1.2.1. Korpuskulyar nurlar
Korpuskulyar nurlarning asosiy manbalari – bu radioaktiv izotoplardir.
Bir elementga mansub atomlar yadrodagi neytronlar soni va yadro massasi bilan
o‘zaro farqlanadi, ammo yadro zaryadlari bir xil bo‘lganligi uchun ularning
ximiyaviy xossalari o‘zaro o‘xshash bo‘ladi. Elementning yadrodagi zaryad soni
bir xil, ammo massasi bilan farqlanadigan atomlari izotoplar deb ataladi.
Izotoplar stabil va radioaktiv (radionuklitlar) deb nomlanuvchi ikki
guruhga bo‘linadi. Stabil izotoplarning yadrolari, odatdagi sharoitda turg‘un
bo‘lib o‘zgarmaydi. Radioaktiv izotoplar esa beqaror yadrolardan tashkil topgan
bo‘lib, yadro emirilganda uning o‘rnida boshqa element yadrosi paydo bo‘ladi.
Radioaktiv emirilishlarda
va
zarrachalar hosil bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |