101
IX BOB. IQTISODIYOTNING MOLIYAVIY SEKTORI
9.1. Davlat byudjetining mohiyati va funksiyalari
Moliya - bu takror ishlab chiqarish jarayonni ta'minlash va jamiyat
ehtiyojlarini qondirish maqsadida mablag‗larni (moliyaviy resurslarni)
shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida yuzaga
keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir.
Moliyaviy faoliyatni, moliyaviy munosabatlarni va ularga xizmat
ko‗rsatuvchi maxsus muassasalarni (Moliya vazirligi, banklar,
g‗aznachilik, soliq xizmatlari)
tartibga soluvchi shakllar, usullar va
normalarning yig‗indisi birgalikda davlatning moliyaviy tizimini tashkil
etadi.
Davlat o‗z iqtisodiy funksiyalarini bajarishda moliyaviy manba
sifatida davlat byudjetiga tayanadi. Davlat byudjeti mamlakat moliya
tizimining markaziy unsuri bo‗lib makroiqtisodiy barqarorlikni
ta‘minlashda muhim rol o‗ynaydi.
Davlat byudjeti moliyaviy balans sifatida
ikki qismdan iborat
bo‗lib, bu qismlarni sodda qilib daromadlar va xarajatlar deb atash
mumkin.
Davlat byudjeti daromadlari soliq va soliq bo‗lmagan tushumlar
hisobiga shakllansada, makroiqtisodiy tahlilda u soliqlar hisobigagina
shakllanadi deb qaraladi.
Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida
iqtisodiyotga xarajatlar,
markazlashgan investitsiyalarni moliyalashtirish, ijtimoiy himoya,
ijtimoiy soha, davlat boshqaruv va sud idoralarini moliyalashtirish
moddalari mavjud.
Davlat byudjet xarajatlarini (davlat xarajatlari va transfert
to‗lovlari) ko‗paytirish yoki qisqartirish orqali
mamlakat iqtisodiyotiga
aralashadi. Davlat tomonidan tartibga solishning bevosita usullari yoki
byudjet siyosati tovar va xizmatlarning davlat xaridi, YaIMni taqsimlash
va qayta taqsimlash, ijtimoiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga
oshirish, davlat byudjetining daromadlar va xarajatlar qismidagi
mutanosiblikni ta‘minlash, ishlab chiqaruvchilarga
moliyaviy yordam
shakllarini ko‗rsatish, baholar ustidan nazorat o‗rnatish, eksport va
102
import qilinadigan tovarlarga kvotalar o‗rnatish va shuningdek,
mamlakat aholisini himoya qilish maqsadida olib borilayotgan chora-
tadbirlar majmuasidan iborat.
Davlat tomonidan ko‗rsatiladigan moliyaviy yordamlar dotatsiya,
subvensiya va subsidiya shakllarida olib boriladi.
Subsidiyalar – bu, pul yoki natura ko‗rinishidagi
yordam turi
bo‗lib, byudjet va byudjetdan tashqari fondlardan ko‗rsatiladi.
Subsidiyalar bevosita va bilvosita bo‗lishi mumkin. Bevosita
subsidiyalarga kapital qo‗yilmalar, ilmiy tadqiqotlar, kadrlarni qayta
tayyorlashga ajratilgan mablag‗lar kirsa, bilvosita subsidiyalarga soliq
imtiyozlari, imtiyozli
shartlarda kreditlar berish, pasaytirilgan bojxona
bojlari va boshqalar kiradi.
Bundan tashqari davlat aholini davlat transfertlari ko‗rinishida
himoya qiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ko‗p qirrali soliqlar tizimidan
foydalaniladi. Aholi davlat byudjetiga har oyda olgan daromadlariga
qarab daromad solig‗i to‗laydi, korxonalar esa olgan foydasiga qarab
foydadan soliq to‗laydilar. Shu kabi juda ko‗p
mavjud soliq turlaridan
oqilona va ilmiy asosda foydalanish orqali davlat soliq siyosatini, soliq
stavkalari miqdorlarini va imtiyozlari turlarini aniqlaydi va shu bilan
butun makroiqtisodiy vaziyatga ta‘sir ko‗rsatadi. Soliqlarni o‗zgartirish
orqali investitsiyalar va jamg‗armalar rag‗batlantiriladi.
Davlat byudjeti mablag‗lari hukumatning daromadlarni va
resurslarni qayta taqsimlash funnksiyasini
bajarishi uchun imkoniyat
yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: