YAN UCHUN
TESTLAR
1. “Yosh buxoroliklar” tomonidan 1917-yil 8-aprelda Karki va Buxoroda o’tkazilgan namoyishlarda kimlar rahnamolik qilganligini aniqlang.
A) Abdurauf Fitrat, Asadullaxo’ja o’g’li Ubaydullaxo’ja B) Fayzulla Xo’jaev, Abdurauf Fitrat
C) Fayzulla Xo’jaev, Sadriddin Ayniy D) Usmon Xo’ja, Abdurauf Fitrat
2. Quyidagi voqealarning qaysi biri 1910-yilga talluqli emas?
A) Bu vaqtda Toshkentda 24 ta jadid maktabi faoliyat ko’rsatayotgan edi
B) Mazkur yilda Abdulla Avloniy islom tarixiga oid asar yozdi
C) Yosh buxoroliklar shu yildan siyosiy harakat sifatida faoliyat ko’rsata boshladilar
D) Munavvar Qori shu yildan Turkistondagi ijtimoiy-siyosiy, ma’rifiy harakatlarning faol ishtirokchisiga aylandi
3. 1881-1891-yillarda Bobo Go’klan boshchiligidagi xalq qo’zg’oloni Amudaryo bo’limining qaysi hududlarida yuz bergan edi?
A) Chimboy va Nukus volostida B) Biybozor va Nukus volostida
C) Mang’it va Xo’jaylida D) Nukus va Langarbobda
4. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Samarqandda faoliyat yuritgan jadid etakchilarini belgilang.
A) Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo’jaev
B) Mahmudxo’ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Saidahmad Siddiqiy-Ajziy
C) Hamza hakimzoda Niyoziy, Obidjon mahmudov, Abdulhamid Cho’lpon, Ish’oqxon Ibrat
D) Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo’ja Asadullaxo’jaev
5. 1909-yilda qaysi ma’rifatparvar boshchiligida “Jamiyati xayriya” tuzilgan edi?
A) Mahmudxo’ja Behbudiy B) Abdurauf Fitrat
C) Munavvar Qori Abdurashidxonov D) Abdulla Avloniy
6. Xudoyorxon saroyi qurilgach, xon saroyi devorlaridagi xattotlik ishlarini bajarishni kimlarga toshirgan?
A) Turdi Ali va Mirza Mahmudlarga
B) Muhammad Yunus va Odina Muhammad Murodlarga
C) Shirin Murodov va Mo’minjon Solihovlar
D) Abdulxoliq Maxdum va Turdi Alilarga
7. Turkiston o’lkasida qachondan boshlab ma’rifatparvarlik harakati vujudga keldi?
A) XVIII asrning oxirgi choragida B) XIX asrning birinchi yarmida
C) XIX asrning ikkinchi yarmida D) XX asr boshlarida
8. Olimpiada o’yinlari qayta tiklangan yili O’rta Osiyoda …
A) Dukchi eshon qo’zg’olon yuz berdi B) Amudaryo floti tashkil etildi
C) Birinchi gimnaziya ochildi D) Kalif bekligida qo’zg’olon yuz berdi
9. Ahmad Donish ijodiga talluqli asarlarni belgilang.
1) “Buxorodan Peterburgga sayohat”; 2) “Buxoroi sharif mang’it amirlari muxtasar tarixi”;
3) “Navodir ul-vaqoi”; 4) “Zubdat ut-tavorix”; 5) “Manozir ul kavokib”
A) 1,3,4,5 B) 1,2,3,5 C)2,3,4,5 D) 1,2,3,4,5
10. 1881-yilda Turkiston o’lkasida e’lon qilingan yangi Nizomga ko’ra ….. har qanday odamni 7 kunga qamoqqa olish yoki jarimaga tortish vakolatiga ega bo’ldilar.
A) Uchastka pristavlari va oqsoqollar B) viloyat harbiy gubernatorlari
C) ispravniklar huquqi berilgan uezd boshliqlari D) viloyat politsiya xizmati boshliqlari
11. Rossiya imperatori Aleksandr II Qo’qon xonligini bosib olishni davom ettirish haqida ko’rsatma bergan yilda yuz bergan voqealarni aniqlang.
1) Toshkentda Baroqxon madrasasini ta’mirlash ishlari boshlangan; 2) Xudoyorxon saroyini barpo etish ishlari boshlangan; 3) Ahmad Donish amir nasrullo elchilari bilan Rossiya shaharlari bo’ylab sayohat qilgan; 4) Saroy tarixchisi Muhammad Yunus tomonidan “Xudoyqul Anvar” asari yozilgan.
A) 1,4 B) 2,4 C) 2,3 D) 1,3
12. XIX asr o’rtalarida Xiva xonligida oliy amaldor hisoblangan devonbegi huzurida qaysi mansabdorlardan iborat Kengash faoliyat ko’rsatgan?
A) shayxulislom, mehtar, inoq B) mehtar, vazir, otaliq
C) qo’shbegi, mehtar, otaliq D) yasovulboshi, raiskalon, qo’shbegi
13. 1868-yili Samarqandni egallaganidan so’ng K.P. Kaufman qanday shartlar bilan sulh tuzishni taklif etib amir Muzaffarga maktub yo’llagan edi?
1) Samarqand bekligini Rosiiyaga berish; 2) harbiy harajatlarni to’lash; 3) Rossiya savdogarlaridan olinadigan boj miqdori Tovar umumiy qiymatining 2,5% dan oshmasligi;
4) Toshkentdan Samarqandgacha bo’lgan barcha hudud: Xo’jand, O’ratepa, Panjikent, Jizzax, Samarqand, Kattaqo’rg’on shaharlari Rossiya imperiyasi ixtiyoriga o’tishi; 5) 1865-yildan buyon Turkiston o’lkasida qo’lga kiritilgan barcha narsalarni Rossiya mulki deb e’tirof etish.
A) 2,3,4 B) 1,2,5 C) 2,4,5 D) 1,3,4
14. Quyidagi fikrlarning qaysi birida xatolik mavjud?
A) Ogahiyning she’riyati tarixnavislik va tarjimonlik faoliyati O’rta Osiyo hududidagina emas, balki XIX asr Sharq dunyosi madaniyatida chuqur iz qoldirdi
B) Ogahiy arab, fors, turk tillarini puxta bilgan va Xiva xonligi tarixiga oid “Riyoz ud-davla”, “Zubdat ut-tavorix”, “Gulshani davlat”, “Shohidi iqbol” nomli tarixiy asarlar yozgan
C) Shermuhammad Munis Xiva xonligining XV asrdan 1812-yilgacha bo’lgan tarixini yozgan. U tarixchi, ayni paytda shoir, tarjimon, xattot, ma’rifatparvar bo’lgan
D) XIX asr o’rtalarida Buxoro amirligiga hozirgi Tojikistondagi Vaxsh, Panj, Kofirnihon daryosi vodiylaridagi erlar, Turkmanistondagi Murg’ob daryosi vohalaridagi joylar ham qarashli bo’lgan
15. Quyidagi shaharlarning Chor Rossiyasi tomonidan egallangan sanasini to’g’ri belgilang.
1) Jizzax; 2) O’ratepa; 3) Xo’jand;
a) 1866-yil 24 may; b) 1866-yil 18-oktabr; c) 1866-yilning kuzida
A) 1-a,2-b,3-c B) 1-b,2-a,3-c C) 1-b,2-c,3-a D) 1-c,2-b,3-a
16. XIX asrning o’rtalarida O’rta osiyo shaharlari mahalliy xususiyatlariga ko’ra turli hunarmandchilik sohalariga ixtisoslashib, Xivada hunarmandchilikning qaysi sohalari rivojlangan edi?
A) temirchilik, duradgorlik, zargarlik B) me’morchilik, ganchkorlik
C) zargarlik, me’morchilik D) kulolchilik, ganchkorlik, pichoqchilik
17. O’rta Osiyoga rus bosqini davrida qaysi sarkardaning buyrug’I bilan Toshkent shahri aholisini suv bilan ta’minlaydigan Chirchiq daryosidagi to’g’on buzib tashlangan edi?
A) N. Veryovkin B) K.P. Kaufman C) M. Chernyaev D) M. Skobelev
18. O’rta Osiyo jadidlari tomonidan tashkil etilgan “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Farg’ona” gazetalari qaysi yillarda chop etib turilgan?
A) 1906-1907-yillarda B) 1916-1917-yillarda
C) 1908-1911-yillarda D) 1914-1915-yillarda
19. Ma’lumki, 1868-yil aprelda Kaufman Samarqandni bosib olishga kirishgan edi. Biroq, Kaufmanning Amir Muzaffar qo’shinini Samarqandga to’plagan deb qilgan taxmini o’z isbotini topmadi. Bu vaqtda Buxoro qo’shinlari ….. da o’rnashib olgan edi.
A) Zirabuloq tepaligi B) Xo’jand yaqinida
C) Cho’ponota tepaligi D) Urgut qishlog’i
20. 1892-yil 24-iyundagi Toshkent qo’zg’oloni davrida olomonga nisbatan harbiy kuch ishlatish to’g’risida buyruq bergan shahar hokimi kim edi?
A) Kuropatkin B) Konshevskiy C) Korolkov D) Putentsev
21. Mustamlaka davrida 1892-yildan boshlab necha yil davomida Turkiston o’lkasi “kuchaytirilgan qo’riqlov” va “favqulodda qo’riqlov” holatida ushlab turilgan?
A) 22 yil B) 24 yil C) 26 yil D) 28 yil
22. Kaufman qo’shinlari Kattaqo’rg’onni bosib olganidan 500 yil oldin va 140 yil keyin bo’lgan voqealarni toping.
A) To’xtamish Oltin O’rda taxtini egalladi; Rustam Qosimjonov shaxmat bo’yicha jahon chempioni bo’ldi
B) Amir Temurning besh yillik yurishi boshlandi; N. Sarkozi Fransiya prezidenti etib saylandi
C) Amir Temur Xorazmni uzil-kesil egalladi; Qirg’izistonda “lola inqilobi” sodir bo’ldi
D) Xitoyda Min imperiyasi tashkil topdi; B. Obama AQSH prezidenti sifatida o’z faoliyatini boshladi
23. Iroqda “iyun inqilobi” nomini olgan davlat tuntarishi sodir bo’lganidan 100 yil muqaddam
O’rta Osiyoda …
A) Toshkentda metereologiya stansiyasi ishga tushirildi
B) Buxoro amirligida Abdumalik to’ra boshchiligida qo’zg’olon ko’tarildi
C) Amir Muzaffar maslahati bilan “Manozir ul-kavokib” asari yozildi
D) Orenburg general-gubernatori Krijanovskiy Buxoro amiridan 10 kun muhlat ichida 100 ming rubl tovon to’lashini talab qildi
24. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Turkistonda tasviriy san’at qaysi shaharlar minyaturachilari ijodida namoyon bo’lgan?
A) Toshkent, Xiva Qo’qon B) Qo’qon, Xiva, Buxoro
C) Samarqand, Qo’qon, Buxoro D) Samarqand, Toshkent, Qo’qon
25. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida O’rta Osiyo ayrim hududlarining hunarmandchilik ishlab chiqarishi u yoki bu sohasiga ixtisoslashuvi ko’zatilgan. Bu davrda ko’nchilik ishlab chiqarishi qaysi shaharlarda rivojlangan?
A) Porsu, Alieli, Ko’hna Urganch, G’azovot
B) Buxoro, Xiva, Yangi Urganch, Chimboy, Hazorasp
C) Pitnak, Hazorasp, Yangi Urganch, Ko’hna Urganch
D) Buxor, Xiva, Xonqa, Yangi Urganch, Xo’jayli
26. Quyidagi shaharlarning Chor Rossiyasi qo’shinlari tomonidan bosib olinishi ketma-ketligini to’g’ri belgilang.
A) Xo’jand, Jizzax, O’ratepa, Samarqand, Urgut, Kattaqo’rg’on
B) Xo’jand, O’ratepa, Jizzax, Samarqand, Urgut, Kattaqo’rg’on
C) Xo’jand, O’ratepa, Jizzax, Samarqand Kattaqo’rg’on, Urgut
D) O’ratepa, Xo’jand, Samarqand, Jizzax, Urgut, Kattaqo’tgon
27. Xiva xonligida qoplar va arqonlar, asosan,qaysi shaharda tayyorlangan?
A) Yangi Urganchda B) Alielida
C) Porsuda D) Ko’hna Urganchda
28. Senator K. Palen Turkiston o’lkasi podsho topshirig’I bilan taftish qilgan yillarda O’rta Osiyoda barpo etilgan me’moriy inshootni aniqlang.
A) Nurullaboy saroyi B) Islomxo’ja minorasi
C) Sitorai Mohi Xosa D) Tillashayx jome’ masjidi
29. Quyidagi voqealarning sodir bo’lgan yillarini to’g’ri belgilang.
1) markazi Ashxabod bo’lgan Kaspiyorti viloyati tuzildi; 2) turkmanlar batamom bo’ysundirildi;
3) I. Lazarev boshchiligidagi harbiy kuch turkmanlar yashaydigan erlarga jo’natildi; 4) M. Skobelev boshchiligidagi qo’shin turkmanlar ustiga yurish boshladi
a) 1879-yilda; b) 1880-yilda; c) 1881-yilda; d) 1885-yilda
A) 1-c,2-d,3-a,4-b B) 1-b,2-a,3-d,4-c C) 1-d,2-c,3-a,4-b D) 1-c,2-d,3-b,4-a
30. 1910-yil Buxoroda “tarbiyai atfol” jamiyatini tashkil etgan shaxslarni belgilang.
A) Hoji Yusuf, Mirza Abduqodir, Hakimxo’ja Mehriy, Umrxo’ja va Mahmud maxdum
B) Safar Mehriy, Rauf Parfiy, Hamidxo’ja mehriy, Sultonxo’ja va Muhammad Amin
C) Hoji Rafiy, Mirza Abduvohid, Hamidxo’ja Mehriy, Usmonxo’ja va Muhammaddin maxdum
D) Salohiddin, Mirza Abdulqodir, Ixvolxo’ja, Muhammad Amin va Fitrat
31. Turkiston general-gubernatorligida “Hurriyat”, “Farg’ona sahifasi” nomli ommaviy – axborot vositalari qaysi yillarda nashr etilgan?
A) 1915-yila B) 1916-yilda C) 1917-yilda D) 1918-yilda
32. Buxoro amirining Sitorai Mohi Xosa saroyi qurilishi nihoyasiga etkazilgan yili yuz bergan voqeani toping.
A)Hamza boshchiligida Qo’qon shahrida havaskorlar teatri tashkil etildi
B) Sirdaryo magistral kanalini bunyod etish ishlari tugallandi
C)Abdulla Avloniy tomonidan Toshkent shahrida “Turon” teatr truppasi tashkil etiulsdi
D) Nurullaboy saroyining qurilishi tugallandi
33. Qaysi pesa o‘zbek teatri shakllanishida ham, o ‘zbek dramaturgiyasi vujudga kelishida ham muhim ahamiyat kasb etdi?
A) «Padarkush»
B) «Zaharli hayot yoxud ishq qurbonlari»
C) «Bir farangi bilan buxorolik bir mudarrisning qilgan munozaralari»
D) “Mahramlar”
34. Quyida bir yilda yuz bergan voqealarni toping.
1) Turkiston harbiy okrugi tashkil etildi;
2) Rossiya imperiyasi erlik aholiga o‘z ta’sirini kuchaytirish uchun Toshkentda mahkama joriy qiladi;
3) Toshkentda O ‘rta Osiyoda birinchi meteorologiya stansiyasi ochildi;
4) Tarixchi olim Vyatkin tug’ildi;
5) General-gubernatorlik Devonining sudlov bo‘limi tashkil qilindi;
6) Kaufman Qo’qon xonligida o ‘z ta ’sirini kuchaytirish maqsadida xon bilan shartnoma tuzdi;
7)Turkiston mintaqasining bosh xaritasi tuzib chiqildi
A)1,3,5,7 B)2,4,6,7 C)1,2,3,4 D)4,5,6,7
35. Qaysi yilgi islohotdan keyin Turkistonda viloyat sudi, uning maslahatchilari, viloyat sudi tergovchisi lavozimlari joriy etildi?
A)1867-yil B) 1885-yil C)1895-yil D) 1873-yil
36. XIX sar boshlarida qoraqalpoqlar qaysi hududlarda muqim hayot tarziga o’ta boshlaganligini aniqlang.
A)Amudaryo va Sirdaryo quyi qismida
B)Quyi Sirdaryo havzasi, Orolning sharqiy qismida
C)Quyi Amudaryo havzasi Orolning janubi va janubi-g’arbiy qismlari
D)Orol dengizining sharqiy va janubi-sharqiy qismida
Do'stlaringiz bilan baham: |