O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta talim vazirligi jizzax davlat pedagogika insitituti tabiiy fanlar fakulteti


O’zbekistonda biologiya o’qtish metodikasi



Download 66,5 Kb.
bet3/10
Sana18.07.2022
Hajmi66,5 Kb.
#819525
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Madamin kurs ishi loyihalash eng oxirgi togirlagani

1.2. O’zbekistonda biologiya o’qtish metodikasi.
Respublikamizda biologiya о‘qitish metodikasiga oid tadqiqotlar XX asrning ikkinchi yarmidan boshlanadi. О‘zbekistonda sobiq Ittifoq markazida nashr qilingan darsliklar joriy etilgani va undagi kо‘pgina о‘quv materiallar notanish bо‘lgani sababli, о‘quvchilarning bilim darajasi past edi. Shu sababli respublika metodist olimlarining e’tibori maktab botanika, zoologiya, umumiy biologiya darslarida mahalliy materiallardan foydalanish muammosini yechishga qaratildi. (YE.M.Belskaya, A.YE.Suxarev, A.T.G‘ofurov). Shu bilan bir vaqtda botanik, zoologik bilimlarni maktab tajriba yer uchastkasida va tirik burchagida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan bog‘lash masalalari tadqiq qilindi (M.Jabborov, T.Isxakov, X.Shokirov).
1961-yil Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida “Biologiya о‘qitish metodikasi” kafedrasi tashkil qilindi. Mazkur kafedrani tashkil etilganligi bir tomondan yuqori malakali metodist olimlarni tayyorlashga, ikkinchi tomondan biologiyani о‘qitishdagi turli mavzular bо‘yicha ilmiy tadqiqot ishlarni olib borishga imkon yaratdi. Biologiya о‘qitish metodikasi kafedrasi faqat О‘zbekiston uchun emas, balki qardosh Qozog‘iston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirg‘iziston respublikalari uchun ham 15 dan ortiq yuqori malakaga ega metodist olimlar, fan nomzodlari yetishtirib berdi. Metodist olimlardan I.A.Norbekov, M.Mahkamov, A.T.G‘ofurov botanika, zoologiya fanidan о‘tkaziladigan ekskursiyalarning xillari, ularni о‘tkazish metodikasi, 16 unda о‘quvchilar tomonidan olib boriladigan kuzatishlar, tajribalarni hal qildilar.
Maktab botanika kursini о‘qitishga bо‘lgan didaktik talablar, botanika darslarida о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish masalalari YE.M.Belskayaning “Botanika didaktikasi” qо‘llanmasida о‘z ifodasini topdi. M.Ortiqov esa о‘zining maktablarda о‘tkazgan tajribalariga asoslanib, biologiya darslarida ekran vositalari (о‘quv filmlari, diafilmlar, diapozitivlar)dan foydalanish о‘quvchilarda biologik о‘quv materialini о‘zlashtirishga bо‘lgan qiziqishini orttirishiga, ularning bilimini mustahkam bо‘lishida alohida ahamiyatga ega ekanligini isbotlab berdi.
J.Tolipova darslarni xilma xillashtirish, noan’anaviy darslar (seminar, konferensiya, muammoli munozarali) о‘tkazish о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, mustaqilligini rivojlantirishda, puxta bilim egallashlarida katta rol о‘ynashini kо‘rsatib berdi. Maktabdagi bilimlar tushunchalardan tashkil topgan. 1950-yillardan boshlab N.M.Verzilin boshli bir guruh rus metodistlari xususiy biologik tushunchalarni tadqiq qildilar. Ulardan farqli ravishda 1970-yildan boshlab
A.T.G‘ofurov umumbiologik tushunchalarni, xususan, “hujayra”,”moddalar va energiya almashinuvi”, “irsiyat va о‘zgaruvchanlik”, “organik olam evolyutsiyasi” kabi tushunchalarni о‘quvchilar qanday о‘zlashtirishi haqida kuzatish, tajriba ishlarini olib bordi va bu sohada “umumiy biologik tushunchalarni shakllantirish” degan mavzuda о‘quv metodik qо‘llanma yaratdi. Odam anatomiyasi va fiziologiyasi о‘quv fani bо‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarini olib borish tо‘g‘risida A.M.Qodirovning о‘quv qо‘llanmasi maktablar hayotida keng qо‘llanilmoda. Mahalliy materiallarga asoslangan holda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni qanday shaklda, mazmunda о‘tkazish kerakligi A.T.G‘ofurov, S.K.Xabirovalarning qо‘llanmasida yoritilgan. Qо‘llanmada ayrim о‘quvchilar, о‘quvchilar guruhi hamda ommaviy ravishda tashkil etiladigan sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning xillari, ularning mazmuni va о‘zaro bog‘liqligi maktablarda о‘tkazilgan pedagogik tajribalar asosida ochib berilgan.
Keyingi paytlarda ekologik muvozanatning buzilishi oqibatida suv, havo, tuproq turli chiqindilar bilan ifloslanishi 17 ortib bormoqda. Bu esa о‘z navbatida о‘simliklar va hayvonotlar, odamlar hayotiga xavf solmoqda. Shu о‘rinda maktablarda olib boriladigan ekologik ta’lim-tarbiyaga nihoyatda ahamiyat berish zarurligini kо‘rsatadi. Mazkur masalaning dolzarbligini e’tiborga olib A.T.G‘ofurov, O.N.Nosirov maktablarda О‘qituvchilar bilan hamkorlikda о‘tkazilgan tajribalarga asoslanib “Maktab biologiya kursida tabiat muhofazasi tushunchasini shakllantirish”, M.Nishonboyeva “Maktabda ekologik ta’lim-tarbiyani amalga oshirish” kabi qо‘llanmalarni chop etdilar.
Maktab biologiya kursini о‘qitishdan maqsad о‘quvchilarni faqat bilimlar bilan emas, shu bilan bir qatorda ularda о‘quv kо‘nikma va malakalarni hosil qilishdan iborat. Bu sohada laboratoriya mashg‘ulotlarni olib borish nihoyatda muhim sanaladi. Shuni e’tiborga olgan holda A.M.Qodirov “Odam fiziologiyasidan laboratoriya mashg‘ulotlar”, A.M.Qodirov, K.Haydarov “Biologiya о‘qitish metodikasidan laboratoriya mashg‘ulotlari” kabi qо‘llanmalarni nashr etdilar.
Mustaqillik yillarida respublika metodistlarining diqqat e’tibori о‘quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish masalasiga qaratildi. Bu о‘rinda biologiyadan noan’anaviy darslar о‘tkazishga qaratildi. Respublikamiz metodistlari biologiyaning faqat umumiy о‘qitish metodikasi bilan emas, balki xususiy metodikasi bilan ham shug‘ullana boshladilar. Maktab biologiya kursida chet tillardan olingan kо‘pgina atamalar mavjud. Mazkur atamalarning tub ma’nosini bilish biologik bilimlarni ongli о‘zlashtirishga yaqindan kо‘mak beradi. О‘zbek biolog olimlari botanik, fiziologik, biologik atamalarning izohli lug‘atini tuzishga muvaffaq bо‘ldilar. Mazkur izohli lug‘atlardan foydalanish о‘quvchilar bilimini ongli bо‘lishida ijobiy natija berishi muqarrardir. V. Didaktik о‘yin texnologiyasi ijodiy о‘yin metodining didaktik maqsadi: Talabalarning ijodiy izlanishi, mustaqilligi, mantiqiy fikrlashini rivojlantirishda, qо‘shimcha bilim olishga bо‘lgan ehtiyojlarini qondirishda ijodiy о‘yinlar muhim ahamiyatga ega.Ta’lim jarayonida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarni о‘quvchilar 18 guruhining о‘zaro hamkorlikda avval о‘zlashtirgan bilim, kо‘nikma va malakalarni ijodiy qо‘llash va izlanishi orqali hal etishga zamin tayyorlaydigan didaktik о‘yinlarni ijodiy о‘yinlar deb ataladi. Bunda talabalar teng guruhlarga ajratilib, ularni mavzu mazmuni asosida “Tabiatshunoslar”, “Botaniklar”, “Zoologlar”, “Uslubchilar” etib belgilanadilar

Download 66,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish