidagi 500 ta turkumga oid 7000 ga yaqin turni birlashtiradi. Oʻzbekistonda 8 ta turkumga mansub 50 ta turi oʻsadi. Oilaning koʻpchilik turlari tropik hududlarda oʻsadi. Oila turlari asosan daraxt va butalardan iborat. Barglari qarama-qarshi yoki doira boʻlib joylashgan. Gullari aktinomorf, ikki jinsli, mevasi koʻsakcha yoki rezavor meva. Oila vakillari orasida
arab kofesi (Coffea arabica), xin daraxti (Cinchona ledgeriana) kabi foydali turlar bor (70-rasm, A, B). Janubiy Amerikada yovvoyi holda oʻsadigan Xin daraxti poʻstlogʻida xinin alkoloidi bor. Bu alkoloid bezgakka qarshi eng yaxshi natija beruvchi dori hisoblanadi. Bu daraxt Indoneziya, Shri Lanka va Hindistonda ekiladi. Markaziy Osiyoda roʻyan (Rubia tinctorum) keng tarqalgan boʻlib, uning ildizidan alizarin boʻyogʻi olinadi va undan yana buyrakdagi toshni parchalovchi vosita sifatida foydalaniladi.

Gazakoʻtdoshlar (Gentianaceae) oilasi.


Bu oilaning Yer yuzida 83 turkumi, 1050 turi oʻsadi. Oʻzbekistonda 4 turkumga oid, 17 turi uchraydi. Bu oilaga mansub oʻsimliklar koʻp yillik boʻlib, barglari qarama-qarshi joylashgan. Gullari aktinomorf, ikki jinsli.
Erbahosi - Gentiana oliveri (70-rasm, G) tarkibida iridoidli achchiq glikozidlar, flavonoidlar, fenol kislotalar baʼzan alkoloidlar, gensiopikrin boʻladi. Mahalliy aholi bu oʻsimlikni ishtahani ochish, oshqozon va ichak kasalliklarida dori sifatida foydalanadilar.
Kendirdoshlar (Arosunsayeaye) oilasi.
Oila 300 ta turkumga mansub 1500 dan ortiq turlarni oʻz ichiga oladi. Ular asosan issiq mintaqalarda tarqalgan. Hayotiy shakliga koʻra oilada yogʻochlangan lianalar ustunlik qiladi. Oʻzbekistonda bitta turkumga mansub 3 ta turi oʻsadi. Barglari butun, asosan qarama-qarshi joylashgan. Ularga xos muhim belgi sut shirasining boʻlishidir. Gullari ikki jinsli, deyarli aktinomrorf, gulqoʻrgʻoni murakkab, boʻlaklari 5 tadan. Gultoji naysimon. Mevasi asosan 2 ta bargakdan iborat. Oilaning strofant (Strophantus) (70-rasm, D), rauvolfiya (Rauwolfia) turkumlarining vakillaridan kimmatbaho dori olinadi.
Sigirquyruqnamolar (Scrophulariales) qabilasi.
Bu qabilaga 15 ta oila kiradi.
Sigirquyruqdoshlar (Scrophulariaceae) oilasi.
Bu oilaga 300 turkumga mansub 5000 tur kiradi.
Oʻzbekistonda 22 turkumga oid 67 turi oʻsadi. Oilaga mansub oʻsimliklar tarkibida glikozidlar va saponinlar boʻladi. Sigirquyruqdoshlar oilasiga koʻp yillik, 2 yillik oʻt, yarim butalar va baʼzi daraxtlar kiradi. Gullari zigomorf yoki aktinomorf.
Sigirquyruq (Verbascum songoricum) 2 yillik oʻsimlik, tanasi qalin mayin tuklar bilan qoplangan (70-rasm, Ye). Oʻzbekistonda 4 turi oʻsadi. Undan yoʻtalga qarshi dori tayyorlanadi va shamollaganda foydalaniladi. Gulidan sariq buyoq olinadi.
Zubturumdoshlar (Plantaginaceae) oilasi.
Bu oilaga 3 turkum, 300 tur kiradi. Oʻzbekistonda bitga turkumga mansub 6 ta turi oʻsadi. Zubturumlar (Plantago) bir yoki koʻp yillik oʻtlardan iborat. Barglari oddiy, ketma-ket baʼzan qarama-qarshi joylashgan. Oʻzbekiston sharoitida ildiz boʻgʻzida yopirma barglar hosil boʻladi. Gullari oddiy boshoqda joylashgan, ikki jinsli. Zubturumlar asosan shamol vositasida changlanadi. Katta zubturum - Plantago major koʻp ishlatiladi (70-rasm, J). Ayniqsa, meʼda-ichak kasalliklarini davolashda, qonni toʻxtatuvchi vosita sifatida va shamollashga qarshi ishlatiladi.



Xulosa
Oila vakillari efir moylariga boy bo`lganligidan parfyumeriya va oziq ovqat sanoatida ishlatiladi. Bulardan tashqari bir necha turlari dorivor hisoblanib, tibbiyotda qo`llaniladi. Ko`pchilik turlari madaniylashtirilgan.
Bu oila vakillari efir moyiga boy bo‘lgandan ularning ko‘pgina vakillari efir moyi olish uchun ekiladi. Mas. Mavrak (muskat mavragi), lavanda, nano va boshqalar. Bulardan olingan efir moyi atir upa sanoatida, ovqat va likyor-aroq ishlab chiqarish sanoatida qo‘llaniladi. Bir necha turlari masalan., tog‘ jambili, logoxillus , limono‘ti, jingalak nano, dori mavrak, arslonquyruq va boshqalar meditsinada ishlatiladi. Yalpiz, osh rayhon, jambil va boshqalar ovqat mazasini yaxshilashda ishlatiladi.
Ahamiyati: Oilaning baʼzi turlari dori olinadigan, boʻyoq va shira beruvchi oʻsimliklar. Ayrimlari begona oʻt sifatida ekinlar orasida uchraydi. Yana boshqalari esa zaharli (kampirchopon) oʻsimliklardir.



Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish