Mustaqil ta’lim tashkil etishning shakli va mazmuni. Paleometal davri arxeologiyasi fani bo’yicha talabaning mustaqil ta’limi shu fanni o’rganish jarayonining tarkibiy qismi bo’lib, uslubiy va axborot resurslari bilan to’la ta’minlangan.
Talabalar auditoriya mashg’ulotlarida professor-o’qituvchilarning ma’ruzasini tinglaydilar va konspekt qiladilar. Auditoriyadan tashqarida talaba darslarga tayyorlanadi, adabiyotlarni konspekt qiladi, uy vazifa sifatida berilgan topshiriqlarni bajaradi. Bundan tashqari ayrim mavzularni kengroq o’rganish maqsadida qo’shimcha adabiyotlarni o’qib referatlar tayyorlaydi hamda mavzu buyicha testlar yechadi. Mustaqil ta’lim natijalari reyting tizimi asosida baholanadi.
Uyga vazifalarni bajarish, qo’shimcha darslik va adabiyotlardan yangi bilimlarni mustaqil o’rganish, kerakli ma’lumotlarni izlash va ularni topish yo’llarini aniqlash, internet tarmoqlaridan foydalanib ma’lumotlar to’plash va ilmiy izlanishlar olib borish, ilmiy to’garak doirasida yoki mustaqil ravishda ilmiy manbalardan foydalanib ilmiy maqola va ma’ruzalar tayyorlash kabilar talabalarning darsda olgan bilimlarini chuqurlashtiradi, ularning mustaqil fikrlash va ijodiy qobiliyatini rivojlantiradi. Shuning uchun ham mustaqil ta’limsiz o’quv faoliyati samarali bo’lishi mumkin emas.
Uy vazifalarini tekshirish va baholash seminar mashg’ulot olib boruvchi o’qituvchi tomonidan, konspektlarni va mavzuni o’zlashtirish darajasini tekshirish va baholash esa ma’ruza darslarini olib boruvchi o’qituvchi tomonidan har darsda amalga oshiriladi.
Paleometal davri arxeologiyasi fani fanidan mustaqil ish majmuasi fanning barcha mavzularini qamrab olgan va quyidagi 14 ta katta mavzu ko’rinishida shakllantirilgan.
Tavsiya etiladigan mustaqil ishlarning mavzulari:
O'rta Osiyoda ilk shaharlarning vujudga kelishi
O'rta Osiyoning eng qadimgi davlatlari
Ahamoniylar hukmronligi davrida O'rta Osiyo
Aleksandr Makedonskiy bosqini davrida O'rta Osiyo
Afrosiyobning o'rganilish tarixi
Dalvarzintepa-Kushonlar poytaxti
Daratfpa-ilk shaxarlardan biri
Erqo'rg'on shahar xarobosining o'rganilish tarixi
Ellin davrida O'rta Osiyo
Buyuk ipak yo'lidagi qadimiy shaharlar
JonbosqaPa-Xorazmning qadimiy shaharlaridan biri
Qadimgi Xoram yodgorliklari
Ко'zaliqir-Xorazmning qadimiy yodgorliklaridan biri
Qadimgi Xorazm moddiy madaniyati
Qal'aliqir yodgorligining o'rganilishi
Qiziltepa-Baqtriya shaharlaridan biri
Qo'yqirilganqal'aning o'rganilishi
O'rta Osiyo Salavkiylar davlati tarkibida
Qadimgi Farg'ona moddiy madaniyati
Ko'ktepa-Qadimgi So'g'd shaharlaridan biri
Yahyp G'ulomov tadqiqotlari
A. S^gdullayev tadqiqotlari
E.Rtveladze tadqiqotlari
S.P. Tolstov tadqiqotlari
M. Isomiddinov tadqiqotlari
R. Sulaymonov tadqiqotlari
Qangjj' davlati moddiy madaniyati
Kushonlar davri Budda yodgorliklari
Kushonlar davri shaharlari
Tuproqqal'a-Qadimgi Xorazm Shahri
Uzurtqir shahar xarobasining o'rganilishi
Yunon-Baqtriya podsholigi
O'rta! Osiyo antik davrining arxeologik jihatdan o'rgahilishi