O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi



Download 23,09 Mb.
bet68/152
Sana20.07.2022
Hajmi23,09 Mb.
#828477
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152
Bog'liq
O\'ZB TARIX SIRTQI 3-KURS 2021 MAJMUA

3 – masala: XIX asr ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida ham O’rta Osiyoda tarix ilmi va falsafiy qarashlarga bo’lgan qiziqish zarracha susaymadi. CHunki halqlarimiz qadimgi davrlardanoq tarix ilmini g’oyatga qadrlaganlar tarixni buzib ko’rsatishga aslo yo’l qo’ymaganlar. Bu davrda ham tarix ilmini rivoj toptirilganligi yozilgan ko’plab tarixiy asarlar misolida yaqqol ko’rinadi.
Bu davrda yashab ijod qilgan eng mashhur tarixchilardan biri Axmad Donish edi (1827-1897). Garchi Axmad Donish fanning bir qancha sohalrida ijod qilgan bo’lsada, uning qoldirgan tarix ilmiga mansub asarlariga asoslangan holda uni haqli ravishda tarixchi deb atashimiz mumkin. CHunki bu davrda yashagan tarixchilar orasida Axmad Donish o’zining Buxoro amirligini tarixini mukammal bilishi bilan ajralib turadi. «Navodur – ul vaqoe» hamda «Buxoroyi sharif az amir Doniyol to amir Abdulaxad» asarlari Axmad Donish qalamiga mansubdir.
Buxoro amirligi tarixining bilimdonlaridan yana biri Mirzo Abduazim Somiy Bo’stoniydir (1833-1914) . U amir Muzaffar davrida amirning shaxsiy munshisi bo’lgan bo’lsa, amir Abdulaxad davrida amirga qarshi fikrlari uchun saroydan chetlashtirilgan edi. Somiyning tarix sohasida yozgan «Tuhfai shohiy» va «Tarixi solotini mang’itiya» asarlari mashhurdir. Tarix fani moziy ilmiga ma’rifat va haqiqat chirog’i deb qaragan, Xorazm tarixshunosligi maktabida yirik namoyondasi Muhammad Yusuf Bayoniy o’z davrini yirik muarrixlaridan sanalgan. Tarixni faqatgina rostgo’ylik va haqqoniy yozish lozimligini qattiq talab qilgan muarriqdan «Xorazm tarixi» va «Shajarai Xorazmshohiy» asarlari bugungi kunda qimatli manbalar hisoblanadi. Bu asarlarda Bayoniy Xorazm tarixini yoritish bilan birga chor rossiyasining mustamlakachilik urushlari tarixini ham yoritib bergan.
XIX asr ikkinchi yarmida va XX asrda yashab ijod qilgan tarixchilar qatoriga Mirzo Salimbek «Tarixi Salimiy», Abu ToXIrxoja «Samariya», Qo’qon tarixshunoslik maktabi vakillaridan Mullo Olim Maxdumxoja «Tarixi Turkiston», Muhammad Solix Toshkandiy «Tarixiy jadidi Toshkand», Mulla Niyoz Muhammad «Tarixi S’HohruXIy», Muhammad YUnus Toib «Tarixi Aliquli Amirlashkar», Muhammad Aziz Marg’iloniy «Tarixi Aziziy», Fozilbek Otabek o’g’li «Mukammal tarixi Farg’ona», Avaz Muhammad Attor Xo’qandiy «Tarixi Jahonnamoi», Ibrat «Tarixi Farg’ona» kabi tarixchilarni va ular tomonidan yozilgan tarixiy asarlarni kiritish mumkin. Bu asarlarning aksariyatida Qo’qon xonligi tarixini yoritib berish bilan birga chor rossiyasining mustamlakachilik istilolari va mahalliy halqlarning mustamlakachilarga qarshi erk va ozodlik uchun olib borgan kurashlari haqqoniy va tarixiylik nuqtai – nazaridan holisona yoritib berilgan. Shuning uchun bu asarlar bugungi kunda o’sha davr tarixini o’rganishdagi eng muhim manbalar sanaladi.
Bu davrda Turkistonda arxeologiya sohasi ham taraqqiy eta boshladi. Biroq bu davrda olib borilgan arxeologik tadqiqotlarga pala – partish va asosan talonchilik, mahalliy halqlarning milliy boyliklarini o’marish maqsadida amalga oshirila boshlandi. rossiya Fanlar Akademiyasi orqali bu erga arxeologik tadqiqotlar olib borish uchun yuborilgan har bir mutaxassisning oldiga ular aynan qaysi soha va nimalarni qo’lga kiritish lozimligi haqida mahsus ko’rsatma berilardi. Natijada, XIX asr oXIrlariga kelib o’lkadan juda ko’plab nodir va qimmatli bo’lgan ashyolar va boshqalar rossiya markaziga tashib ketila boshlandi.
Bunda rus arxeologlari mahalliy havaskor arxeologlar yordamiga tayandilar. Shunday havaskorlardan biri keyinchalik arxeologiya jamiyatiga a’zo qilib olingan savdogar Akram Asqarovning «jonbozligi» bilan halqimizga tegishli bo’lgan 14 mingdan ortiq oltin va boshqa nodir tangalar, 200 dan ortiq turli osori atiqalar Ermitajga joylashtirildi. Uning vositachiligi orqasida mahalliy tarixchilarimiz tomonidan yozilgan ajoyib tarixiy asarlarning asl qo’lyozmalari rus sharqshunoslari tomonidan rossiyaga olib ketildi.
Shunga qaramay, arxeologiya sohasida Vyatkin tomonidan Ulug’bek rasadxonasining topilishini bu sohadagi chinakam yutuq deb hisoblashimiz lozimdir.
Arxelogiya sohasida erishilgan yutuqlar Turkistonda bu sohaning rivojlanishiga ma’lum turtki bo’lib hizmat qildi , albatta, biroq amalga oshirilgan ishlarning hammasi imperiya manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilgan edi. Oqibatda A.Asqarov, Turdi Mirg’iyosov, Mirza Abdulla kabi «jonkuyar» havaskorlarimiz yordamida tariximiz va madaniyatimizning bebaho bo’lgan katta qismi yurtimizdan olib chiqib ketildi va bugungi kunda ham dunyoning turli burchaklarida halqimiz o’tmishini ko’z – ko’z qilib turibdi.
O’rta Osiyoga shovinistik g’oyalarning yoyilishiga erishgan podsho hukumati madaniyat sohasida ruslashtirish g’oyalarini, ayniqsa, kuchaytirib yubordi. Fan va madaniyat sohasidagi siyosat yo’nalishini o’lka halqlari tarixi, milliy qadriyatlarni, an’anaviy urf-odatlari, islomiy ma’naviyatidan butunlay uzib tashlashga qaratdi.
Rossiya fanlar Akademiyasi sharqshunos olimlari tomonidan to’plangan barcha noyob badiiy tarixiy ilmiy asarlar 1870 yilda tashkil etilgan Turkiston general gubernatorligi huzuridagi kutubxon ixtiyoriga topshirildi va ular orasidan eng nodirlari tanlab olingach, rossiya markaziga jo’natildi. Oqibatda, minglab nodir qo’lyozma asarlarimiz halqimizdan begona qilindi. Bu esa halqlarimizga juda katta ma’naviy zarar etkazdi. Bunday holni 1873 yilda Xiva xonligining mag’lubiyati va 1876 yilda Qo’qon xonligining tugatilishi jarayonlarida ham yaqqol kuzatish mumkin. Xonliklarning xazinasi bilan barobar holda Axmad Yassaviy maqbarasi, Amir Temur maqbaralari ham ruslar tomonidan talanib ketildi.

Download 23,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish