O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxus ta’lim vazirligi



Download 23,09 Mb.
bet67/152
Sana20.07.2022
Hajmi23,09 Mb.
#828477
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152
Bog'liq
O\'ZB TARIX SIRTQI 3-KURS 2021 MAJMUA

2-masala: Turkiston o’lkasida o’rnatilgan mustamlakachilik tizimi tarixiy – ijtimoiy vaziyatni murakkablashtirib yubordi. Bunday mustamlakachilik hukmronlik muhiti madaniyat, fan, san’at va adabiyot, ijtimoiy, siyosiy fikr va halqning turmush tarziga ham o’zining katta ta’sirini o’tkazdi. Asriy an’analar hukm surgan o’lkaga evropacha turmush tarzi va madaniyati kirib kela boshladi. Bu jarayonda ayrim sohalarda ziddiyatli vaziyatlar yuzaga kelgan bo’lsada, ayrimlarida yaqinlashuv va bir – biriga ta’sir jarayonlari yuz berdi. Bunda albatta ilg’or fikrli rus ziyolilari va mahalliy halqlar ziyolilari katta o’rin tutdilar. Chunki mustamlakachilar Turkiston o’lkasida fan va boshqa sohalarning taraqqiyotiga tish tirnog’i bilan qarshi bo’lsa, mahalliy mutaassib ruxoniylar va tor fikrli kishilar yangicha ruhdagi adabiyot va fanning o’lkaga kirib kelishiga to’sqinlik qilardilar. Ana shunday murakkab bir vaziyatda mahalliy adiblar va fan ijodiy ishlari demokratiklar ruhi bilan boyib bordi.
Biroq, bu bilan insonparvarlik va halqchilik g’oyalari Turkiston o’lkasiga shu davrdan kirib kela boshladi desak, katta xato qilgan bo’lamiz, chunki bunday qarashlarni va o’z ijodlarida insonparvarlikni ulug’lagan shoirlardan Alisher Navoiy, Lutfiy, Turdi, Maxtumquli va boshqalarni keltirib o’tishimiz mumkin.
Demak, bunday g’oyalar turkistonlik shoirlar va adabiyot ahli uchun yangilik bo’lmagan va faqatgina bu davrda yashab ijod qilgan shoirlar o’z asarlarida yangicha fikrlar va ilg’or qarashlarni ham singdira olganlar. Bunday shoirlar qatoriga biz Muhammad Aminxo’ja o’g’li Muqimiyni (1850-1903) kiritishimiz mumkin. Muqimiy o’z she’rlarida halqning turmush tarzi, uning og’irligi va amaldorlarning ochko’zlgi va yulg’ichligini qattiq tanqid ostiga oladi va xajv qiladi.
O’z davrining iste’dodli lirik shoirlaridan biri va publisisti Zokirjon Holmuhammad o’g’li Furqatdir (1858-1909).
U o’z asarlarida qoloqlik va nodonlikni tugatishga chaqirdi.
Avaz O’tar (1884-1919), Ubaydullo Solix – Zavqiy (1853-1926), S.Ayniy (1878-1954), X.X.Niyoziy (1889-1929), Anbar Otin (1870-1906) kabi shoir va shoiralar halqning ayanchli ahvolini kuylash bilan birga adolatga da’vat qilib, she’rlar yozdilar.
Turkistonda matbuot sohasining yuzaga kelishi matbuot sohasida etuk qalamkashlarning etishib chiqishiga sharoit yaratdi. XIX asrning 70 – yillaridan boshlab chiqa boshlagan «Turkestanskie vedomosti» va «Turkiston viloyatining gazeti» nomli gazetalar bilan bir qatorda, XX asrning dastlabki o’n yilligida bir qator yangi gazeta va jurnallar chiqa boshladi.
1905 yilgi rus burjua inqilobidan so’ng bir qator sohalar bilan bir qatorda matbuot erkinligigining berilishi hamda Turkiston o’lkasidagi milliy ziyolilarning, ayniqsa jadidlarning o’z gazetalari va jurnallarini chiqarishga intilishlarini kuchaytirdi. Biroq podsho tomonidan berilgan matbuot erkinligi nomigagina bo’lib, amalda chiqadigan har bir gazeta va jurnallar qattiq nazorat ostida edi.
Jadidlar tomonidan 1905-1907 yillarda Ismoil Obidov muharrirligida chiqarilgan «Taraqqiy», «Shuhrat», «Xurshid» ro’znomalari ko’p o’tmasdan hukumat tomomnidan yopib qo’yildi. S’Hu bilan birga rus tilida chiqadigan «Russkiy Turkestan», «Turkestan», «Vperyod», «Fergana», «Samarkand», «Noviy Samarkand», «Tashkenskiy kurer» va boshqa shu kabi gazetalar ham hukumat tomonidan yopib tashlandi. S’Hunga qaramay jadidlar o’zlarining turli nomdagi gazeta va jurnallarini chiqarib turishga harakat qildilar va bunda katta muvaffaqiyatlarga erishdilar. Milliy ong va o’zlikni anglashda ayniqsa, «Sadoyi Turkiston» (1914 – 1915) ro’znomasi alohida ahamiyatga ega bo’ldi.
Yuqorida nomlari keltirib o’tilgan gazetalar va jurnallarda o’zbek milliy ziyolilari va jurnalistlari katta jonbozlik bilan mehnat qildilar va ular orasida Behbudiy, Xurshid, Munavvar qori, Cho’lpon, Mirmuhsin S’Hermuhammedov va boshqalar eng sermahsul jurnalistlar bo’lib etishdilar. Birgina Behbudiyning o’zi turli ro’znomalarda 300ga yaqin maqolalarini chop ettirgan edi.
Shu tariqa XIX asr oXIri – XX asr boshlarida milliy adabiyot va jurnalistika, matbuot sohalarida etuk kishilarning etishib chiqishi va ularning milliy ong hamda o’zlikni anglash borasida qilgan mehnatlari milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizning butunlay yo’q bo’lib ketishiga yo’l qo’ymadi.

Download 23,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   152




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish