ON UCHUN TESTLAR
XIX asrning ikkinchi yarmi – XX asrning boshlarida Turkiston general-gubernatorligining qaysi hududlarida sug’orish sohasi bo’yicha ishlarning ko’pchiligi bajarilmasdan qoldi?
A) Toshkent vohasi, Samarqand viloyati va Farg’ona vodiysida
B) Farg’ona vodiysi, Qashqadaryo va Surxondaryo vohalarida
C) Farg’ona vodiysi, Qashqadaryo vohasi va Sirdaryo viloyatida
D) Toshkent vohasi, Samarqand viloyati va Surxondaryo vohasida
2. Chor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan O’rta Osiyodagi qaysi qal’a va shaharlarning egallanishi M. Chernyaev boshchilik qilgan?
1) Avliyoota; 2) Oqmachit; 3) Turkiston; 4) Chimkent; 5) Toshkent
A)1,4,5 B) 1,2,4 C) 3,4,5 D) 1,2,5
3. 1917-yil aprel oyida Yosh xivaliklar tomonidan Asfandiyorxonga taqdim etilgan manifestda ilgari surilgan talablarga muvofiq kelmaydigan javobni aniqlang.
A) davlat mablag’lari sarflanishi ustidan nazorat qilish uchun moliya vazirligini tuzish
B) suv taqsimotini isloh qilish
C) rus-tuzem maktablari tarmog’ini kengaytirish
D) temiryo’llar va pochta-telegraf tizimi qurilishi
4. XIX asrning o’rtalarida Buxoro amirligi qaysi hududlar bilan chegaradosh bo’lgan?
A) Eron, Afg’oniston, Qo’qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari erlari bilan
B) Afg’oniston, Xitoy, Qo’qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari erlari bilan
C)Eron, Eossiya, Afg’oniston, Qo’qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari erlari bilan
D) Eron, Xitoy, Qo’qon va Xiva xonliklari, qozoq juzlari erlari bilan
5. XX asr boshlarida …
1) O’zbek xalqi tasviriy san’atida ramziylikka xos asriy an’analarga boy diniy-falsafiy mazmundagi naqqoshliklardan – bevosita real tasviriy san’atga o’tilish holati ko’zatildi; 2) o’zbek milliy me’morchiligiga Evropa uslubidagi binolarni qurish an’analari kirib keldi; 3) Turkistonning bir necha shaharlarida an’anaviy teatr uyushmalari vujudga keldi; 4) Turkiston o’lkasidagi dastlabki yozma milliy sahna asarlari yaratildi; 5) o’zbek adabiyotida dastlabki nasriy asarlar ham yaratildi; 6) Turkiston o’lkasida dastlabki gazeta nashr etila boshlandi.
A)1,3,5 B) 2,4,6 C) 3,5,6 D)1,4,5
6. Rossiya imperiyasining mardikorlikka olish to’g’risidagi farmoniga javoban 1916-yil 5-iyulda Jizzaxda dastlabki g’alayonlar boshlanganda, aholi nimalarni talab qilgan edi?
1) farmonning bekor qilinishini; 2) ro’yxat tuzishni to’xtatishni; 3) ro’yxatga yuqori tabaqa vakillarining farzandlarini ham kiritishni; 4) ro’yxatni tuzishda oiladagi mehnatga yaroqli erkaklar sonini e’tiborga olishni
A)3,4 B) 1,2 C) 1,3 D) 2,4
7. Alp tog’laridagi mashhur Sen-Gotard dovoni ostida 15 km lik tunnel qurilgan yilda Turkistonda yuz bergan qo’zg’olon rahbarlarini belgilang.
A) Darvishxon, Vose B) Nazirxo’ja eshon, Abdurahmon jevachi
C) Rahmonqulixoji, Mirkarimboy D) Dukchi eshon, Ziyovuddin maxsum
8. XX asr boshlarida Turkiston ilg’or ziyolilari erishgan yutuqlari orasida eng salmoqlisi - ….. edi.
1) hukmron mafkuradan mustaqil bo’lgan xalq ta’limi tizimining yaratilishi; 2) mutlaq monarxiyani cheklash va demokratik davlat barpo etish g’oyalarining ilgari surilishi; 3) milliy matbuotga asos solinishi; 4) yagona milliy g’oyaning yaratilishi
A) 1,2,4 B) 2,3,4 C) 2,3 D) 1,3
9. Buxoroda qaysi amir davrida soliqqa tortishning natura shakli o’rniga naqd pul ko’rinishidagi yig’imlar asosiy o’rin egallagan?
A)Amir Abdulahad B) Amir Olimxon C) Amir Muzaffar D) Amir Nasrullo
10. Rossiya imperiyasining O’rta Osiyoga harbiy yurish boshlashiga nima bahona bo’lib xizmat qildi?
A)Buyuk britaniyaning Afg’oniston va Hindiston orqali O’rta osiyoga ta’siri kuchayib borayotganligiga yo’l qo’ymaslik
B) O’rta osiyo xonliklarida Rossiya savdogarlariga tazyiq kuchayib borayotganligining oldini olish
C) chegara hududlardagi Rossiya imperiyasi fuqarolariga nisbatan talonchilik va bosqinchilik qilib turuvchi guruhlarning hujumlarini bartaraf etish
D) Rossiya imperiyasi hududiga O’rta Osiyo orqali Buyuk Britaniya iqtisodiy va harbiy ta’siri kuchayib borayotganligin oldini olish
11. Rus-tuzem maktablarini tashkil etishdan ko’zlangan maqsadlarga muvofiq keluvchi javob variantini aniqlang.
1) Turkistonga ko’chirib keltirilganlarning bolalariga ta’lim berish orqali tarjimon kadrlarni tayyorlash; 2) mahalliy aholining madaniy saviyasini yuksaltirish orqali o’lkaning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini yuksaltirish; 3)ko’chirib keltirilgan va mahalliy aholi o’rtasida yuzaga kelgan madaniy-ma’naviy notenglikni bartaraf etish; 4) tub joy aholisi o’rtasida rus madaniyatini keng yoyish.
A)2,4 B) 1,4 C) 1,3 D) 3,4
12. XX asr boshlarida Xiva xonligining qaysi hududlarida muhtoj dehqonlar yirik zamondorlarning erlarini egallab ola boshladilar?
A) Xonqa, Hazorasp, Yangi Urganchda B) Xonqa Hazorasp, Bog’otda
C) Pitnak, Hazorasp, Ko’hna Urganchda D) Bog’ot, Muynoq, Taxtada
13. XIX asr oxiri XX asr boshlarida Xiva xonligida faoliyat yuritib, oddiy loydan go’zal san’at asarlari yaratish va tabiatdagi turli giyoh va o’simliklardan betakror ranglar kashf etish mumkinligini mamalda isbotlab bergan usta kulollarni aniqlang.
1) Nurmuhammad; 2) Ibrohim Hofizov; 3) Abdujabbor; 4) So’fimuhammad Niyoz; 5) Abdulla;
6) Odina Muhammad Murod.
A)2,4,5,6 B) 1,3,4,5 C) 1,3,4,6 D) 1,2,5,6
14. 1916-yil iyul oyining o’rtalarida Farg’ona viloyatining qaysi uezdlarida mardikorlikka olishga qarshi qo’zg’olonlar keskin tus oldi?
1) Qo’qon; 2) O’sh; 3) Rishton; 4) Xo’jand; 5) Marg’ilon;
6) Andijon; 7) O’ratepa; 8) Namangan.
A)1,3,5,6,8 B) 1,2,4,7,8 C) 1,3,4,5,6 D) 1,3,5,7,8
15. Quyidagi voqealardan qaysi biri nisbatan oldinroq yuz bergan?
A) Kaspiyorti temiryo’li bilan dastlabki poezd Samarqandga etib keldi
B) Turkistonda “Davlat taritboti” va jamoat osoyishtaligini kuchaytirilgan tarzda qo’riqlash to’g’risida” gi Nizom chiqdi
C) Andijon, O’sh, Marg’ilon, uezdlarida aholining mustamlakachilikka qarshi ommaviy chiqishlari bo’lib o’tdi
D) Xiva xonligida “A-Meta” sindikati tashkil topdi
16. Xiva shahrida joylashgan quyidagi me’moriy inshootlardan qaysi biri XIX asrda barpo etilmagan?
A) Muhammad Rahimxon madrasasi B) Muhammad Aminxon madrasasi
C) Olloqulixon madrasasi D) Muhammad Amin madrasasi
17. Chor Rossiyasi tomonidan O’rta Osiyoni bosib olinishining ikkinchi bosqichi …
A) Samarqandning egallanishi va Buxoro amirligining Rossiya protektoratiga aylanishi bilan yakunlandi
B) Go’ktepaning egallanishi va Zarafshon okrugi tuzilishi bilan yakunlandi
C) Buxoro amirligida Rossiya siyosiy agenti lavozimining joriy etilishi bilan yakunlandi
D) Qo’qon xonligining tugatilishi bilan yakunlandi
18. XX asr boshlariga kelib, qoraqalpoq adabiyotidagi demokratik an’analarni davom ettirgan yangi avlod vakillarini belgilang.
A) Usmon, Qallibek, Salimbek, Qulmurot, Safar B) Umar, Qosimbet, Safarboy, Qallibek, Sevar
C) Umar, Qulimbet, Sariboy, Qulmurot, Sodiq D) Umirbek, berdaq, Oydo’st, Sariboy, Sodiq
19. Fransiya Madagaskarni bosib olgan yili O’rta Osiyoda
A) Dukchi eshon qo’zg’oloni yuz berdi B) Amudaryo flotiliyasi tashkil etildi
C) birinchi gimnaziya ochildi D) Kalif bekligida qo’zg’olon yuz berdi
20. “….. Xorazm maqomlari xalqning daxlsiz mulki deb e’lon qilinsin. Ushbu farmoni oliyga shak keltirgan va va maqomlarni kamsitgan yoki uni buzib ijro etgan kimsalar qattiq jazolansin!” Xiva xoni Muhammad Rahimxon II ushbu farmoni oliyni e’lon qilgan yili …
A) Rozenbax Turkiston general-gubernatori etib tayinlandi
B) Xo’jand uezdining boshlig’I Xo’jand va O’ratepa tumanlarida aholidan qo’shimcha er solig’I olinadi deb e’lon qildi
C) Buxoro amirligida dastlabki rus qishloqlari tashkil topdi
D) talonchilik, soliqlar va jabr-zulm avjiga chiqqanligi sababli Namangan aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko’tardi
21. Quyidagi fikrlardan qaysi biri xato berilgan?
A) Mulla Olim Mahdum Hoji o’zbek tilidagi ilk tarixiy asar muallifi sifatida shuhrat qozongan
B) Rus olimi A. P. fedchenko Farg’ona vodiysi va Oloyni, shuningdek Zarafshon vodiysi bilan Qizilqumni tekshirib chiqqan
C) Munavvar Qori Turkistonning barcha aholisiga “hozirgi dunyoda yashash, ziyoli, komil va odil” bo’lish uchun o’z vatani tarixini o’rganish da’vati bilan chiqdi
D) Hukumat senatori Palen Turkiston o’lkasini taftish qilish uchun kelgan yilida V. Vyatkin tomonidan Ulug’bek rasadxonasi qoldiqlari topishga muvaffaq bo’lingan
22. Jizzax qo’zg’oloni davrida mustamlakachilar qo’shini …
A) dastlab Jizzaxni, keyin Zominni egallab, so’ng Sengzorga yurish qildi
B) dastlab Jizzaxni, keyin Sengzorni egallab, so’ng Zominga yurish qildi
C) dastlab Sengzorni, keyin Zominni egallab, so’ng Jizzaxga yurish qildi
D) dastlab Zominni, keyin Jizzaxni egallab, so’ng Sengzorga yurish qildi
23. XIX asr oxirida Turkistonda ko’tarilgan qo’zg’olonlarning harakatlantiruvchi kuchini aniqlang.
A) asosan dehqonlar, shahr hunarmand-kosiblaridan iborat aholining kambag’al qismi
B) asosan, dehqonlar, mardikorlar, chorvadorlar, qisman savdo ahli
C) asosan dehqonlar, kosiblar, chorvadorlar, ziyolilar
D) dehqon, hunarmandlar, ruhoniylar va liberal ziyolilar
24. Xiva xonligida jadidchilik ikkita oqimdan iborat bo’lgan. Uning so’l oqimi …
A) yangi usul maktablarini tashkil etish orqali xalq ommasining siyosiy faolligiga erishmoqchi bo’ldilar
B) mamlakatda tinch-totuv hayotni ta’minlash, soliqlarni tartibga solishni maqsad qilib quydilar
C) rus mustamlakachilaridan mamlakatni qurolli qo’zg’olon yordamida ozod qilishni maqsad qildilar
D) mamlakatda xon hokimiyatini saqlab qolgan holda islohotlar o’tkazishni rejalashtirdilar
25. 1916-yilda ro’y bergan Jizzax qo’zg’oloni bostirilgach, qo’lga olinib, o’lim jazosiga hukm qilingan shaxslarni belgilang.
A) Abdurahmon eshon, Nozimxo’ja, aka-uka To’raqul va Eshonqul To’rabekovlar, Solih maxsum
B) NAzirxo’ja eshon, Darvishxon hamda Etimxon, Qosim hoji eshon, Damin kulol
C) aka-uka To’raqul va Eshonqul To’rabekovlar, Qalandar maxsum, Xo’janiyoz
D) Abdurahmon jevachi, Nazirxo’ja eshon, aka-uka To’raqul va Eshonqul To’rabekovlar, Qosim hoji eshon
26. Xiva xonligida, ayniqsa, XIX asrning o’rtalariga borib …
A) xalq qo’zg’olonlari avj oldi B) hokimiyat uchun ichki kurashlar kuchayib ketdi
C) qurilish-obodonchilik ishlari avj oldi D) Buxoro amirligi bilan ziddiyatlar o’z chuqqisiga ko’tarildi
27. 1916-yildagi Jizzax qo’zg’oloni davrida qo’zg’olon ishtirokchilari tomonidan temiryo’l stansiyalari, aloqa simlari uzilib, temiryo’l va ko’priklarni buzib tashlagan kunda …
A) Abdurahmon jevachi o’z uyida turli joylardan yuborilgan vakillar bilan yig’ilish o’tkazdi
B) Jizzax shahrida damin kulol boshchiligida hunarmandlar mardikorlikka olish bo’yicha ro’yxatni talab qilib qilib, qishloq oqsoqoli Mirzayor Xudoyorovning oldiga bordilar
C) Jizzax voqealari munosabati bilan Turkistonda harbiy holat e’lon qilindi
D) Andijonda tayoq, tosh, ketmon va boshqa narsalar bilan qurollangan aholi mardikorlikdan bosh tortib namoyishga chiqdilar
28. Xorazm maqom va musiqa maktabi qaysi Xiva xoni hukmronligi davrida yanada rivojlanib, uning o’zi ham bevosita musiqa san’atini rivojlantirishga oid farmonlar chiqargan?
A) Muhammad Rahimxon I B) Muhammad Aminxon
C) Olloqulixon D) Muhammad Rahimxon II
29. Quyidagi voqealarning qaysi biri fransiya-prussiya urushi boshlangan yilda sodir bo’lmagan?
A) Xudoyorxon saroyi qurilishi tugallandi
B) Xo’jang uezdining boshlig’I Xo’jand va O’ratepa tumanlarida aholidan qo’shimcha er solig’I olinadi deb e’lon qildi
C)Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil topdi
D) Turkiston general-gubernatori tomonidan taklif qilingan Samara teatri o’lkada bir necha kunlik dasturlarni namoyish etdi
30. Podsho hukumati O’rta osiyodan M. Chernyaevni Sankt-Peterburgga chaqirib olgach, uning o’rniga Turkiston viloyatining gubernatori etib kimni tayinlagan?
A) F. Romanovskiy B) K. Skobelev C) U. Abramov D) R. Krijanovskiy
31. Avstriya-Vengriya imperiyasi vujudga kelgan yili Turkiston general-gubernatorligida …
A) Toshkent shahrida boshqaruv shahar Dumasi qo’liga o’tdi
B) Ma’muriy boshqaruv tizimi yangi idora – Turkiston general – gubernatori Kengashi bilan to’ldirildi
C) Viloyat sudlari tugatilib, o’rniga okrug sudlari tashkil etildi
D) Chorvador aholi ikki bosqichli tizim ko’rinishidagi volost va ovullarga birlashtirildi
32. Quyidagi jaded gazetalari kimning muharrirligi ostida chiqarilganligini aniqlang.
1) “Xurshid”; 2) “Shuhrat”; 3) “Taraqqiy”; 4) “Osiyo”
a) Ismoil obidov; b) Ahmadjon Bektemirov; c) Abdulla Avloniy; d) Munavvar Qori
A)1-c,2-d,3-a,4-b B)1-d,2-c,3-b,4-a C) 1-d,2-c,3-a,4-b D) 1-c,2-d,3-b,4-a
33. Xiva xonligida joylashgan me’moriy inshootlardan XIX asrda barpo etilganlarini aniqlang.
1) Arab Muhammad madrasasi; 2) Muhammad RAHIMXON madrasasi; 3) Muso To’ra madrasasi
4) Rahmonqul inoq saroyi; 5) Muhammad Amin madrasasi; 6) Olloqulixon madrasasi
7) Muhammad Aminxon madrasasi 8) Sherg’ozixon madrasasi; 9) Nurullaboy saroyi
A) 1,2,6,7, B) 2,3,5,8C) 2,4,6,7 D) 2,6,7,9
34. Mazdak ibn Hamadon tavallud topganidan 1400 yil o’tgach …
A) O’rta Osiyoni bosib olishning uchinchi bosqichi boshlandi
B) Toshkentda shahar Nizomi joriy etildi
C) Turkmanlar yashaydigan hududlarga M. Skobelev boshchiligidagi qo’shin harbiy yurishni boshladi
D) Samara teatri Turkiston general-gubernatorligiga gastrol uyushtirdi
35. Afg’oniston taxtiga Amir Abdurahmon o’tirgan yili Chor Rossiyasi mustamlakachiligi zulmiga qarshi qaysi hudud aholisi ma’murlarga qarshi bosh ko’tarib chiqdilar?
A) Namangan B) Andijon C) Xo’jandD) Jizzax
36. XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr boshlaridagi qoraqalpoq madaniyatiga doir quyidagi ma’lumotlardan qaysi biri xato ekanligini aniqlang.
A) Qoraqum eshon madrasasi XIX asr o’rtalarida qurilib, dastlab masjid vazifasini bajargan
B) 1841-yilda qurilgan Tosh madrasasida ta’lim ikki bosqichli bo’lib, birinchi bosqichda asosiy fanlar sifatida arab tili grammatikasi, islom huquqi va falsafasi o’rganilgan bo’lsa, keyingi bosqichda qo’shimcha fanlar sifatida elementar arifmetika va geometriya o’qitilgan
C) Ajiniyoz Qasiboy o’g’li qoraqalpoq ziyolilari orasida birinchilardan bo’lib oxund darajasiga erishgan
D) XX asr boshlariga kelib qoraqalpoq adabiyotidagi demokratik an’analarni Umar, Qulimbet, Sariboy, Qulmurot, Sodiq kabi yangi avlod vakillari davom ettirdilar
Do'stlaringiz bilan baham: |