Dars o’tish vositalari: (Doska, plakat, fan yuzasidan manba va adabiyotlar, tarixiy ma’lumotlar, mavzu yuzasidan har Xil testlar, kompyuter, jahon siyosiy xaritasi, izohli lug`atlar)
Dars o’tish usullari: Takrorlash, suhbat va savol-javob (mavzuni o`zlashtirishni mustahkamlash), jonli muloqot o`tkazish, erkin fikrlash va so`zlashga o`rgangan holda fikr mulohazalarini bayon qildirish, buning uchun har bir talabaga o`tilgan mavzular, tayanch iboralardan savol tashlanadi. O`qituvchi va talabalar o`rtasida berilgan savollarni tahlil etish. Talabalarga Podsho Rossiyasi tomonidan Turkistonni iqtisodiy tutqunlikda tutish siyosati va uning oqibatlari nomli mavzuning obekti, predmeti va vazifalari borasida tushuncha berish. Tarqatma testlar asosida talabaning mavzuni qay darajada o`zlashtirganligini aniqlash. Talabalarni voqealarni tahlil etishga o`rgatish. Xarita bilan ishlashni talabalarga o`rgatish. Iboralarni izohlash va unga tahlil berish.
Darsning xrono kartasi – 80 minut.
O’qituvchi dars davomida quyidagi ishlarni bajaradi
Tashkiliy qism: xonaning tayyorgarligi, jihozlanishi, sanitariya holati, talabalarning davomati – 2 minut
Talabalar bilim darajasini aniqlash-8 minut
Yangi mavzu bayoni – 50 minut
Mavzuni o’zlashtirish darajasi – 7 minut
sinov savollar namunasi – 10 minut
Uyga vazifa berish – 3 minut
1. O’rta Osiyo bosib olingach Rossiya dunyoning eng yirik mustamlakachi davlatiga aylandi.Chorizmning Turkistonda shakillantirgan mustamlakachilik boshqaruv tizimi shovinistik xarakterga ega bo’lib uning oldiga o’lka boyliklarini metropoliyaga tashib ketishini taminlash Turkistonni xam Rossiya sanoatining xom ashyo manbasiga va tayyor maxsulotlar sotiladigan bozorga aylantirish vazifalari qo’yilgan edi. Turkiston general gubernatorligining tuzilganligi, general-gubernatorga cheklanmagan xuquqlar berilganligining eng asosiy sabablaridan biri Turkistonning boyliklaridan keng foydalanishga erishish ekanligini rus xukmron doiralari xech qachon yashirmaganlar. 1867 yildayoq birinchi general gubernator fon Kaufman oldiga O’rta Osiyoda Rossiya savdo va sanoati uchun keng va oson kirib boradigan yo’l ochish vazifasi qo’yilganligi fikrimizning tasdiqlovchi dalildir.
Turkiston general gubernatorligining saloXIyati naqadar katta ekanligini quyidagi fikr va raqamlar tasdiqlaydi. Turkiston general gubernatorligining umumiy maydoni XIX asr oXIrida 1,738918 kv.km ni tashkil etgan. Axoli soni 5,280.983 kishidan iborat bo’lgan. 1914 yilga kelib bu ko’rsatgich 6492692 kishiga etgan.Axolining 86%i qishloqda , 14 %i shaxarda isteqomat qilgan, o’lkada azaldan qishloq xo’jaligi va xunarmandchilik nixoyatda rivojlangan bo’lib, maxsulotlar dunyoning turli mamlakatlariga, jumladan rivojlanganlariga xam eksport qilingan.Turkistonda konchilikni rivojlantirish istiqbollari xam ktta bo’lgan general gubernator va uning maxkamasi faoliyatidagi asosiy o’rinlardan birini xo’jalikni boщqarish egallagan. Maxkamadagi 9 bo’limdan 3tasi er-suv masalalari , yo’l qurilishi va toq –kon ishlari bilan shug’illangan.
Viloyat maxkamalari qoshida xalq xo’jalik bo’limlari ochilib ularning zimmasiga o’troq va ko’chmanchi axolining er ishlarini, tartibga solish va maxalliy axolining suvdan foydalanish va soliq to’lash ishlarini boshqarish , davlat muassasalarining pul majburiyatlari va ularni idora qilish sarf xarajatlari smetasini tuzish, bojxona to’lovlarini yig’ish va o’lkaning xom-ashyo resurslarini qazib olish uchun ruxsatnomalar berish, savdo buyumlarini rasmiylashtirish kabi vazifalar yuklatildi.
Bunday boshqarish tuzilmalari bilan bir qatorda Chorizm tomonidan Turkistonning mustamlaka sifatida talon taroj qilinishi tashkil qilish uchun davlat muassasalarining tarmog’i vujudga keltirildi. Moliyaviy tushumlar ustidan umumiy nazoratni 1868 yili tashkil etilgan Turkiston nazorat palatasi xamda davlat nazorat idorasi va moliya vazirligi tarmog’idagi Turkiston podsholik palatasi amalga oshirganlar. 1874 yili Toshkentda davlat bankining bo’limi ochildi. 1881 yildan etiboran esa birinchi xususiy bank O’rta Osiyo tijorat banki faoliyat ko’rsata boshladi. XX asr boshiga kelib Turkistonda davlat bankining 10 ta va tijorat banklarining 40 ta bo’limi faoliyat ko’rsatgan. 1886 yildan boshlab toshkentda Aksiya boshqarmasi faoliyat ko’rsata boshladi. U spirtli ichimliklar, tamaki, gugurt neft maxsulotlari ishlab chiqarish va sotish, shuningdek tamg’a, sud, va boshqa qo’shimcha ishlar bilan shug’illanganlar.
Turkiston bojxonasi (1890) Turkistonnnig savdo aloqalari ustidan nazorat o’rnatgan. Buxoro va Xiva xonliklari xam uning yaaoliyat doirasi kiritilgan . 1889 yili 9 maydagi qonunga binoan Moliya vazirligi raxbarligidagi soliq nozirlari muassasasi tasis etiladi. U axoliga soliqlar taqsimlash va yig’ib olish, er, mulk, sanoat va savdoga soliq solish ustidan nazorat qilish xuquqiga ega bo’lgan.
O’lkaning tabbiy boyliklari ustidan 1897 yilda tasis etilgan dexqonchilik va davlat mulki Boshqarmasi nazorat qilgan. Boshqarma faoliyatining asosiy yo’nalishi Rossiya hukumatining uzoq muddatga mo’ljallangan ruslashtirish rejasining tarkibiy qismi XIsoblangan ko’chish-ko’chirish siyosatini amalga oshirishdan iborat bo’lgan.
Chorizm tomonidan tashkil etilgan xakamlik va barcha qo’mitalar turli tuman savdo bitimlari va bank operasiyalarini amalga oshirishda ko’maklashganlar.
Rossiya vazirliklari va idoralariga bo’ysungan xamda bevosita Turkistondagi mustamlaka xukumati tasarufida bo’lgan yuqorida sanab o’tilgan muassasalar o’z faoliyatlari davomida sekin asta o’lkaning boy moddiy va inson resurslaridan maqsadga muvofiq foydalanishni tartibga soldilar va metropomiya byurisiga moliyaviy tushumlarni jadallashtirishga imkon yaratdilar.
2. O’rta Osiyodagi er-suv tizimi Rossiyadagi birorta xam xududnikiga o’xshamas edi. Shuning uchun xam bunday murakkab tuzimni boshqarish tajribasiga ega bo’lmagan chor mamuriyati er-suv munosabatlariga to’g’ridan-to’g’ri aralashishga jurat qila olmadi. Talay vaqt soliq tizimi ham ilgari xolatda saqlanib qoldi.O’zgarish shunday iborat bo’ldiki ilgari xon va beklar xazinalariga olingan soliq tushumlari endilikda chor mamuriyati ixtiyoriga o’tdi. Shu bilan birgalikda chor mamuriyati er-suv mueosabatlarini chuqir o’rganishga kirishdi. Buning uchun o’z davrining , yirik mutaxasislari jalb qilindi. Chunki kapital va bozor munosabatlarining O’rta Osiyo iqtisodiyotidan tobora mustaxkam o’rin olishi, ayniqsa paxtachilikni rivojlantirish zarurati er egaligi, erdan foydalanishda shunga mos keladigan tartib qoidalarni joriy qilishni taqozo qilar edi. Chorizm bularni oldindan hisobga oldi.
Rossiya imperichsining Turkistondagi agrar siyosatining maqsad va vazifalarini Davlat mulklari va ziroatchilik vaziri A.V. Krivosheyn lo’nda qilib «paxta» , «sug’orish» va ruslarni «ko’chirib keltirish» kabi uch so’zda ifodalagan.
O’sha davr Rossiya sanoatining etakchi va eng rivojlangan tarmog’i to’qimachilik bo’lgan. Bu tarmoq ravnaqisiz Rossiyani sanoatlashtirish istiqbollari mavxumligicha qolishi mumkin edi. Arzon xom-ashyo mablag’lariga ega bo’lgan Angliya Rossiya to’qimachilik sanoati maxsulotlarini jaxon bozoridan shiddat bilan siqib chiqarayotganligi chorizmni talvasaga solayotgan edi. Raqobatga chidab berishning yagona yo’li Turkistonda paxtachilikni rivojlantirishdan iborat edi. Mustamlakachilikning dastlabki yillarida xuddi xonliklar davridagidek Turkiston sug’oriladigan erlarida asosan bug’doy , sholi, arpa kabi asosan oziq-ovqat maxsulotlari etishtirilgan , sabzavotchilik va bog’dorchilik rivojlangan edi. Larmikor erlar xam don ekinlari ekilar edi. Paxta ekishga etibor berilayotgan bo’lsada uning ulishi uncha katta bo’lmagan. Buning ustiga o’lkada paxtaning sifati uncha yuqori bo’lmagan va g’o’za deb atilgan navi ekilgan. Bu vaziyat chorizmni qoniqtira olmas edi. Shuning uchun paxtachilikni rivojlantirish maqsadida qator tadbirlar amalga oshirildi. Bular quyidagilardan iborat bo’ldi. 1) Soliqlarni natural shaklda to’lash (90 yillardan boshlab)taqiqlandi. 2) 1878 yildan boshlab chet eldan olib kelinayotgan paxtaga 1 budiga 40 oltin tiyindan boj belgilandi. 1887 yilga kelib bojning miqdori 1 rubl 25 oltin tiyinigacha oshirildi. 1894 yilda esa boj 3 rubl 15 tiyinni tashkil qildi. 3) Paxta ekilgan erlar uchun belgilangan soliq miqdori oziq-ovqat mahsulotlari ekiladigan erlariniki bilan teng qilib belgilandi. Paxta ekiladigan erlar samaradorligi 4-5 barobar ortiq bo’lganligi sababli dehqonlar paxta ekishga ko’proq qiziqa boshladilar.
Bundan tashqari qurqchilik va agronomiya ishlariga ham etibor kuchaydi. Yangi amerika navi keltirilib ular ekiladigan maydon keskin kengaytirildi. 1884 yilda amerika navi faqat 3ming desatina erga yig’ilgan bo’lsa 1890 yilga kelib bu ko’rsatkich 59 ming desatinani tashqil qildi. Maxalliy g’o’za nav esa shu yili faqat 32 ming desatina maydonda ekilgan edi. 1890 yilda Turkistonda 924 ming pud amerika, 258 ming pud g’o’za navlari paxta etishtirildi. Hammasi bo’lib, 1mln 282 ming pud hosil olindi. 1900 yilga kelib bu ko’rsatkich 3mln 896 ming pudni tashkil qildi. Ko’rinib turibdiki paxtachilik juda ham tez suratlar bilan rivojlangan.XIXasr oXIri XX asr boshlarida qishloq xo’jaligini rivojlantirishga qaratilgan barcha xukumat tadbirlari paxtachilik manfaatlariga bo’ysindirilgan edi. Tadbirlarning asosiylari natural soliqdan pul solig’iga o’tish ,paxtachilik uchun imtiyozli soliqlar joriy qilish ,temir yo’l qurilishi va turkistonga ko’p miqdorda don mahsulotlarini olib kelish, paxta urug’chiligi va agranomiyasi ishlarini tashkil qilishdan iborat bo’ldi. Paxtachilikning rivojlanishi tovar-pul munosabatlarini o’sishiga olib keldi.Bu esa o’z navbatida Turkistonning Rossiya bilan iqtisodiy aloqalarini kuchaytirdi. Natijada natural va yarim natural xo’jaligi o’rniga bozor munosabatlariga asoslangan xo’jalik shakllana boshladi. Bu albatta ijobiy xolat . Aksariyat mamlakatlarda bozor munosabatlarining rivojlanishi biror bir sohadan boshlangan. Italiyada tijoratdan, Angliyada mo’ynachilikdan, Janubiy Koreyada engil sanoatdan va xokozo. O’zbekistonda ham paxtachilikning rivojlanishi keyinchalik qayta ishdash,to’qimachilik sanoatlarini, undan keyin sanoatning boshqa tarmoqlarini: energetika, mashinasozlik,transport , XImiya, oziq-ovqat va boshqa sohalarni rivojlanishiga olib kelishi mumkun edi.Lekin mustamlakachilik siyosati olib borilayotgan bir vaqtda , Turkistonda paxtachilikning o’sishi natijasida faqat qayta ishlash sanoati vujudga keldi halos. Natijada Turkiston halqi uchun g’oyatda havfli vaziyat vujudga keldi . Chunki krizis boshlangudek bo’lsa xo’jalikning bunday bir yoqlama rivojlanishi xalqning xonavayron bo’lishiga olib kelishi muqarrar bo’lib qoldi.
Paxtachilikning rivojlanishida irrigasiyaning ahamiyati juda katta lekin, mamuriyat unga etarli darajada etibor qaratmadi .Suv xo’jaligini boshqarishni tartibi saqlab qolindi, faqat suv nazoratini amalga oshiruvchi ovul oqsoqollarini uezd boshliqlari tayinlpsh tartibi joriy qilindi xalos. Bunday xolat turli suistimolliklargabarham berishi mumkun emas edi albatta.
Irrigasiya tizimini kengaytirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshirilmadi. Chorizm davrida birorta xam yirik kanal qurilgan emas . Ish tamirlash va ariq tizimini takomillashtirish bilan chegaralandi. Shu sababli sug’oriladigan erlar miqdori dearli ko’paymadi.
Mustamlakachilikni mustahkamlashga qaratilgan eng asosiy choralardan yana biri ruslarni ko’chirib keltirish siyosati bo’ldi. Bu siyosat 1986 yilgi nizomda qonunan mustahkamlandi va ko’chib keluvchilarga 10 tanobdan kam bo’lmagan er ajratish belgilandi. Er ajratishni osonlashtirish uchun Turkistondagi barcha erlar davlat xazinasiga tegishli deb elon qilindi va foydalanayotgan aholiga sharoitga qarab yakka tartibda yoki jamoa bo’lib(chorvadorlarga) foydalanish uchun muddati cheklanmagan tarzda topshirildi .Erning Chor Rossiyasi mulki deb elon qilinishi go’yoki foydalanilmayotgan «bo’sh yotgan» erlarni ruslarga berishni osonlashtirdi. Aleksandr I I Turkistonda rus axolisining miqdorini 50 yil davomida maxalliy axoli soni bilan tenglashtirish va rejasi qo’yilgan edi. Aholini ko’chirish ruslashtirish bo’yicha Rossiya katta tajribaga ega edi va bu tajriba Qazon, alban, qirim, Astraxon xonliklarini ruslashtirish davomida to’langan edi.Lekin Turkistonda vaziyat birmuncha boshqacharoq edi. Mavuranaxr vaxolariga axoli juda zich yashab ishlovga yaroqli barcha erlar qishloq xo’jaligi aborotiga kiritilgan edi. Shuning uchun bu erlarga ruslarni ko’chirish maxalliy axolining naroziligini oshirib barqororlikka barxam berish mumkin edi. Chor mamuriyati ana shuni etiborga olib ko’chmanchi xududlarga yondoshgan va chorvadorlar yilining malum davrda o’lchov sifatida foydalanayotgan erlar «bo’sh erlar» deb ko’chib kelganlarga topshirila boshlandi. Bunday erlarining aksariyati xozirgi janubiy Qozog’iston va Qirg’iziston xududlarida joylashgan edi. XX asrning boshlariga kelib Turkistonda 116 ta rus pasyolkasi shakillandi. Ular zarurot tug’ilsa 31000 ta quroli kazak berishga qodir edi. Turkistondagi ruslar miqdori shu davrda 197240 kishini tashkil qilar edi. Marg’ilon tumanida 3 ta, Andijon tumanida 1ta rus pasyolkasi bor edi.
3. O’rta Osiyoda temir yo’lning barpo etilishini va xarbiy strategik omillar taqozo qilar edi. Temir yo’lsiz o’lkaga quroli kuchlar tashlash , ularni qurol o’roq, o’qdori , oziq-ovqat , kiyim kechak va dori darmon bilan taminlash muammosini xal qilish g’oyatda og’irlashishi mumkin edi. Harbiy kuchlarining mustaxkamlanishi Turkistonni Rossiyaning tarkibiy qismiga aylantirishning asosiy sharti edi. Bu birinchidan , ikkinchidan Rossiyaning o’lka boyliklarini olib chiqishi va uni metropoliyaning tayyor maxsulotlari sotiladigan bozorga aylantirishga qaratilgan mustamlakachilik siyosatini temir yo’l qurilishisiz amalga oshirish mumkin emas edi. Shu sababli 1874 yildayoq Kaufman davrida tuzilgan temiryo’l komissiyasini tortib olish to’g’risida taklif kiritildi. Lekin bu taklif amalga oshmay qoldi. O’rta Osiyo temir yo’l qurilishi orenburgdan emas Kasbiy dengizi qirg’oqlaridan boshlandi .1880 yilda Mixaylov ko’prigidan Qizil Arvot tomon temir yo’l o’urilishi boshlandi va 217 verstdan iborat birinchi uchastkaning qurilishi 1881 yil sentyabrda oXIriga etkazildi. Temir yo’l 1885 yilda Ashxabodga , 1886 yil Chorjo’yga , 1888 yilda Samarqandga, 1899 yilda Toshkentga va Yangi Marg’ilonga etkazildi. 1894 yilda Mixaylovdan Krasnovodskka qarab , 1898 yilda Marvdan Kushkaga qarab temiryo’lning qo’shimcha tarmoqlari tortildi. 1901-1906 yillarda esa O’rta Osiyo temir yo’li Orenburgga tutashtirildi.
Temir yo’l yuqorida aytilganidek xarbiy strategik maqsadlarni ko’zlab barpo etilgan edi. Shuning uchun fransuzlar O’rta Osiyo temir yo’lini Eron temir yo’l tarmog’iga ulash haqidagi taklifi atiga 300 km yo’lni barpo qilishni ko’zda tutgan bo’lsada rad qilinadi. Bunday yondashuv O’rta Osiyoni Rossiya tarkibida abadiy saqlash maqsadidan kelib chiqar edi. Bu yo’lning xarbiy strategik ahamiyatiga katta etibor berilganligini temir yo’l ishchi XIzmatchilarining milliy tarkibini tahlil qilish ham ko’rsatadi. 1899 yilda temir yo’lda 4300 dan ortiq rusiyzabon ishchi XIzmatchilar ishlagan bir vaqtda mahalliy aholi vakillarining miqdori 114 tani tashkil qilgan halos. Mahalliy millatlar vakillari faqat qora mehnat qilinadigan ishlarda ishlagan. Nasroniy dinida bo’lmaganlar temir yo’l ustaxonasida yoki depoda mashinist, konduktor, chilangar, o’t yoquvchi bo’lib ishlashi mumkun emas edi.
Temir yo’l ishga tushgach , karvon yo’li o’z ahamiyatini yo’qotdi. O’lka boyliklarini arzon va o’ulay yo’l bilan tashib ketish imkoniyati paydo bo’ldi. Temir yo’l tufayli ayniqsa paxtachilikni rivojlantirishni va uning yakkaxokimligini o’rnatish imkoniyati paydo bo’ldi. Chunki bungacha Turkiston aholisi uchun etarli g’alla mahsulotlarini rossiyadan olib kelishning iloji yo’q edi. Bunday imkoniyat paydo bo’lgach XXasrning boshlaridayoq paxtachilik Turkiston yalpi ichki mahsulotining 40% ni tashkil qildi. Don 38%, chorvachilik 15,8%, bog’dorchilik 3% boshqa sohalar 1,2%ni tashkil qildi.
Paxtachilikni yanada rivojlantirish undan olinadigan daromad miqdorini oshirish maqsadida paxtani qayta ishlaydigan zavodlar qurildi . 1867- 1900 yillar maboynida 175 shunday zavod qurilib ular Turkiston sanoatining 80% ni tashkil qilar edi .
Paxtachilikni rivojlantirish , sanoat va temir yo’l qurilishi , savdo – tijorat ishlarini toboro kengayishi Turkistonda bozor munosabatlarining toboro chuqurlashib borishi bank tizimini rivojlantirishni taqozo qildi. Turkistonda davlat bankidan tashqari, Rossiya-Osiyo, Moskva savdogarlar , Rus-XItoy kabi qator tijorat binklarining filial va boshqarmalari ochildi.
Turkiston bozoridagi kapital asosan rus kapitalistlariga tegishli kapital bo’lib , bank, sanoat , ulgurji savdo ularning to’la nazorati ostida bo’lgan . mahalliy boo’lar kapitali asosan savdo kapitali edi. Ularga tegishli zavodlar asosan kichkina zavodlar bo’lgan.
Paxta monopoliyasi Turkiston halqi manfaatlariga umuman mos kelmas edi va o’lka aholisi turmush darajasi tushib ketishi , uning xonavayron bo’lishi omillaridan biri bo’ldi. Masalan: 1913-1916 yillar davomida gazlama , temir , mis buyumlari , choy va don mahsulotlariga hech qanday cheklanishlarsiz narx-navo qo’yilganligi sababli ularning narXI 5-6 barobar ko’tarilgan bir paytda paxtaning narXI qatiy normada saqlab qoldirildi. Natijada o’zbek dehqonlarining katta qismi xonavayron bo’lib ishlab chiqarish vositalari va erini sotishga majbur bo’ldi.1916 yil qo’zg’aloni sabablaridan biri aynan shu xolat edi.
Ana shu tariqa Turkiston Rossiyaning xom ashyo manbai va tayyor mahsulotlar sotiladigan bozoriga aylantirildi.
Mavzu: Podsho Rossiyasining Turkistonda maorif,Fan va madaniyat sohasida yuritgan mustamlakachilik siyosati. Reja 1.Mustamlakachilik davrida xalq maorifi.
2.Turkiston adabiyoti, fani va madaniyati mustamlakachilik davrida.
3.Sanat va memorchilik mustamlakachilik davrida.
4.Turmush madaniyatidagi o’zgarishlar.