O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus vazirligi samarqand davlat universeteti


Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar



Download 2,04 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/130
Sana03.11.2022
Hajmi2,04 Mb.
#859567
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130
Bog'liq
0965b06b4c4ef79561f97b127eeb318f MAKROIQTISODIYOT

Haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar. 
Ishlab chiqarishning 
kamayishi natijasida mumkin bo‗lgan yo‗qotishlarning oldini olish 
uchun jami talabni tartibga solib turadigan faol davlat siyosati zarur. 
Shuning uchun ham Keynsning iqtisodiy nazariyasini ko‗p hollarda jami 
talab nazariyasi deb yuritiladi. Jami talab komponentlari, ayniqsa
investitsiyalarning o‗zgarishi makroiqtisodiy beqarorlik sabablaridan 
biridir. 
Haqiqiy investitsiyalar
rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan 
investitsiyalar 
miqdorini 
o‗z ichiga oladi. 
Rejalashtirilmagan 
investitsiyalarga
tovar – moddiy zahiralariga (TMZ) investitsiyalardagi 
kutilmagan o‗zgarishlar kiradi. Ushbu rejalashtirilmagan investitsiyalar 
tenglashtiruvchi mexanizm sifatida jamg‗arma va investitsiyalar 
miqdorining o‗zaro bir-biriga mos kelishiga olib keladi va 
makroiqtisodiy muvozanatni ta‘minlaydi‖.
Rejalashtirilgan xarajatlarga
uy xo‗jaliklari, firmalar, davlat va 
tashqi dunyoning mahsulot va xizmatlarni sotib olishga mo‗ljallagan 
xarajatlari kiradi. Firmalar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarni 
sotishdagi 
kutilmagan 
o‗zgarishlar tovar moddiy zahirasiga 
rejalashtirilmagan investitsiyalar qilishga olib kelsa, haqiqiy xarajatlar 
rejalashtirilgan xarajatlardan farq qiladi.
Rejalashtirilgan xarajatlar funksiyasi 
: Ye=S+ I +G+Xp 
ko‗rinishiga ega. Dekmak uning grafigi iste‘mol funksiyasi (S=a+ v (U-
T) ) grafigiga nisbatan I+G+Xp miqdorda yuqoriga surilgan bo‗ladi. 
Keltirilgan Xp -sof eksport bo‗lib, uning funksiyasi esa quyidagi 
ko‗rinishga ega:


84 
Xp = g - mY 
Bu yerda :g – avtonom sof eksport; m - importga chegaralangan 
moyillik; Y– daromad. 
Importga chegaralangan moyillik import xarajatlaridagi o‗zgarish 
miqdorini bunga sabab bo‗lgan daromadlardagi o‗zgarish miqdoriga 
bo‗lib topiladi. 
m = ΔM / ΔY 
Bu yerda: ΔM - importga xarajatlarning o‗zgarishi; ΔY - 
daromadlarning o‗zgarishi. 
Yalpi daromadlarning oshishi bilan import ham oshadi. Chunki, 
bunda iste‘molchilar va investorlar ham milliy ham import 
mahsulotlarga bo‗lgan xarajatlari miqdorini oshiradilar. Ayni paytda 
mamlakatning eksporti hajmi shu mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) 
miqdoriga bevosita bog‗liq bo‗lmaydi, balki tovar olib chiqib ketayotgan 
mamlakatning yalpi daromadlari o‗zgarishiga bog‗liq bo‗ladi. Shuning 
uchun ham mamlakatdagi yalpi daromadlar (Y) o‗zgarishi bilan sof 
eksport (Xp) o‗rtasidagi bog‗liqlik salbiydir va sof eksport funksiyasida 
minus ishorasi bilan belgilanadi. 
Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modelini ko‗rib chiqish 
jarayonini soddalashtirish uchun sof eksport miqdori yalpi daromadlar 
(Y) o‗zgarishiga bog‗liq emas deb olinadi. Shuning uchun sof eksport 
to‗lig‗icha avtonom xarajatlar miqdoriga qo‗shiladi, ya‘ni avtonom 
xarajatlar (a + I + G +Xp) yig‗indiga teng deb olinadi. 

Download 2,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish