4-masala: Rus mustamlakachiligiga qarshi eng katta kurashlardan biri XIX asrning 90 yillari boshida Toshkentda bo’lib o’tdi. 1892 yil bahorida Afg’onistonning Qobul va XIrot shaharlarida vabo kasalligi tarqaldi. Bu kasallik bahorning oXIrlarida Samarqand viloyati va iyunning boshlarida Toshkent shahriga ham etib keladi.
Bu kasallikning oldini olishdan ojiz bo’lgan rus mustamlakachi ma’muriyati kasallikning keng tarqalib ketishidan havfsirab, ba’zi shoshilinch choralarni amalga oshiradi, shulardan biri sifatida shahardagi mavjud 12 ta qabristonning barchasi yopib qo’yiladi. Vafot etganlarni dafn qilish uchun va’da berilgan bir nechta qabriston o’rniga shaharlardan olisda faqatgina bitta qabriston ochib beriladi. Shuningdek, vabo bilan og’riganlar ruslar tomonidan yo’q qilinadi degan mish-mishlar ham tarqalib ketadi. Bu esa o’z navbatida halqni vaXImaga solib qo’yadi. Halq orasida hukumatdan norozilik kayfiyati kuchayib boradi.
Halqning bunday kayfiyatidan havfsirab qolgan ma’muriyat halqparvar va haqiqatgo’y eski shahar oqsoqoli Inog’omxo’ja Umriyoxo’jaevni (1833-96) oqsoqollikdan bekor qilib, o’rniga yoqtirmaydigan va ruslarning sadoqatli qullaridan biri Muhammad Yoqubni shahar oqsoqoli etib tayinlaydi. O’z manfaati uchun hech nimadan qaytmaydigan Muhammad Yoqub o’z ajali bilan yoki boshqa kasalliklardan vafot etganlarni ham shahar chekkasidagi mahsus qabristonga ko’mishni buyuradi. Vafot etganlarning qabristonga ko’milishidan ham pora undirish payiga tushganligi uchun halqning Muhammad Yoqubdan noroziligi oshib ketadi. Halq o’zining qadr-qimmati toptalayotganligiga chidab turmaydi va qo’zg’olon ko’taradi.
Bunga yana rus ma’muriyatining vabo kasalligini oldini olish borasida etarli e’tibor bermayotganligi ham asosiy sabablardan biri bo’ladi. 1892 yilning 24 iyunga o’tar kechasi Muhammad Yoqubga vafot etganlarni yashirincha qabristonga ko’milayotganligi haqida habar keladi. U bu xaqda shahar hokimi Putinsevni habardor qiladi. Oqibatda ertasi kuni bir qancha kishilar aybdorlar sifatida qamoqqa olinadi. Halq ochiqdan-ochiq o’ziga qarshi milliy va diniy qadriyatlarining, insoniylik qadr-qimmatining poymol etilayotlanligiga qarshi chidab turmadi va Azizyor, Abdul Qosimxo’ja kabi Toshkentning taniqli ulamolari boshchiligidagi mingga yaqin kishi hokim qarorgohi tomon yurish qiladilar. Putinsev va Muhammad YOqub boshchiligidagi shaharliklarga qarshi turgan polisiyachilar halq tomonidan toshbo’ron qilinadilar. Hokim va uning mirshablarini do’pposlash bilan birga hokimning mahkamasi ham ostin-ustun qilindi. Toshkentliklarga qarshi harbiy qurolli kuchlar qarshi qo’yildi va halq soldatlar tomonidan ayovsiz o’qqa tutildi. Oqibatda ko’plab kishilar o’ldi va yarador bo’ldi. Jazolash vaqtida 60 kishi asir olindi. Hisobga olinganlar uzoq muddatlarga qatorga va qamoq jazolariga 8 kishi esa o’lim jazosiga mahkum etildi.
Toshkentdagi «vabo isyoni» deb nom olingan milliy-ozodlik harakati vabo bahonasida kelib chiqmagan edi. Bu isyon mustamlakachi rus ma’muriyati olib borayotgan zulm va zo’ravonlikka asoslangan idoraga qarshi uzoq yillar davomida norozilikka aylanib kelayotgan edi. Vabo faqatgina bir turtki bo’lgan edi holos.
General gubernatorlikning markazida bo’lib o’tgan bu kurashdan so’ng rus hukumati nihoyatda, qattiq tashvishga tushib qoldi. Turkiston o’lkasida mirshablik holati joriy etildi. «Davlat tartibi va jamoat osoyishtaligini muhofaza etishga doir choralar haqida Nizom» (1887) va 1892 yil 18 iyundan kuchga kiritilgan «Harbiy holatda deb e’lon qilingan joylar haqida Qoidalar» Turkiston o’lkasida joriy etildi. Harbiylar va polisiyaning vakolatlari kengaytirildi. O’lkada harbiy holat e’lon qilindi. rus mustamlakachi hukumati o’lka aholisining doimo qo’rquv va xavotirda yashashga majbur qilish bilan birga, milliy madaniyat va ma’rifatni ham cheklash, maorif va boshqalarda ruslashtirish siyosatini avj oldirishga kirishdi. 1895 yildan boshlab o’lkada rus tuzem maktablari ochila boshlandi. Turli siyosatlari va tadbirlari bilan rus mustamlakachilari mahalliy halqlar ustidan hokim ekanliklarini namoyish etib turdilar.