3-masala: Qo’qon xonligi tugatilib, o’rnida Farg’ona viloyati tashkil etilgach, halqimizning vatanparvar farzandlari o’z erki va ozodligini qo’lga kiritish hamda milliy davlatchiliklarini tiklash uchun kurashni bir dam ham pasaytirmadilar. Po’latxon qo’zg’oloni mag’lubiyatga uchragach, Farg’ona vodiysidagi barcha vatanparvar kuchlar yana bir istiqlol uchun kurashchi-mashhur qirg’iz ayoli Qurbonjon dodxoh qo’shinlari safiga kelib qo’shildilar. Vodiyda yashovchi o’zbek, qirg’iz, tojik halqlari birgalashib umumiy dushmanga qarshi kurashni davom ettirdilar.
Qurbonjon dodxoh Evropadagi urushlarda katta tajriba orttirgan rus generallaridan biri D.Skobelevga qarshi kurashlarda uni mag’lubiyatga uchratadi.
1876 yil yozida bo’lib o’tgan jangdan so’ng, mag’lubiyatga uchragan general Skobelev sulh so’rab, Qurbonjon dodxoh huzuriga mayor Ionovni yubordi. Biroq, mag’rur sarkarda ayol mayor Ionovni qabul qilmadi va mansab pog’onasi jihatidan o’ziga teng bo’lgan sarkarda bilangina muzokara olib borishini bildirdi. Muzokara olib borish amalga oshmagandan so’ng ruslar yana jangnni davom ettirishga majbur bo’ldi. Qurbonjon dodxohning o’g’li Abdulla o’z ukalari bilan birgalikda onasini qo’llab quvvatladi va ular bilan birgalikda ruslarga qaqshatqich zarbalar bera boshladilar. Ular rus mustamlakachilarni har qanday kelishuvchilik va bitimlarni hech qachon halol bajarmasliklarini ham ta’kidlab o’tdilar.
Uzoq va shiddatli janglardan so’ng 1876 yil 31 iyul kuni qirg’izlarning mung’ish va adigina urug’lari ruslarga taslim bo’lganliklarini bildirdilar. Biroq bu bilan ruslar istiqlolchilik harakatlarini Oloyda butunlay bostirishga erisha olmadilar. ruslar Oloyda hech qanday muvaffaqiyatga erisha olmagach, Qurbonjon dodxohni «Oloy malikasi» va hukmdori deb tan oldilar. Bu erlar rossiya mulki deb e’lon qilingan bo’lsa ham, Qurbonjon dodxoh o’ziga qarashli hududlarda mustaqil siyosat yuritish va boshqarish huquqini saqlab qoldi.
Farg’ona vodiysi va Oloyda halq kurashlari davom etardi. Qirg’izlarning nayman urug’i Qo’qon xonlari avlodidan bo’lgan Xudoyqulni xon deb e’lon qildilar va kurashni davom ettirdilar. S’Hohimardon va Langar qishloqlarini egallab, Vodil va CHimenni qo’lga kiritish uchun harakat qilayotgan Xudoyqulga qarshi general Kalpakovskiy boshchiligidagi jazo otryadi yuborildi va Xudoyqul mag’lubiyatga uchradi. Bu jang Qorakiya degan joyda bo’lib o’tdi.
1876 yilning mart oyida Abdullabek ham kurashlarni kuchaytirdi va ruslarning tarkibidan Terak dovoniga ko’chayotgan vaqtda ruslar unga qarshi jang qildilar va Abdullabek tomonidan mag’lubiyatga uchradilar. Abdullabekka qarshi yuborilgan xoin Sarimsoqxo’ja ham mag’lubiyatga uchratildi va qatl etildi. Guljaga qochishga erishgan Xudoyqul qo’zg’olon ko’tarishga urinib ko’rdi, biroq qo’lga tushirilib, qatl etildi.
Davomli kurashlardan so’ng tarqoq holga kelib qolgan Vatan himoyachilari o’z kuchlarini birlashtirdilar. Abdullabek, Umarbek, Sulaymon udaychi, Taniqul va Valixon to’ralar boshliq o’zbek va qirg’iz vatanparvarlari ruslarga qarshi kurash olib borib, Yangiariq darasini egallab oldilar. S’Hu vaqtlarda esa Abdukarimbek o’zini xon deb e’lon qildi (1876 y may). Uzoq davom etgan kurashlar vatan himoyachilari uchun juda og’ir kechdi va ular muntazam rus armiyalariga qarshi davomli kurashlar olib borishga ojizlik qildilar. S’Hunga qaramay rus mustamlakachiligiga qarshi ozodlik kurashlari Turkiston o’lkasining turli joylarida o’zini namoyon qilib turdi.