O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogik universiteti jahon sivilizatsiya tarixi (Metodik qo’llanma) (To’ldirilgan 2-nashr) история мировой цивилизации


zumrad, berulliy, feruza, va tuz onlari



Download 10,71 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/196
Sana10.07.2022
Hajmi10,71 Mb.
#767960
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   196
Bog'liq
000000008574 01-1

zumrad, berulliy, feruza, va tuz onlari 
bor edi.
Arabiston yarim oroli orqali 
qadimda xalqaro savdo yo'llari o’tgati. Bosh 
savdp yo’li «Xushbuy moy yo’li» deb atalgan. Arabistonning janubiy-sharqi, 
sharqiy o’rtayer dengizi qirg'og'iga ikki yo’nalish bilan; biri Gazo va Ashdad, 
boshqasi, Tir va Damashqqa yo'nalgan, yana bir savdo 
yo’li janubiy Arabistondan 
janubiy Mesopotamiyaga borgan. Bundeui tashqari, Qizil dengiz va Fors qo’ltig'i 
dengiz yo’li orqali Arabiston, Sharqiy Afrika va Hindiston bilan savdo aloqalari 
o’matilgan.
Arabiston yarim orolida odamning izlari paleolit davriga 
borib taqaladi. 
Mezolit va neolit (er.aw. X-V ming yilliklar)ga oid yodgorliklar mavjud. Arabiston 
yarim orolining er.aw. rV-IH-ming yilliklardagi aholisi to’g'risida aniq ma'lumotlar 
yo'q. Shumer hujjatlarida Magan va Melukka (ba'zi tadqiqotchilar Maganni 
Arabiston yarim orolining sharqi deb taxmin qiladilar) mamlakatlari to’g'risida 
eslatib o'tiladi.
Er.aw. II ming yillikda Arabiston yarim orolining janubiy g'arbida semit 
tillarming janubiy arab shevasida so’zlashadigan 
Saba, Mina va Kataban
ittifoqlari 
vujudga keladi. Arabistonning shimoliy g'arbiy qismida er.aw. II ming 
yillikda midianit qabilalari yashagan.
Arabiston yarim orolining qadtmgi tarixiga oid manbalar 
to’rt asosiy 
qismdan iborat: 
epigrafik ma'lumotlar, ashyoviy yodgorliklar, yozma manbalar,
antik mualliflar 
ma'lumotlari.
Janubiy Arabistonning tosh, jez, sopolga yozilgan va o’z mazmuniga ko’ra, 
ikki guruhga bo’linadigan davlat hujjatlari (podsho farmonlari, podsholaming harbiy 
va ichki siyosatiga oid yozuvlari) va xususiy huquqiy qabrtosh lavhalari, sun'iy 
sug'orish inshootlaridagi yozuvlardan 2500 tasi saqlanib qolgan.
Arxeologik qazishlar bizga boy ma'lumotlar beradi. Sana podsholigining 
bosh shahri Marib xarobalari (Yaman Arab respublikasi poytaxti Sanaga yaqin joy) 
o’rganilgan. Shaharda saroy qoldiqlari, devorlar, haykallar topilgan. Shahaming 
g’arbidagi ulkan Marib to'g'oni qoldiqlari kishini hayratga qoldiradi. Kataban 
poytaxti Timna shaltrini ibodatxonalari, nekropol, qal'a qoldiqlari qazib oshilgan. 
Nabatey podsholigi poytaxti Petra shahrida me'morchilik inshootlari, haykallar 
topilgan.
Bundan tashqari, Arabiston va 
arablar to’g'risidagi 
qisqa ma'lumotlar 
Osuriya, Yangi Bobil, Eron manbalari va bibliyada uhraydi. Antik tarixchilar 
Gerodot (er.aw. V asrjning 
«Tarix» asarida, Feofrastning (er.aw. 
IV asr) 
«O'simliklar tarixi», Diodoming 
(er.aw. 
I asr) «Tarixiy kutubxona» 
va 
Strabonning (er.aw. I asr) «Geografiya» kabi asarlarida qadimgi Arabiston 
to’g'risida qator ma'lumotlar bor.
Arabiston tarixi XIX asrdan o’rganila boshlandi. Dastlab epigrafik yozuvlar 
o’rganildi. XX asrda Belgiya, Fransiya, Avstriya, AQShda Arabiston xalqlarining 
geografiyasi, madaniyati, dini va xronologiyasiga oid qator tadqiqotlar e'lon 
qilindi.
-
172
~


Shimoliy Arabiston qabilalari qadimgi mashg'ulotlari Shimoliy Arabiston, 
Suriya va Mesopotamiya cho'llarini qamrab olgan keng hududda chorvachilik 
bo’lib, it, eshak, yirik shoxli qoramollar boqilgan.
Bu hududda yashagan urug' va qabilalar, qabilalar ittifoqi va kichik davlat 
birlashmalarini shakllantirganlar. Ulami hokimlari Osuriya hujjatlarida «podsho» 
deb atalgan. Qadimgi davlat birlashmalari sekin-asta harbiy san’atni va qo’shinlami 
shakllantiradilar. Jangchilar tuyaga ikki kishidan minib, jang qilganlar. Arablar 
o’zlarining kuchli qo’shnilari Misr, Sharqiy o’rtayer dengizi qirg'og'ining kichik 
davlatlari va Osuriya bilan xalqaro ziddiyatlarga tortilganlar.
Er.aw. IX asr o ’rtalarida er. aw . 853-yilda Karkara yonidagi bo’lgan 
jangda osuriyaliklar arablar ham kirgan koalitsiya qo’shinlarini tor-mor keltiradilar. 
Arablar Osuriyaning Misrga qarshi yurishida asosiy to’siq bo’lganlar. Bir necha 
arab qabilalari Osuriya tomonidan bo'ysundiriladi. Arablar Osuriyaning raqiblari 
Misr va Bobil bilan ittifoq tuzadilar. Osuriya er. avv. VII asming 40 yillarida arab 
qabilalarini to’liq bo'ysundirishga erishadi. Yangi Bobil podsholigi ham Arabiston 
yarim orolida 
o'mashib olishga uringan. Bobil podshosi Nabonid shimoliy 
Arabistonning bosh markazlaridan biri Teymuni bo’ysundirib, uni o’z qarorgohiga 
aylantiradi, 
bir necha qo’shni arab qabilalarining shahar va vodiylarini o’ziga 
bo'ysundiradi. E r.aw VI asrda Eron davlatining qudratini kuchayishi va uning 
bosqinchilik yurishlarini rejasi Arabiston yarim orolining shimoliy qismida 
forslaming arablar bilan aloqa o’matishiga olib keladi. Shartnoma bo'yicha fors 
podshosi Kambiz er.aw. 525-yil Misrga yurish vaqtida arab nabateylari yeridan 
o’tish huquqini va sahrodan o’tish vaqtida ulardan fors qo’shinlarini suv bilan 
ta'minlashga roziligini oladi. Arab qabilalari axmoniylar 
Eroniga bir yilda ming 
talant (30 t.) miqdorida xiroj to’laganlar va arablar harbiy yurishlar davrida fors 
qo’shinlari tarkibiga kiritilganlar. Ular yunon - fors urushlari davrida (er. aw . IV 
asr) Gazo shahri uchun jangda yunon-makedon qo’shinlariga 
qattiq qarshilik 
ko’rsatganlar. Iskandaming Misrga yurishi davrida arab qabilalarining ko’pchiligi 
yunon-makedonlarga bo’ysunmaydi. Shu sababli Iskandar sharqqa yurishini 
tugatgach, unga bo’ysunganliklarini bildirib, elchi yubormagan arablarga qarshi 
yurish qilishni rejalashtiradi. Arablar Rim davlati bilan ham aloqada bo’lganlar. 
Rimliklar er. aw . 106-yiliar atrofida Yamanga kirishga urinadilar va Nabatey avlatini 
bosib oladilar.
Arabiston yarim oroli janubi va janubiy-g'arbida (xozirgi Yaman Arab 
respublikasi va Yaman-arab demokratik respublikalari hududlari) qadimda er. avv. X- 
IX asrlarda bir necha davlatlar vujudga kelgan. Eng shimolda bosh shaharlari Isil va 
Kamava bo’lgan Main davlati tashkil topgan. Maindan janubroqda markazi Marib 
shahri bo’lgan 
Saba, undan janubroqda poytaxti Timna 
bo’lgan Kataban,
Katabandan janubroqda Ausan davlati, sharqroqda markazi 
Shabva bo’lgan 
Xadramaut davlatlari bor edi.
Qadimgi Yaman davlatlari er.aw. IX-VIII asrlarda shakllana boshlaydi. 
Er. avv. VI-V asrlarda Main, Kataban, Saba va Xadramaut o’rtasida yetakchilik 
uchun kurash boshlanadi. Saba, Kataban va Xadramaut dastlab Ausanga qarshi 
birlashib kurash boshladilar. Natijada Ausan 
Katabanga qo’shib olinadi. Main 
davlati Kataban va Sabaning tazyiqiga zo'rg'a bardosh beradi. Er.aw, III-I
~ 173 ~


asrlarda Kataban Arabdstondagi eng kuchli davlatlar Saba, Xadramaut tomonidan 
bo’lib olinadi. Er. a w I ming yillikda eng qudratli Saba podsholigi edi. Sabani 
gullab-yashnagan davrida uning hududi Qizil dengizdan Xadramautgacha, Markaziy 
Arabistondan Hind okeanigacha cho'zilgan. Bu davlat Yaqin Sharq bilan yaqin 
aloqalami o’matadi.
Er.avv. II asr oxirida shu vaqtgacha Kataban tarkibida bo’lgan poytaxti 
Zafai bo’lgan yangi Ximyarit davlati yetakchi o’ringa chiqadi. Eramizning IV asr 
boshlarida Ximyarit davlati 
butun janubiy Arabistonga o’z 
hukmronligini 
o’matgan.
Er.aw. I ming yillik o ’rtalaridan eramizning I ming yillik o’rtalarigacha 
Arabiston juda serqafiiov savdo aloqalarini Yunoniston, Misr va Rim imperiyasi 
bilan olib boradi. Ximyarit davlati davrida janubiy Arabiston va Efiopiya o’rtasida 
urush va tinchlik munosabatlari hukm surgan.
Janubiy Arabiston davlatlari iqtisodiyoti birinchi navbatda sun’iy sug'orishga 
asoslangan dehqonchilik va ko'chmanchi chorvachilik bilan belgilangan. Marib 
to'g'oni (uzunligi 600 metr, balandligi 15 metr) er. a w VII asrda qurilgan va o ’n 
uch asr davomida mavjud bo’lgan. G'alla, poliz ekinlari, xurmo o'stirilib, yirik, 
mayda chorva mollari va tuya boqilgan. Hunarmandchilik sohalaridan toshga ishlov 
berish, qurilish ishlari, metallami qayta ishlash, kulolchilik, to'quvchilik va teriga 
ishlov berish yuqori darajada rivojlangan.
Er. aw . I ming yillikda janubiy 

Download 10,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish