Arabshoh «Amir Temur tarixi» kitobida shunday yozadi: «Temur tarix
kitoblari, ....anbiyolar qissalarini, podsholar siyratlari
va o’tgan salaflar haqidagi
hikoyalarni doimo o’qitib, qunt bilan
tinglar edi. U shu darajaga borib etgandiki, agar
o’qiyotgan kishi
biror xatoga yo’l qo’ysa, Temur uning xatosini tuzatib, savolga solar
edi».
Tuzuklarning Amir Temur devonida turkiy tilda yozilganligi haqida xulosa
qilishga mashhur tarixchi Sharaffuddin Ali Yazdiyning quyidagi fikrlari asos bo’la
oladi: «...shu tartibda ul hazrat hayotining ulug’ voqealari va kechinmalarini o’z
124
ichiga olgan turkiy manzuma va forsiy asar, alohida alohida nazm va (nasr) tarzida
tuzulgan edi», – deb guvohlik berishi
,
shuningdek, yaqinda to’la holda nashr etilgan
«Qissai Temur»da «amr etdimki, ul maktub suratini voqealarim daftarida sabt
etgaylar», – deb Temurning o’z qo’li bilan yozilgan so’zlarning manbada uchrashi
«Tuzuklar» XVII asrda Hindistonda tuzilgan kompilyativ asar deb ta’kidlovchilarga
javob bo’la oladi.
«Ushbu asar yozilayotganda, – deyiladi I.Mo’minovning risolasida, – uning
boblarini Temur necha martalab o’qib chiqqan, ba’zi joylarini tuzatgan, tahrir etgan,
qo’shimcha dalillar zarur bo’lib qolganda, o’sha voqea sodir bo’lgan joylarga odam
yuborib, aniqlashtirgan, voqealarning doimo to’g’ri, tarixiy haqiqatga mos ravishda
yoritilishini talab qilgan».
Jamiyat o’zining zaruriy qonuniyatlariga egadir. O’sha zaruriy Qonuniyatlar tarkib
topmas ekan, jamiyatda turli tengsizliklar kelib
chiqishi hamda bu bilan davlatning
rivoj topishiga putur etishi
muqarrar. Shu bois ham Amir Temurning, 27 davlatni
birlashtirgan Markazlashtirilgan ulkan saltanati, tabiiyki, qonunlar to’plamlari asosida
yaratilgan va unga qatiy amal qilish yo’lga qo’yilgan bo’lishi kerak edi.
Amir Temur turmush tajribalari asosida ishlab chiqqan va uning hukmi bilan
qonun darajasiga ko’tarilgan qoidalar majmui bor ediki,
ularni to’plam holiga keltirib,
o’zidan keyingi vorislariga ham qonunlar tizimi, ham turmush tajribasi va maslahatlar
tarzida ko’llanma qilib qoldirishi lozim edi. Ana shu to’plam tarixiy asarlarda va turli
tildagi tarjimalarga mos holda «Temur tuzuklari», «Tuzukot Temuriy», «Temurning
aytganlari» va «Voqeoti Temuriy» – «Temurning boshidan kechirganlari», «Qissai
Temur», «Malfuzoti Temuriy», «Temur Qissasi», «Zafar yo’li», «Zafarnoma»,
«Tarjimai hol», «Esdaliklar», «Tanziymot» (yangi qonun-qoidalar, islohot), turkiy
chig’atoy tilidan rus tiliga o’girilganda Malfuzot va Tuzukot o’rniga «Dastur ul amal»
nomlari bilan mashhurdir. Tuzuk so’zi asli eski o’zbek tilidagi «Qonun-qoidalar
to’plami», «Nizom» kabi huquqshunoslikka oid ma’noni anglatgan. Bunday «Qonun-
qoidalar to’plami» yozish fakatgina Temur davriga oid bo’lmasdan, turk-
mo’g’ullardan kelib chiqqan boshqa xonlarda ham uchraydi. Jumladan, arablar
istilosidan oldin Samarqandga kelib-ketgan Xitoy elchisi bu erdagi ibodatxonada Turk
hoqonligining jinoyat va jazo haqidagi Nizomi saqlanganligi haqida yozib qoldirgan.
«Tuzuklar»ni ilmiy adabiyotlarda, turli soha olimlari, unga turli qirralari bo’yicha
yondashib, turlicha baholaydilar: «davlat siyosati aspektlarini amalga oshirish dasturi»
(akademik M.Xayrullaev), Temur saltanatining butun qonun-qoidalarini o’zida
mujassalashtirgan o’ziga xos Kodeks, Konstitusiya (Sh.Muhammadiev). Amir Temur
davrining muhim hujjati, qimmatli manba (K.Saidova), Mustaqillik falsafasini o’zida
mujassamlashtirgan asar (S.Abduvohidov, N.Abduvohidov) «Davlat yuritishning
mashhur qonun-qoidalari majmuasi (prof. N.G’oyibov), AmirTemurning siyosiy
vasiyatlari deb, o’z fikrlarini bildiradilar. O’rta Osiyo xalqlarining jang olib borish
usullarini tadqiq qilgan M.Ivanin esa uni haqiqatan ham Amir Temur huzurida
chaqirilgan kengashlardagi ma’lumotlardan tuzilgan bo’lishi to’g’risidagi fikrni
bildirgani holda, uni «mo’g’ul tilida yozilgan» deb noto’g’ri ta’kidlaydi.
«Agar, – deb yozadi turkiyshunos olim R.Raxmonaliev, – imperiyani tuzishda
yuridik asos hisoblangan, mashhurlikda Napoleon kodeksiga teng bo’lgan,
«Tuzuklarni», shuningdek, uning armiyasi uchun juda muhim bo’lgan Yaso
qonunlarining ahamiyatini unutib tursak, dastlab kamgina vositalarga ega bo’lgani
125
holda, juda qisqa muddat ichida qanday qilib juda ko’p podsholiklarni zabt etib taniqli
va qudratli monarxlarni taxtdan ag’darganligini tasavvur qilish juda murakkabdir».
Ko’rib turibmizki, taniqli tadqiqotchi, shu o’rinda tuzuklarning ahamiyatini XIX asr
boshlarida Fransiyada qabul qilingan Napoleon Bonapartning kodekslariga
tenglashtir-moqda.
Tuzuklar «Amir Temur davrida davlatni idora etishda qo’lanilgan (idoraviy)
ma’muriy va harbiy qonun-qoidalar va tartibotlar majmuasi», – deb baholaydi arab
tadqiqotchisi Mazhar Shihob. «Tuzuklar»ning yaratilishi masalasida, respublikamiz
fani va madaniyati fidoyisi, marhum I.Mo’minov ta’kidlaganidek, tarixchilarning fikri
uchga bo’linadi. Birinchi guruhga mansub tarixchilar haqiqatan ham uning muallifi
Temur, desa, ikkinchi toifadagilar uni Temurning kotibi tuzgan, uchinchilari esa
umuman tukiy tilda bunday manba bo’lmagan, u XVII asrda yilnomachilar tomonidan
fors-tojik tilida tuzilgan, deyishadi. Shu fikrni biz beg’araz, ilmiy fikrlar qatoriga
qo’sha olmaymiz. Uning dastlabki nusxasi turkiy tilda yozilganligi to’g’risida
quyidagi dalillarga tayanib hukm yurgizsa bo’ladi, yani birinchidan, Temur saroyida
bo’lgan ispan elchisining guvohligi hamda tarixchi Sh.Yazdiyning bergan xabarlariga
ko’ra, devonxonadagi davlat ishlari uyg’ur mirzolari tomonidan turkiy tilda
yuritilganligi haqidagi ma’lumotlar; ikkinchidan, tuzuklar arab va fors tilida yozilgan
manbalardagi kabi an’anaviy o’xshatishlar, mubolag’alar, baytu g’azallar har bir
tarixiy shaxsni yozganda uning nomini ulug’lash singari uzoq, ortiqcha bezaklardan
xolis turkiy tilga xos bo’lgan aniqlik, qisqalik va keskinlik bilan ifodalangani, ya’ni
o’ziga xos yozilish uslubi, «Amir Temur esdaliklari solnomalar tartibida … sodda
uslubda yozilgan bo’lib, o’sha davrning aksar mualliflariga keng ko’lamda xos
bo’lgan lafziy bezaklardan xolidir (Mazhar Shihob)»; uchinchidan, uning haqiqiy
turkiycha nomi – «Tuzuklar» – «qonun», «qoida», «nizom», «tartib» ma’nosini
anglatishi; to’rtinchidan, uning tarjimalarida ham turk-chig’atoy so’zlarning ko’pligi;
beshinchidan, bizgacha Temur va temuriylar davridan ko’plab turk-chig’atoy tilidagi
yozuvlar va hujjatlarning etib kelishi. Bularning barchasi «Tuzuklar»ning Amir
Temur ishtiroki bilan, uning devonxonasida eski o’zbek tilida yozilgan tarixiy hujjat
ekanligini tasdiqlaydi. I.Mo’minovning yuqorida nomi zikr etilgan risolasida 1391 yili
Amir Temur ibn Muhammad Tarag’ay Bahodirning Abu Muslim va uning avlodlariga
imtiyozlar berish to’g’risidagi uning shaxsiy muhri qo’yilgan tarixiy yorlig’i
keltirilgan.
Tuzuklarning topilishi va dastlabki tarjimalarining nashr etilishi ham o’ziga xos
xususiyatlarga ega. Abu Tolib al Husayniy at Turbatiy (1625 y. Tehronda vafot etgan)
Makka va Madinaga hajga borganida, Yamanda 1616 yilgacha hukm surib,
keyinchalik bu erga ko’chib o’tgan Usmonli turkiy hukmdor Ja’far Poshshaning
kutubxonasidan Temur Tuzuklarining asli turkiy tildagi nusxasini qo’lga kiritgan.
“Uning turkiy va arabiy alfozlari-yu, iboralari tushunishdan uzoq, chunonchi tarqoq
va parishon bo’lganligidan men uni fors tiliga o’girdim”, – deb yozib qoldirgan
tarjimon. Tarjimani tamomlab Shoh Jahonning otasi Nuriddin Jahongirga (1605-1627
y.y.) taqdim qilgan. Uni esa ingliz ofiseri mayor Vilyam Devi Hindistondan topib,
1779 yilda uni Angliyaga olib keladi. Bu nusxa 1336 yildan 1375 yilgacha, ya’ni
Sohibqironning 41 yoshigacha bo’lgan davrini o’z ichiga oladi. V. Devi uning Amir
Temur davlatida qo’llanilgan ahkomlar va islohotlarni o’zida to’plagan qismini ingliz
tiliga tarjima qilgan hamda «Temur tuzuklari» nomi bilan mashhur bo’lib kelgan (U.
126
Uvatov). Ushbu Tuzuklar qismi forsiy to’liq matni bilan 1783 yilda Oksford
universitetida arab tili bo’yicha professor lavozimini egallab turgan Djon Uayt
rahbarligida nashr etilgan. Abu Tolib al Husayniy tarjimasidan qolgan tarixiy qismini
ham mayor Charlz Styuart 1830 yilda ingliz tiliga o’girib, nashr ettiradi.
Abu Tolib al Husayniy tarjimasi ana shu tarzda jahon keza boshlaydi. Ammo
tarjima qilingan vaqtda undan qoniqmagan Hindistonda hukm surgan Temuriy
sultonlardan Shoh Jahon (1627-1658 yy.) podshoh saroyida xizmatda bo’lgan
mansabdor shaxslardan Amir Temurga sakkizinchi darajada nabira hisoblangan
(Mazhar Shahob) Muhammad Afzal bin Tarbiyatxon Buxoriyga (Ch.A.Stori) yoki
Muhammad Hifz al Buxoriyga (Mazhar Shahob) 1637 yilda topshirib, uni asl
manbalarga, jumladan, Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma»si bilan solishtirib,
noaniq joylarini aniqlab, ba’zi joylarini to’ldirishni so’ragan. Shu zaylda malfuzotlar
Sh. Yazdiy «Zafarnoma»siga to’la-to’kis mos keltirilgan (U.Uvatov). Bu tarjimadan
ham boshqa ikki nusxa: a) Hindistonda hukm surgan sultonlarning nabiralaridan
olingan nusxa – sultoniya nusxasi; b) ingliz generallaridan biri Dehlidan topgan
nusxa. Har ikkala nusxa ham 1830 yilda Angliyaga keltirilgan. «Bu ikki nusxa Amir
Temurning malfuzotlarining to’la-to’kis qamragan bo’lib, hayotining oxirgi yiligacha
hikoya qilar edi». Ushbu nusxalar bilan tanishib chiqqan Ch.Styuart ularni bir
tarjimaning ikki nusxasi ekanligini aniqlaydi. Shunday qilib, hozirda biz
malfuzotlarning to’la nusxalari deb hisoblayotganlarimiz, bu aslida Muhammad Afzal
al Buxoriy tarjima qilib, qayta ishlab chiqqan nusxalar bo’lib chiqishi mumkin. Ana
shu tarzda Tuzuklar jahon kezib, 1787 yilda esa, Esdaliklarning (Mazhar Shahob) Abu
Tolib al Husayniy nusxasining tuzuklar qismini Dj. Uayt Oksfordda nashr qilgan
forscha nusxasiga tayangan holda fransuz sharqshunosi L.Lengle fransuz tiliga tarjima
qildi. 1785 va 1791 yillarda hind, 1868 yil fors, 1845 yil urdu, 1894, 1934, 1999
yillarda rus tillariga qayta-qayta tarjimalar qilindi.
Ba’zi olimlar yuqoridagilarga tayanib, Tuzuklar XVII yoki XVIII asrlarda
yozilgan, deb xisoblaydilar. Bizning fikrimizcha, bunga javobni tarixiy manbaning
o’zidan axtarmoq kerak. Jumladan, uning «O’g’illar va nabiralarga ulufa berish
tuzugi» haqidagi ikkinchi maqolasidagi hukmlarda: – «Amr qildimki, to’ng’ich
o’g’lim Muhammad Jahongir valiahdim bo’lsin», – deb yozilgan, ma’lumki
hukmdorning bu o’g’li juda erta, 1376 yilda vafot etadi. Shundan so’ng uning o’g’li
Muhammad Sulton voris etib tayinlanadi. U ham 1403 yilda jangda halok bo’lgach,
ukasi Pirmuhammad valiahd qilib tayinlanadi.
«Tuzuklar»da tasvirlanayotgan voqealar Amir Temur vafot etgan yili 1405 yilning
18 fevrali bilan tugaydi. Demak, valiahd tayinlash masalasidagi hukmlarning
o’zgarishsiz qolishi «Tuzuklar»ning haqiqiy va uning muallifi hayotligida
tuzilganligini ko’rsatadi. Agar ba’zi olimlar ta’kidlaganidek, asar XVII-XVIII asrlarda
tuzilgan bo’lganida yuqoridagi o’zgarishlar qo’shilgan bo’lishi mumkin edi. Bundan
tashqari A.Sog’uniy va H.Karomatovlar tarjimasida birinchi maqola «Yetti yillik
urushdan so’ng zafar va nusrat bilan Samarqandga qaytdim…» deb tamomlanadi. Bu
sana melodiy 1404 yilga to’g’ri keladi.
Ushbu manbani fors tilidan o’zbek va rus tiliga qayta tarjima qilish ishiga muhim
hissa qo’shgan olim Habibulla Karomatovning fikricha Mir Abu Tolib Husayniy at
Turbatiy 1637 yilda Temur Tuzuklarini turkiy tilidan fors tiliga o’girib,
«TuzukiTemuriy» nomi bilan Boburiy hukumdor Shohjahonga (1628-1657) tortiq
127
qilgan nusxa, bu o’zi alohida asar. Undan keyin esa Shohjahon tarjimada ba’zi
noaniqliklarni topgani uchun Dekan viloyatining qozi kaloni Muhammad Ashraf
Buxoriyga Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafarnoma» asari va unga o’xshash
manbalarga solishtirib, hatto va kamchiliklarini tuzatib chiqishni topshirgan. Shu
zaylda asarning yangi to’ldirilgan tahriri vujudga kelib, u «Malfuzoti Temuriy» nomi
bilan tanilgan. Keyinchalik bu ikki har xil asarni «Tuzuki Temuriy», «Tuzukoti
Temuriy» nomi bilan bir muqova ichida ko’chirib yozishgan. Ya’ni, olimning
fikricha, «Tuzukoti Temuriy» va «Malfuzoti Temuriy» turli mustaqil asarlardir.
Biz barcha mualliflarning fikrlarini rad etmagan holda aniq bir xulosa chiqarishni:
a) ilmiy ekspedisiyalar tashkil qilib Tuzuklarning yangi-yangi nusxalari topilganda
(axir rahmatli prof. Hamid Sulaymonov doimo jahon kutubxonalari bo’ylab ilmiy
ekspedisiyalarda yurib Hofiz Xorazmiydek buyuk shoirimizni qayta kashf qilganlar-
ku!); b) ular qiyosiy tahlil qilinib, tanqidiy matn yaratilgandagina, bu masalaga
oydinlik kirishi mumkin deb hisoblaymiz.
O’zbekiston tarixining sobiq sovetlar hukmronligi yillarida ayanchli taqdirga ega
bo’lgan bundan tashqari boshqa tarixiy manba bo’lmasa kerak. Ushbu asarga berilajak
baho ko’pincha uning muallifi Amir Temur shaxsiga berilgan baho va unga nisbatan
bo’lgan munosabat aynan tarixiy voqelik, o’tmish merosiga emas, hukmron davlat
siyosatiga bog’liq bo’lib keldi. Ammo Amir Temurning hayoti va faoliyatiga
bo’lganidek, uning Tuzuklari va joriy etgan qonunlariga qiziqish, ularga etarlicha
baho berish Ovro’po mamlakatlarida juda erta boshlangan edi.
Jumladan, fransuz olimi L.Lyangle o’zining 1772 yilda yozilgan «Temurning
siyosiy va harbiy boshqaruvi» nomli asarida bu tarixiy-huquqiy manbaning ahamiyati
to’g’risida shunday yozgan edi: «Biz harbiy yurishlariga talonchilik maqsadida
qilingan bosqinchilik deb qaragan tatarlar xoni (Amir Temur harbiy va siyosiy taktika
haqida traktat (risola) yozganligi, o’z avlodlari uchun dono tizim yaratganligini,
tasavvur ham qila olmaymiz. Qachonki bu hukmdor boshqarish tizimini qo’ldan
qo’yish lozimligini anglagach, o’zining vorislariga og’zaki maslahat berish bilangina
cheklanib qolmasdan u Temur, imperiya bilan birgalikda yana ham qimmatli narsa –
uni saqlash san’atini sovg’a qildi». Bundan ko’rinib turibdiki, olim «Tuzuklar»ga
yuksak baho berib, uni davlatni boshqarish va saqlab qolish san’ati haqidagi risola deb
baholaydi.
Nemis tarixchisi F.Shlosser ham Temurning faoliyati haqida ana shunday ta’rif
beradi: «Umrini urushlarda o’tkazgan Temur tez-tez Buxoro va Samarqandga qaytib
turar va o’zining yangi davlatiga qonunlar taqdim etar edi. Bu qonunlar tatar
mo’g’ullari (Ovro’pada shunday deb bilganlar) tomonidan qilinadigan vahshiylik va
vayronagarchiliklarga hayron qolarli darajada qarshi turardi».
Amir Temur faoliyatiga, shaxsiga salbiy baho berish o’tgan yillar mobaynida
Rossiyada chop qilingan adabiyotlarda hukm surdi. Aynan xuddi shunday yondashish
rus tarixchisi T.N.Granovskiy (1813-1855) tomonidan ham yuz berdi. U o’zining
1852 yidda MDU talabalari uchun o’qigan «Temur» degan ma’ruzasida (nutq boshqa
asarlari bilan 1855 yilda nashr etilgan), rus tarixchilaridan birinchi bo’lib, Amir
Temurning faoliyatiga uni yaxshi o’rganmasdan salbiy baho berdi. U yoshligida
mayda talonchilik, yo’lto’sarlik bilan shug’ullangan degan fikrni ilgari surdi. Afsuski,
bu noto’g’ri ma’lumot
qariyb 150 yil davomida rus tarixchilari asarlari sahifalaridan
tushgan emas.
128
Akademik V.V.Bartolddek olimning ham Temur faoliyatiga baho berishda,
Do'stlaringiz bilan baham: |