O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta ta’lim Vazirligi Farg’ona Davlat Universiteti Po’latova Shahnoza Mavzu: Musiqada klassizm oqimi Mutaxassislik: Musiqa ta’limi Kurs ishi Ilmiy rahbar



Download 0,55 Mb.
bet25/27
Sana18.02.2022
Hajmi0,55 Mb.
#453114
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
kurs ishi (2)

Beshinchi simfoniya.
Do minor tonalligida yozilgan beshinchi simfoniya 1808 yilda yozib tugatilgan bo’lib Betxoven simfoniyalari orasida eng mashhuri hisoblanadi. Asosiy g’oyaning aniq va ravshan ko’rsatib berilishi simfoniyaning shuhratiga sabab bo’ldi.
Simfoniya mazmunini quyidagicha ifodalash mumkin: "Zulmatdan - yorug’likka, kurash orqali - g’alabaga". Betxoven bu to’rt qismli asarning ham yaxlitligiga, qisimlarning bir biri bilan uzviy bog’liqligiga erishgan. Insonning yovuz takdir bilan olib borgan kurashi va g’alabasini mahorat bilan tasvirlagan. Simfoniya to’rt tovushdan iborat bo’lgan dahshatli kirish mavzusi bilan boshlanadi. Bu mavzuni kompozitor "Taqdir shunday eshik qoqib keladi", - deb ta’riflagan. Bu mavzu simfoniyaning hamma qismlarini bog’lab turuvchi vositadir. Ekspoziciyadagi bosh mavzu dahshatli kirish mavzusini rivojlantiradi. Yordamchi mavzu esa lirik xarakterda. Uni inson mavzusi deb hisoblash mumkin. Birinchi qismda yovuz taqdir mavzusi ko’p marta takrorlangani va rivojlantirilgani vaqtincha taqdir kurashda ustunlikka erishganligini ko’rsatadi.
Ikkinchi qism musiqasi xarakteri bilan birinchi qismdan farq qiladi. Jangovar chaqiriqlarning eshitilib turishi yangi kurashlarga tayerlanayotgan inson obrazini tasvirlaydi. Ikkinchi qism musiqasi variaciyalar shaklida yozilgan.
Simfoniyaning uchinchi qismi Skerco deb atalsada, musiqa fojiali va hayajonli xarakterga ega. Kurash yangidan boshlanganligi ko’rsatilgan. Uchinchi va oxirgi to’rtinchi qismlar o’rtasida tuxtalish yo’q. Sonata allegrosi shaklida yozilgan to’rtinchi qism-final musiqasi tantanali, bayram kayfiyatini ifodalaydi. Buning uchun Betxoven orkestr tarkibiga yangi sozlar - kichik fleyta va trombonlarni ham kiritgan. Musiqa kurashda taqdir ustidan g’alaba qozongan insonni ulug’laydi.

XULOSA:
Musiqa san’ati kundan kun rivojlangani sayin ijro talqini va stilistik yechimlar turlichadir. Jahon bo‘ylab turli musiqa maktablari, jumladan fortepiano sinfi, fortepiano ijrochilik maktabi kabi tushunchalar mavjud. Ijro talqini xususida ko‘plab musiqashunoslik ilmiy ishlari olib borilgan bo‘lsada, ammo, ijro talqini masalasi doimo yakkaxon ijrochining tafakkuri, uning ijroga nisbatan stilistik yechimi, texnikasi, ijro uslubi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib kelgan. Shuning uchun har bir asarning ijro talqini va uslubiy yechimi turlicha, ya’ni ijrochining imkoniyatlari, badiiy fikrlash doirasi bilan chegaralanadi. Yuqoridagi fikrlarni inobatga olgan holda, kompozitor, mohir pianinochi Sergey Rahmaninovning fortepiano uchun yaratgan Konsert asarlarining ijro talqini, ularning uslubiy tuzulishi xususidagi fikrlarni ijrosidagi taqlin va uslublarni tahlil etishga harakat qilindi. Shu bilan birga kompozitorning ijodiy va ijrochilik nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda fikr yuritish va izoh berish o‘rinlidir.


Musiqa madaniyati o’quv predmeti umumiy o’rta ta'lim maktablarida o’qitiladigan barcha o’quv predmetlari, jumladan, adabiyot, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, mehnat va boshqa fanlar bilan bog’lanadi. Barcha o’quv fanllari qatori musiqiy ta'limda ham DTS larning joriy etilishi milliy musiqiy meroslardan to’la qonli foydalanish imkonini beradi. Bular amaliy xalq kuy va qo’shiqlarida, xonanda va sozandalarning ijodiy faoliyatlari. Maqom, shashmaqom dostonlar va bugungi zamonaviy musiqada o’z aksini topdi. Musiqa san'atining bu kabi imkoniyatlari yangi avlodni tarbiyalashda ularning barkamol bo’lib yetishlarida o’ziga xos va takrorlanmas manbaa bo’lib xizmat kiladi. Azaldan Sharq, jumladan, o’zbek musiqa ta'lim-tarbiyasi pedagogikasi va uning mukammal ustoz va shogird an'analari misolida takomillashib borgan. Davlat ta'lim standartlarida ommaviy xalq musiqa pedagogikasi, professional musiqa ijodkorlari, musiqa ijrochilari (sozanda, xonandalar) katta ashulachilar, maqomchilar, dostonchilar asarlarning elementar asoslarini o’rganish me'yorlashtirilgan. Musiqa ta'limida davlat ta'lim Standartlari asosida yangi ta'lim mazmuni o’quvchilarning musiqiy bilim va malakalari bilan birga ularda kuzatuvchanlik, xotirani mustahkamlash, obrazli tassavur qilish, ularda ijodkorlik, mustaqillik, tashabbuskorlik, badiiy va musiqiy did kabi xislatlarni rivojlantirishni ta'minlaydi. Musiqa madaniyati ta'limining yangi mazmuni yosh avlodni milliy musiqiy merosimizga vorislik qila oladigan, umumbashariy, musiqa boyligini idrok eta oladigan madaniyatli inson darajasida voyaga yetkazishni nazarda tutadi.Bunda o’quvchilar musiqa san'atini butun nafosati bilan o’rganishlari, ommaviy musiqa faoliyatlari: musiqani badiiy idrok etish, yakka va jamoa bo’lib qo’shiq kuylash, raqsga tushish va ijodkorlik malakalarini shakllantirish asosiy maqsad bo’lib xisoblaniladi .Shuningdek, o’quvchilar musiqiy iqtidorni rivojlantirish, musiqa san'atiga mehr va ishtiyoqni oshirish, musiqa san'atiga qiziquvchi o’quvchilarning iqtidorini rivojlantirish uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish, ularning badiiy extiyojlarini qondirish musiqa ta'lim – tabiyasining asosiy vazifasini tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda jaxon xalqlarining umuminsoniy musiqiy qadriyatlarini ham chuqur o’rganish yosh avlodni xalqaro nufuzga moyillik bo’lgan madaniy durdonalardan baxramand bo’lishni ta'minlaydi.


Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish